К содержанию
РецензированоUZ2026

AHAMIYATI Tojidinova Nazokat Shuhratbek qizi Ona tili va adabiyot o’qituvchisi

Tojidinova Nazokat Shuhratbek qizi

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ona tili darslarida o’quvchining tasavvurini rivojlantirish uchun ixtiyoriy mavzu yuzasidan matn, she’r va ertak tuzish topshiriq qilib berish kerakligini ko’rib o’tdik. O’quvchilar tasavvurini rivojlantirish uchun ularni erkin fikrlashga, ya’ni tafakkurini kengaytirishga imkon berishi kerak. Bundan tashqari, rasm chizish va spektakl tashkil qilib unda rol ijro etidh ham tasavvur imkoniyatlaridan biridir. Bunda o’z rolini ijro etish orqali o’quvchining tasavvuri sezilarli rivojlanadi. Kalit so’zlar: so’z qo’llash, tasavvur, kommunikativlik, she’r, tafakkur, yangi darslik, qahramonlar, psixologiya, fikr, maqol. Jamiyatimizdagi ko’plab salbiy muammolar va kelishmovchiliklarning bosh sababi bu so’zdan to’g’ri foydalanishni bilmasligimizdadir. Bejizga xalqimizda “Yaxshi gap jon ozig’i, Yomon gap bosh qozig’i”, “Yaxshi gapga ilon inidan chiqadi, Yomon gapga pichoq qinidan chiqadi”, “ Ish bilganga bir tanga, Gap bilganga o’n tanga” degan maqollar mavjud emas. Chunki hayotimiz davomida ko’p insonlar bilan tanishamiz, muomla qilamiz. Ular bilan ma’lum bir aloqa o’rnatamiz. Shu aloqaning eng birinchi usuli, albatta, so’z vositasida kechadi. Tadqiqotimiz davomida o’quvchilarga so’zning qudrati haqida, agar undan to’g’ri foydalana olishsa, qanday muvaffaqiyatlar erishishlari-yu, agar o’rinli foydalanmasalar nimalarnni yo’qotishlari haqida amalda misollar bilan dalillab ko’rsatdik. Tajriba uchun olgan o’quvchilarimizni yoshi 14-15 yosh oralig’ini tashkil qiladi. Psixologiyada bilamizki, bu yosh bosqichi “o’smirlikdan o’tish bosqichi” deb ataladi. Ayni shu davrda o’quvchilarda oila va jamiyatning boshqa a’zolari bilan bo’lgan munosabatlar o’zgaradi. Shaxsiysi kuchayadi. Shu paytda o’quvchida munosib aloqa o’rnatishga bo’lgan ehtiyoj paydo bo’ladi. O’quvchi kim bilandir aloqaga kirishmoqchi yokida kimgadir nimanidir tushuntirmoqchi. U aloqaga kirishmoqchi bo’lgan odami bilan o’rnatadigan aloqasi to’g’ri va maqsadli bo’lishini ta’minlash uchun ham o’quvchida kommunikativlik yuqori bo’lishi kerak. O’quvchilar bilan ikki tomonlama ish olib boorish, albatta, o'z samarasini beradi. U ularni yanada intizomli, bilimli va muloqotga ochiq qiladi. O'quvchilarda o'qishga muhabbatni kuchaytirishga harakat qilish kerak, chunki bu so'zlar boyligini yangi so'zlar bilan boyitadigan kitoblardir. Yaxshi o'qigan bolalar savodli, to'plangan, dunyoqarashi keng va xotirasi yaxshi. Bundan tashqari, mumtoz adabiyot bolalarga turli xil qahramonlar obrazlari bilan duch keladi va ular yaxshilik va yomonlik nimaligini anglay boshlaydilar, o'z xatti-harakatlari uchun javob berishlari kerakligini va boshqalarning xatolaridan saboq oladilar. O’quvchining kommunikativligini oshirish uchun uni tasavvurini kengaytirish lozim. Ona tili darslarida o’quvchilarda tasavvurni qay tartibda yoki usulda rivojlantirish mumkinligiga to’xtalamiz. Uning uchun ustozdan sabr va yuksak bilim talab etiladi. Avvalo, o’quvchi psixologiyasini yaxshi o’rganishi darkor. Har bir o’quvchiga individual baho bera olishi va ularning qabul qilish qobiliyatiga qarab mavzuni tushuntirishi muhimdir. O’sha mavzuni o’rgatish asnosida o’quvchini o’z tasavvuridan kelib chiqib, erkin fikrlashga imkon berishi kerak. Ana o’shandagina 20 o’quvchining ongi va ong osti qobiliyatlari ishga tushadi. Mana bugungi mavzuni tushundik. Sizlarning tasavvuringizda ushbu mavzu deganda, ko’z oldingizga nima kelmoqda? Kabi savollar bilan murojaat qilmog’I lozim. Yoki mavzuga aloqador rasm berib shu rasmni nimalarga o’xshatayotganiga to’xtalish mumkin. Matn yarating deya, mavzuning mohiyati tasavvurida qaday aks etganini anglashimiz mumkin. Bularning barchasi oddiy va har birimizni qo’limizdan keladigan usullar. Faqatgina ozgina e’tibor bilan o’quvchilarga samimiy yondashsak bo’ldi. Bundan tashqari o’quvchini tasavvurini rivojlantirish ijodiy, qiziqarli va murakkab jarayondir. Demak, ona tili darslarida o’quvchining tasavvurini rivojlantirish uchun ixtiyoriy mavzu yuzasidan matn, she’r va ertak tuzish topshiriq qilib berish kerakligini ko’rib o’tdik. O’quvchilar tasavvurini rivojlantirish uchun ularni erkin fikrlashga, ya’ni tafakkurini kengaytirishga imkon berishi kerak. Bundan tashqari, rasm chizish va spektakl tashkil qilib unda rol ijro etidh ham tasavvur imkoniyatlaridan biridir. Bunda o’z rolini ijro etish orqali o’quvchining tasavvuri sezilarli rivojlanadi. Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash kerakki, ona tili darslarida kommunikativlikni va tasavvurini boyitishda yangi darsliklarning o’rni nihoyatda beqiyos bo’ldi. Chunki bola endi ko’proq aloqaga kirisha oladigan muhit yaratiladi. Darsliklardagi turli mavzularga oid bo’lgan matnlar bolaga qo’shimcha ma’lumotlar beradi. Va u istagan joyida o’rni kelganda bemalol bu ma’lumotlardan foydalanadi. Bilimlarini ko’nikma tarzida shakllantiradi.

Доказательный фрагмент

«Ona tili darslarida o’quvchining tasavvurini rivojlantirish uchun ixtiyoriy mavzu yuzasidan matn, she’r va ertak tuzish topshiriq qilib berish kerakligini ko’rib o’tdik.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ona tili darslarida o’quvchining tasavvurini rivojlantirish uchun ixtiyoriy mavzu yuzasidan matn, she’r va ertak tuzish topshiriq qilib berish kerakligini ko’rib o’tdik. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
qahramonlar, tafakkur, maqol., tasavvur, she’r, kommunikativlik, psixologiya, so’z qo’llash, fikr, yangi darslik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники