К содержанию
РецензированоUZ2026

Ruxshona Oybekova Ulugʻbek qizi Muqimiy nomidagi QDPI biologiya yo’nalishi 3-bosqich talabasi

Ruxshona Oybekova Ulugʻbek qizi

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 3 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada data science ni pedagogika bilan uyg’unlashtirishning ba’zi yo’llari , uning pedagogika sohasidagi o’rni va ularning potentsial foydalari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so’zlar: Data Science, optimallashtirish, vep-sayt, sensor, prognoz, modellashtirish. Data Science-ma’lumotlarni to’plash, statistik tahlil qilish, ulardan qiymat chiqarish, ilmiy hisoblash, yangi axborotlar va bilimlarni ajratib olish metodlari va ulardan strategik qarorlar qabul qilish hamda ma’lumotlarni tozalash, talqin qilish orqali bilimlarni olishga qaratilgan ko’p tarmoqli soha . Qolaversa, ushbu soha hozirgi kunda zamonaviy jamiyatda muhim o’rin tutadi. Ushbu soha asosan, statistik tahlil, kompyuter fanlari va domen bilimlarini birlashtirib, murakkab masalalarni hal etishga yordam beradi. Meni Data Science bilan qiziqtiradigan asosiy jihatlaridan biri-uning har qanday sohada, jumladan, iqtisodiyotda, sog’liqni saqlashda va ta’limda qo’llanilishi mumkinligi. Ma’lumotlar orqali muammolarni aniqlash va yechimlar ishlab chiqish imkoniyati, bu sohani yanada jozibador qiladi. Data Science yoki ma’lumotlar fani IT sanoatining keng sohasi bo’lib, uning ishlash printsiplarini bitta maqolada jamlash qiyin. ” Data Science “ kompyuterni boshqarishning boshqa usulini taqdim etadi. Bunda inson tamoyilni va kutilayotga natijani aniqlaydi, mashina esa mavjud ma’lumotlar hajmini tahlil qiladi, xulosalar qiladi, qonuniyatni izlaydi va umumiy xulosani shakllantiradi. Data Science ning asosiy bosqichlari quyidagilar hisoblanadi. 1. Ma’lumotlarni to’plash: Turli manbalardan ma’lumotlarni to’plash, masalan, ma’lumotlar bazalari, veb-saytlar, sensorlar va boshqalar. 2. Ma’lumotlarni tozalash: To’plangan ma’lumotlarni tekshirish, xatoliklarni tuzatish, yo’qolgan ma’lumotlarni to’ldirish va ma’lumotlarni formatlash. 3. Ma’lumotlarni tahlil qilish: Statistik tahlil usullari, mashina o’rganishi va boshqa usullar yordamida ma’lumotlarni tahlil qilish va undan foydali ma’lumotlarni olish. 4. Ma’lumotlarni tahlil qilish: Tahlil natijalarini tushunish va ularni amaliy biznes yoki ilmiy muammlarni hal qilish uchun qo’llash. Biz Data Science ni turli sohalarda qo’llashimiz mumkin. Jumladan, biznes, sog’liqni saqlash, moliya, ta’lim va ijtimoy fanlarda. Data Science hozirgi zamonning eng tez rivojlanayotgan sohalaridan biri hisoblanadi va kelajakda ham o’z ahamiyatini yo’qotmaydi. Biznes sohasida: Mijozlarni tahlil qilish, marketing kompaniyalarni optimallashtirish, moliyaviy prognozlarni yaratish. Sog’liqni saqlash sohasida: Kasalliklarni aniqlash, davolanish usullarini optimallashtirish, tibbiy tadqiqotlarni o’tkazish. Moliya sohasida: Investitsiyalarni boshqarish, firibgarlikni aniqlash, bozorlarni tahlil qilish. Ijtimoiy fanlar: Jamoatchilik fikrini tahlil qilish, ijtimoiy muammolarni hal etish va tarixiy tadqiqotlar. Shu bilan birga Data Science ni ta’lim sohasida ham keng miqyosda qo’llash mumkin . Data Science va pedagogika o’zaro chambarchas bog’liq bo’lgan ikkita sohadir, ular bir-birlarini 42 boyitadi va birgalikda ta’limni yanada samarali qilishga yordam beradi. Hozirgi kunda Data Science pedagogika sohasida katta imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Shuningdek,o’qituvchilar va o’quvchilar uchun yanada qulay va samarali ta’lim tajribalarini yaratmoqda. Quyida Data Science va pedagogika bilan uyg’unlashtirishning ba’zi yo’llari va ularning potentsial foydalari haqida ba’zi muhim jihatlarni ko’rib chiqishimiz mumkin. Ta’limning samaradorligini oshirish: -Shaxsiylashtirilgan o’qitish tizimi: Data Science yordamida har bir o’quvchining o’ziga xos ehtiyojlarini aniqlash va ularga shaxsiylashtirilgan o’quv dasturlarini yaratish mumkin. O’quvchilarning o’rganish tezligi, qiyinchiliklarni tahlil qilib, ularga moslashtirilgan o’quv materiallarini va o’qitish usullarini taklif qilish mumkin. -O’qituvchilarda ta’lim samaradorligini oshirish: Data Science yordamida o’qituvchilarning ishlashi, ularning o’rgatishdagi qiyinchiliklari, o’qituvchilarning o’qitish usullarining samaradorligini tahlil qilish mumkin. Bu ma’lumotlar o’qituvchilarga o’z o’qitish usullarini yaxshilash, o’quvchilarga yordam berish va ta’lim jarayonini optimallashtirish imkonini beradi. -O’quv resurslarini optimallashtirish: Data Science yordamida o’quv materiallari, o’quv dasturlari va o’quv resurslarini samaradorlik bilan ishlatish mumkin. O’quvchilarning qiziqishlarini va ularning ehtiyojlarini tahlil qilib, mos o’quv resurslarini taklif qilish mumkin. Ta’limni boshqarish: -O’quvchilarning ishlashini kuzatish: Ularning o’rganishdagi progressini baholash va muvaffaqiyatsizliklarini aniqlash orqali o’quvchilarni ishlashini kuzatish mumkin. Bu o’quvchilarga o’z vaqtida yordam berish va o’rganishni yaxshilashga imkon beradi. -Resurslarni boshqarish: Ma’lumotlar fani yordanida o’quvchilar sonini, o’quv materiallarini , o’qituvchilar sonini va boshqa resurslarni samaradorlik bilan boshqarish mumkin. -Ta’lim sifatini nazorat qilish: O’qituvchilarning malakasini oshirish va ta’lim jara

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada data science ni pedagogika bilan uyg’unlashtirishning ba’zi yo’llari , uning pedagogika sohasidagi o’rni va ularning potentsial foydalari haqida ma’lumotlar keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada data science ni pedagogika bilan uyg’unlashtirishning ba’zi yo’llari , uning pedagogika sohasidagi o’rni va ularning potentsial foydalari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
prognoz, vep-sayt, Data Science, optimallashtirish, sensor, modellashtirish.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники