К содержанию
РецензированоRU2026

Telefon: +99890 813-13-23 +99888 112-14-03

Qilichova Odina Umid qizi · Mashrabova Charos Baxtiyor qizi · E-mail: Matlubatuhtaeva@gmail.com

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

В статье рассматривается роль психологического анализа в литературе, значение психологической образности в психологическом анализе, т.е. жестов, мимики (мимики) в выражении психических и эмоциональных переживаний человека. Ключевые слова: Образ, психологический анализ, жесты, мимика, динамический принцип, аналитический принцип, психика человека. Annotation: The article discusses the role of psychological analysis in the literature, the importance of psychological imagery in psychological analysis, ie gestures, facial expressions (facial expressions) in the expression of human mental and emotional experiences. Keywords: Image, psychological analysis, gestures, facial expressions, dynamic principle, analytical principle, human psyche. Adabiyotshunoslik - insonshunoslik, insonni tushunish, anglash demakdir. Zero, Tolstoy aytganidek: “San`atning asosiy maqsadi inson qalbi haqidagi haqiqatni aytishdir.” [2; 11]. Ijodkorning asardagi obrazlar dilini ochib berish, asarni qayta-qayta maroq bilan o‘qishliligini oshirish yozuvchining mahoratiga bog‘liq. Inson qalbini tushunish, uning ruhiy, qalb kechinmalarini anglash va ochib berishda psixologik tahlil tasvir vositalari yetakchi o‘rinni egallaydi. Psixologik tasvir vositalaridan qay darajada unumli foydalanish yozuvchi mahoratiga va uni tahlil qilib o‘quvchiga yetkazib bera olish esa adabiyotshunos tahlilchiga bog‘liq. O‘zbek adabiyotida psixologizm muammosi XX asrning 60-yillaridan boshlandi. Psixologizmning dinamik prinsipi bo‘yicha Hotam Umurov “O‘tkan kunlar” romanini tahlil qiladi. Uning tahliliga ko‘ra romanda Otabek va Kumush ruhiy holati va qalb kechinmalarini ochib berishda dinamik prinsip ustuvor deb ta’kidlaydi [2; 11]. N. Shodiyev esa O‘tkan kunlar romanini tahlil qilar ekan yozuvchi butun e`tiborini bosh qahramonlar his va ehtiroslari tahliliga lirik-intim tuyg‘ular tufayli paydo bo‘lmish fikrlar dialektikasiga qaratishini aytib o‘tgan. Uning fikricha, asarda ikki prinsip garmoniyalashgan. Ammo N. Shodiyev ulardan analitik prinsip ustuvorligini ta’kidlaydi[5; 3]. Biroq asarda psixologik prinsipning aynan birini ustuvor deb aytolmaymiz, chunki qahramonlar his-tuyg‘ulari, ichki kechinmalari ularning xatti-harakatlari, qiliqlari, yuz tuzilishining o‘zgarishi, mimikalari orqali namoyon bo‘ladi. Ikki olimning bir-biriga qarshi nazariyalari ham fikrimizni isbotlaydi. Adabiyotda psixologik tahlil o‘rni qanchalik muhim? Keyingi davrlarda insonni anglash, uning ruhiyatini idrok etish, insonning ichki olamiga kirib 45 borish keng o‘rinni egallayapti. Bu esa bevosita inson psixologiyasi bilan bog‘liq. Shuning uchun ham badiiy adabiyotda psixologik tahlil muhim o‘rin egallaydi. Inson ruhiyatini ochib berishda turli vositalardan foylaniladi. Masalan, inson xatti-harakatlari, uning fikrlar oqimi, yuz ifodalari orqali ochib beriladi. Asarni tahlil qilishda jest, mimika (imo-ishora, yuz ifodalari) ning ham o‘rni katta. Insoniyat yaratilgan davrlarda, hali insonlar so‘zlashishni bilmagan zamonlarda aloqa vositasi sifati jest va mimika ( imo-ishora, yuz ifodalari) muhim aloqa vositasi vazifasini bajargan. Hozirgi kunda ham og‘zaki nutqda imo-ishora muhim kommunikativ vazifani bajaradi. Yuz ifodalari so‘zdan ko‘ra insonga ko‘proq, kuchliroq ta’sir qiladi. Insonlar bir-biriga so‘zlar vositasida aytolmagan gaplarini imo-ishora orqali bayon etishadi. Badiiy adabiyotda ham imo-ishoralardan unumli foydalanish asarni o‘qishliligini ta’minlashda, obrazlar xarakterini ochib berishda muhim psixologik unsur hisoblanadi. Asarda yuz ifodalarini o‘zgarishini kiritish asarni tasirchanligini oshirishga, o‘quvchi ko‘z o‘ngida qahramon ruhiy holatini tasavvur qilishga yordam beradi. Hattoki, so‘zlar bilan ifodalab berolmagan his-tuyg‘u yuz ifodasi orqali yanada ta’sirchan tarzda o‘quvchiga yetkazib beriladi. Birgina kulish, tabbassum qilish yuz ifodasi orqali insonda kechayotgan turli ruhiy kechinmalarni ifodalash mumkin. Inson asosan baxtiyorligidan kulishi mumkin, ammo har doim ham bunday emas. Inson g‘azablanganda, iztirob chekkanda, qalbi og‘riganda, ajablanganda va boshqa vaziyatlarda kulishi mumkin. Og‘zaki muloqotda yoki drammatik sahna asarlarida inson tabbassumi sababi ko‘rinib turadi. Ammo yozma adabiyotda imo-ishorani so‘zlar vositasida yetkazilib beradi. Masalan, kulmoq so‘zi inson ruhiyatiga qarab turli sinonimlardan foydalaniladi. Tabbassum qildi, qotib-qotib kuldi, miyig‘ida kulib qo‘ydi, tabassum qildi, iljaydi, tirshaydi kabi so‘zlar bilan ifodalandi. Yuz ifodalariga ko‘z, qosh, lab harakatlari kiradi. Masalan ko‘zini olib qochishi, uzoq tikilib qolishi, ko‘zini qisib qo‘yishi, qoshini uchirishi, qoshini chimirishi, qovog‘ini uyib olishi, labini qimtishi, labini tishlashi, peshonasini tirishtirishi kabi ko‘plab yuz ifodalari inson ruhiyatini ochib berishda muhim vosita hisoblanadi. Yozuvchining bu vositalardan keng va o‘rinli foydalana olishi uning mahoratidan darak beradi. Adabiyotshunos olim esa bu o‘rinlarni ilg‘ab, tahlil qila olishi lozim. Shukur Xolmirzayev ham hiko

Доказательный фрагмент

«В статье рассматривается роль психологического анализа в литературе, значение психологической образности в психологическом анализе, т.е.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье рассматривается роль психологического анализа в литературе, значение психологической образности в психологическом анализе, т.е. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Image, psychological analysis, gestures, facial expressions, dynamic principle, psixologik tahlil, Образ, analitik prinsip, динамический принцип, inson ruhiyati., jest, мимика, analytical principle, психика человека., dinamik prinsip, mimika, жесты, human psyche., аналитический принцип, психологический анализ, obraz
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники