К содержанию
РецензированоRU2026

В статье изучаются социально-психологические особенности партисипативного управления школьным педагогическим коллективом

PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI · U. Nurmatov

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

В статье изучаются социально-психологические особенности партисипативного управления школьным педагогическим коллективом. Рассказывается о теоретических и практических аспектах этой проблемы, о научных исследованиях, проводимых психологами в этом направлении. Также в статье представлена подробная информация о роли метода участия в управленческой деятельности руководителя общего среднего образовательного учреждения, его сущности и преимуществах. Ключевые слова: школа, лидер, педагогический коллектив, управленческий состав, стиль управления, авторитарный стиль, демократический стиль, либеральный стиль, партисипативный стиль, способности, принятие решений. Annotation. The article studies the socio-psychological features of participatory management of school teaching staff. It tells about the theoretical and practical aspects of this problem, about scientific research conducted by psychologists in this direction. The article also provides detailed information about the role of the participation method in the management activities of the head of a general secondary educational institution, its essence and advantages. Key words: school, leader, teaching staff, management, management style, authoritarian style, democratic style, liberal style, participatory style, abilities, decision making. Maktab uzluksiz ta’lim tizimining asosiy bug‘uni bo‘lib, uning faoliyati demokratiya va insonparvarlik, hammaboplik, umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi, xalqning ilmiy va madaniy an’analari, o‘qitishning dunyoviy xarakteri, siyosiy partiyalar va ijtimoiy-siyosiy harakatlar ta’siridan xolilik, iqtidor va ilmni rag‘batlantirish, o‘quvchi va pedagog shaxsini hurmat qilish tamoyillari asosiga qurilishi belgilab qo‘yilgan. Uning asosiy vazifasi esa ta’limning uzluksizligini, izchilligini, insonparvarligi va demokratikligi, ilmiyligi va dunyoviyligini ta’minlash, o‘quvchilarga millati, dini va irqi, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar umumiy o‘rta ta’lim olish uchun imkoniyatlar yaratib berish, iste’dodli, qobiliyatli, bilimdon yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga puxta bilim va ko‘nikmalar berishda yangi pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalangan holda o‘quv jarayonini tashkil etish, o‘quvchilarda milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida milliy g‘oya ruhida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni kamol toptirishdan iborat muhim jihatlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Ma’lumki, maktabning o‘quv-tarbiya jarayoni va kundalik faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish maktab direktorining lavozim vazifasi hisoblanib, u vakolati doirasida maktabda ta’lim- 55 tarbiya berish (o‘quv-tarbiya ishini tashkillashtiradi), maktabning ma’muriy-xo‘jalik (ishlab chiqarish), moliyaviy ishini ta’minlaydi, maktabda xavfsizlik texnikasi meyorlari va qoidalariga rioya qilish tartibini yaratadi, ularning ishini nazorat qiladi. Modomiki shunday ekan, o‘zini yetakchi deb hisoblaydigan har bir maktab rahbari jamoani samarali boshqarishning zamonaviy usullarini egallashi, buning uchun zamon bilan hamnafas odimlashi, o‘zining kasbiy bilim va tajribasini oshirib borishi, sohaga oid barcha muammolarni tezkorlik bilan hal qila oladigan, tobe kishilarni psixologik jihatdan ajrata oladigan, ularning jinsi, yoshi, aqli va jismoniy imkoniyatlariga qarab ishni taqsim qila oladigan darajada bo‘lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Rahbarlik uslubi deganda boshqaruv jarayonida u yoki bu masalani hal qilishda rahbarning o‘ziga xos yondashishi tushuniladi. Rahbar qaror qabul qilganda, uning ijrosini tashkil etganda va qo‘l ostidagi xodimlar ishini nazorat qilganda o‘z vazifalariga muvofiq ish ko‘radi. Biroq, har bir rahbar bunda o‘ziga xos ravishda, boshqaruv jarayonida o‘zi uchun mos bo‘lgan, o‘z rahbarlik uslubini belgilaydigan usullar bilan faoliyat ko‘rsatadi. Mutlaqo bir xil ikki kishi bo‘lmaganidek, rahbarlikda ham mutlaqo bir xil uslub yo‘q. Shu nuqtai nazardan, rahbarlik uslublarini tavsiflashda ijtimoiy psixologiya va menejmentga oid adabiyotlarda boshqaruv usullarini an’anaviy va zamonaviy turkumlarga bo‘lib o‘rganish odat tusiga aylangan. Bu borada G.Gibsh, M.Forverg, B.Bass, D.Barretta, K.Berd, K.Levin, R.Laykert, L.Berkovets, V.Xeytxorn, F.Fidler, D.Mak- Gregor va boshqa olimlarning ilmiy izlanishlari tahsinga loyiqdir. Boshqaruv uslubini farqlashdagi an’anaviy yondashuvlardan biri nemis psixologi K.Levin tomonidan kiritilgan tipologiya hisoblanadi. Muallif jahon psixologiyasidagi turli nazariyalarga asoslangan holda rahbarlik tipologiyasini yaratib, uning avtoritar, demokratik va liberal uslublarini ta’riflaydi. Buning uchun muallif jamoa hayotida rahbarning ahamiyati va roli masalasini yoritishga intiladi hamda bu borada muayyan yutuqlarga erishadi. Rahbar tiplarining psixologik tabiati muallif tomonidan keng ko‘lamda bayon qilinadi hamda izohlab beriladi. Muallif tomonidan avtoritar rahbar shaxsiga nisbatan o‘ziga bino qo‘ygan, dimog‘dor, o‘z qobiliyati va imkoniyatlariga ortiqcha ishonadigan, hukmini o‘tkazishga intiladigan shaxs deb ta’rif berilsa, dem

Доказательный фрагмент

«В статье изучаются социально-психологические особенности партисипативного управления школьным педагогическим коллективом.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье изучаются социально-психологические особенности партисипативного управления школьным педагогическим коллективом. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
school, leader, teaching staff, management, management style, authoritarian, maktab, pedagogik jamoa, boshqaruv xodimlari, avtoritar uslub, rahbar, partisipativ uslub, qaror qabul qilish., demokratik uslub, liberal uslub, boshqaruv uslubi, qobiliyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники