Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
O’zbekistonda tuproq degredatsiyasiga ta’sir etuvchi omillar
. Тихоненко Д.В. · Шамлицкий Я.И. Современные информационные · O’ZBEKISTONDA TUPROQ DEGREDATSIYASIGA TA’SIR ETUVCHI
Устойчивые направления управления земельными ресурсами в Узбекистане: проблемы и решения · 2016
Аннотация
Hozirgi zamon global ekologik muammolari kishilik jamiyatining barqaror rivojlanishiga xavf solmoqda .Ekologik muammolarning o’ziga xos tomonlari shundaki,u chegara bilmaydi,chunki bu muammolar bir butun birlikda , ya’ni tabiatda kechadi. Yer yuzida insoniyat tomonidan yerlarni chegaralarga bo’linishi tabiat nuqtai nazaridan shartli bo’lib,tabiatda kechayotgan jarayonlar bir-biri bilan uzviy bog’liq.Ayniqsa tuproqda ro’y berayotgan jarayonlar biosferaning barcha qismlari bilan chambarchas bog’liqdir. Tabiatda, xususan tuproq qoplamida kechayotgan o’zgarishlar,ularning taqdiri bilan bog’liq jarayonlarni 371 “O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar” bilish va unga jiddiy yondashish muhim hisoblanadi. Shu tufayli, ushbu maqolaning asl maqsadi tuproq degradaciyasi holatlarini o’rganish va tahlil qilishdan iborat. Kalit so’zlar: ekologiya, tuproq, buzulish, degredatsiya, omillar, biosfera, unumdorlik, sifat. Tuproq degradatsiyasi - bu jarayonlar yig’indisi bo’lib, ular tuproqlarning funksiyasini o’zgarishiga , xossalarining miqdori va sifat ko’rsatkichlarining yomonlashishga va unumdorlikning pasayishiga olib keladi, ya’ni tabiiy va antropogen omillar ta’sirida elementlarning ekologik tizimda tuproqning turg’un xossalarining buzulishi, xo’jalik nuqtai nazaridan bahosining tushishi va samaradorlikning tushishidir [5]. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 10- iyunda “Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga muvofiq, mamlakatda yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish va uning salbiy oqibatlarini yumshatish, hududlarda cho‘llanish va qurg‘oqchilikning oldini olish, bioxilmaxillikni asrab qolish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, degradatsiyaga uchragan yerlarni qayta tiklash, ushbu yo‘nalishdagi ilg‘or ilmiy ishlanmalar va innovatsiyalardan keng foydalanish asosida mintaqalarni barqaror rivojlantirishga erishish bo’yicha ko’rsatmalar belgilab berildi [1]. Gerasimov fikricha, “Mustahkam antropogen yoki tabiiy salbiy jarayonalar xususiyatiga ega bo’lgan mahsuldorlikning pasayishiga yoki mahsulot sifatiga va mos ishlab chiqarish darajasini tiklash uchun harajatlarning oshishi tuproqlarning degradatsiyasi hisoblanadi” [3, 18-23]. Karmanov va Bulgakov aytishlaricha, “ Tuproq degradatsiyasi deganda, barcha tuproq xossalari ,funksiyalari yig’indisi ,tabiiy rejimlari hamda ekologik tizimlar elementi sifatidagi tuproq vazifalarining o’zgarish jarayonlari va natijalari tushuniladi ” [4, 5-6]. Tuproq degradatsiyasining o’ziga xos turlaridan biri - tuproqlarning zaharli kimyoviy va organik birikmalar, og’ir metallar, neft va neft mahsulotlari hamda radioaktiv elementlar bilan ifloslanishidir (1-rasm) 372 “O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar” 1-rasm. Tuproq degredatsiyaga uchragan yerlar Tuproq degradatsiyasining asosiy turlariga: tuproqning fizikaviy, fizik- kimyoviy, biologik xossalariga, havo, suv va issiqlik rejimiga salbiy ta’sir etuvchi, eroziya degumifikatsiya jarayonlari, qatlamlarning zichlanishi kislotalikning ortishi, ikkalamchi sho’rlanish ,botqoqlanish kabilar kiradi. Tuproq degradatsiyasining darajalari: tuproq degradatsiyasining barcha turlari har xil darajada bo’lishi mumkin, ya’ni kuchsizdan kuchligacha va hokazo. Tuproq degradatsiyasining antropogen omillari ikki guruhga bo’linadi: [6] 1.Maqsadli tavsiflanadigan 2.Maqsadsiz yo’naltirilgan 1.Maqsadli yo’naltirilgan -bu tuproqlarning xossalariga aniq yo’nalishda ta’sir qilishga qaratilgan. 2.Maqsadsiz yo’naltirilgan - bu tuproq qoplamiga kompleks aralashgan holda ta’sir qilib ,uning xossalarining o’zgarishiga olib kelishi mumkin. Tuproq degradatsiyasi quyidagi turlarga bo’linadi: 1.fizik va mexanik degradatsiya. Tuproq granulometrik tarkibining o’zgarishi bilan tuproq materiallarining yomonlashish jarayonini kuzatilishi, tuproq qatlamlarining nazoratsiz qolishi, ularning zichlashishi, havo va suv rejimlarining buzulishidir. 2. kimyoviy va fizikaviy degradatsiya. Tuproqninng kimyoviy va fizikaviy degradatsiyasi – bu tuproq singdirish sig’imidagi jarayonlar, jumladan kislotalik – ishqoriylik xosslarini,oksidlanish –qaytarilish potensialini, makro va mikro elementlarini hamda o’simliklar uchun zarur bo’lgan hayot elementlarining salbiy tomonga o’zagarishidir. 3.biologik va biokimyoviy degradatsiya. Biologik va biokimyoviy degradatsiya - bu tuproq organik qismining o’zgarishi va sifatining yomonlashishi, tuproq organizmlarini sifat va miqdor tarkibining salbiy tomonga o’zgarishidir . 373 “O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar” Tuproq degradatsiyasi quydagi tiplarga bo’linadi:[2] - Texnologik (yerdan uzoq muddat foydalanish ) - Tuproq eroziyasi - Sho’rlanish - Botqoqlanish - Tuproqning ifloslanishi - Cho’llashish (qurg’oqchilik) Atrof- muhit va tuproq qoplamining degradatsiyasini
Доказательный фрагмент
«Hozirgi zamon global ekologik muammolari kishilik jamiyatining barqaror rivojlanishiga xavf solmoqda .Ekologik muammolarning o’ziga xos tomonlari shundaki,u chegara bilmaydi,chunki bu muammolar bir butun birlikda , ya…»
Образец извлечения
Демо-превьюHozirgi zamon global ekologik muammolari kishilik jamiyatining barqaror rivojlanishiga xavf solmoqda .Ekologik muammolarning o’ziga xos tomonlari shundaki,u chegara bilmaydi,chunki bu muammolar bir butun birlikda , ya… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- biosphere, нарушение, buzulish, биосфера, почва, disturbance, sifat, факторы, soil, качество, tuproq, degradation, omillar, экология, ecology, unumdorlik, biosfera, factors, quality, productivity, производительность, degredatsiya, ekologiya, деградация
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026