Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KREATIVLIK IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH Otaboboyeva Umida Ilhomovna Jizzax davlat pedagogika unversteti o’qituvchisi
KREATIVLIK IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH · Otaboboyeva Umida Ilhomovna
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 1 · 2026
Аннотация
This article discusses the use of creative opportunities and the development of new ideas, the development of the creativity of pedagogues, new methods and professional pedagogical features in the spiritual and moral development of future pedagogues. Аннотация: В данной статье рассматривается использование творческих возможностей и выработка новых идей, развитие творческих способностей педагогов, новых методов и профессиональных педагогических особенностей в духовно- нравственном развитии будущих педагогов. Kalit so`zlar: Ma’naviy-estetik rivojlanish, kreativlik imkoniyatlari, ijodiy qobiliyat, kreativ salohiyat, potentsial, o`qituvchi va shaxsiy qobiliyatlar, yondashuvlar, ilmiy bilimlar, go’yalar. Key words: Spiritual and moral development, creativity opportunities, creative ability, creative potential, potential, teacher and personal abilities, approaches, scientific knowledge, ideas. Ключевые слова: Духовно-нравственное развитие, творческие возможности, творческие способности, творческий потенциал, потенциал, педагогические и личностные способности, подходы, научные знания, идеи. O`zbekiston Respublikasining ta`lim sohasini isloh qilishdagi sa`y harakatlarining biri- bu pedagog kadrlarning zamon talablariga ham nafas tarzda faoliyat yuritishlari, har tomonlama rivojlangan komil shaxsni tarbiyalashga doir chuqur bilim, ko`nikma, malaka va madaniyatga ega bo`lishlarini talab etmoqda. Bu esa o`z o`zidan ta`lim va tarbiya ishlarining qonuniyatlarini o`rganuvchi pedagogika faniga ``kreativlik`` degan tushunchani olib kirdi. Ayniqsa ilmiy bilimning bugungi kundagi rivojlanishi, kreativlik shaxsni, jamiyatni va davlatni rivojlantirishga ta`siri ushbu masalasini ilmiy pedagogik nuqtai nazardan chuqur o`rganishni talab etmoqda. Ayniqsa umumta`lim maktablarida o`qituvchi kadrlarning kreativligini rivojlantirishga bo`lgan ijtimoiy buyurtma vujudga kelmoqdaki, bu borada ilmiy pedagogik izlanishlar olib borish talab etiladi. Har bir pedagogning o`zini o`zi rivojlantirishi va o`zini o`zi namoyon eta olishi bevosita uning kreativlik qobiliyatiga egaligi bilan bog`liq. Pedagog o`z-o`zidan ijodkor bo`lib qolmaydi, uning ijodkorlik qobiliyati ma`lum vaqt ichida izchil o`qib-o`rganish, o`z ustida ishlash orqali shakillantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. Shaxsning mutaxassis sifatida kasbiy kamol topishi, rivojlanishi o`z mohiyatiga ko`ra jarayon tarzda namoyon bo`ladi. Kasbiy yetuklik inson ontogenizining muhim davrlari kasbiy kamol topishi, rivojlanish g`oyalarining qaror topishi (15-17yosh)dan boshlanib, kasbiy faoliyatning yakunlanishi (55-60 yosh)gacha bo`lgan jarayonda kechadi. 52 Pedagog kreativlik potentsialiga ega bo`lishi uchun kasbiy faoliyatida quyidagilarga e`tiborini qaratishi zarur: - Kasbiy faoliyatiga ijodiy yondashish; - Yangi -yangi g`oyalarni yaratishda faollik ko`rsatish; - Ilg`or pedagogik yutuq va tajribalarini mustaqil o`rganish; - Hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida fikr almashish. Har bir pedagog o`zini o`zi rivojlantirishi va o`zini o`zi namoyon eta olishi bevosita uning kreativlik qobiliyatiga egaligi bilan bog`liq. Odatda pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo`lishlari pedagogik muommolarni hal qilishga intilish, ilmiy - tadqiqot ishlari yoki ilmiy loyihalarni amalga oshirish va o`zaro ijodiy hamkorlikka erishishlari orqali ta`minlanadi. Har qanday mutaxassisda bo`lgani kabi bo`lajak pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo`lishlari uchun talabalik davrlarida poydevor quyiladi va kasbiy faoliyatini tashkil etishda izchil rivojlantirib boriladi. Bunda pedagogning o`zini o`zi ijodiy faoliyatga yo`naltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega. Pedagog ijodiy faoliyatini tashkil etishda muommali masalalarni yechish, muommali vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e`tibor qaratishi zarur. Muommali masala va vaziyatlarni hal qilar ekan, pedagogning masala yechimini topishga ijodiy yondashishi unda hissiy-irodaviy sifatlarining rivojlanishiga yordam beradi. Pedagog o`z oldiga muommali masalalarni qo`yish orqali mavjud bilimlari va hayotiy tajribalariga zid bo`lgan dalillar bilan to`qnash keladi. Buning natijasida o`z ustida ishlash, mustaqil o`qib o`rganishga nisbatan ehtiyoj sezadi. Pedagogning kreativ potentsiali quyidagi tarkibiy asoslarni o`z ichiga oladi. 1. Maqsadli-motivli yondashuv (ijodiy faoliyat qadriyat sanaladi va u pedagogning qiziqishlari, motivlari, faoliyatini tashkil etishga intilishida ko`zga tashlanadi). 2. Mazmunli yondashuv (o`zida pedagogik, psixologik, maxsus va inovatsion xarakterdagi BKMni aks ettiradi). 3. Tezkor-faoliyatli yondashuv (o`zida ma`lum fikriy- mantiqiy fikrlashga doir xarakatlar, shuningdek, amaliy (maxsus, texnik, texnologik) faoliyat usullarini ifodalaydi). 4. Refliksiv-baholash ( bunda shaxsiy ijodiy faoliyat mohiyatini anglash, o`z-o`zini tahlil qilish va o`z-o`zini baholash ko`zga tashlanadi). Xulosa o’rnida pedagogning
Доказательный фрагмент
«This article discusses the use of creative opportunities and the development of new ideas, the development of the creativity of pedagogues, new methods and professional pedagogical features in the spiritual and moral…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the use of creative opportunities and the development of new ideas, the development of the creativity of pedagogues, new methods and professional pedagogical features in the spiritual and moral… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Spiritual and moral development, creativity opportunities, creative ability, ijodiy qobiliyat, go’yalar., yondashuvlar, ilmiy bilimlar, potentsial, kreativ salohiyat, Ma’naviy-estetik rivojlanish, kreativlik imkoniyatlari, o`qituvchi va shaxsiy qobiliyatlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014