Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Orazbaeva Asal Berdaq nomidagi Qoraqolpoq Davlat Universiteti 2-bosqich talabasi
HIKOYADA QAHRAMON PSIXOLOGIYASI · Orazbaeva Asal
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada oʻzbek adabiyotining koʻzga koʻringan vakillaridan biri boʻlgan Xurshid Doʻstmuhammadning ijodiy mahorati, yozuvchining uslubi haqida soʻz yuritilgan. Tadqiqot obyekti sifatida yozuvchining “Vasiy” hikoyasi tanlab olingan. Kalit soʻzlar: metafora, illyuziya, psixologik xarakter, badiiy uslub, timsolli ishora. Hozirgi oʻzbek nasrining faol ijodkorilaridan biri Xurshid Doʻstmuhammad hisoblanadi. Muallif shu kunga qadar prozaning roman, qissa, hikoya, esse, badia’ janrlarida barakali ijod qilib kelmoqda. Xurshid Doʻstmuhammad hikoyalari uslubining oʻziga xosligi, nut texnikasining betakrorligi, metaforalar, allyuziya, timsolli ishoralar, ramzlar, istioralar, oʻxshatishlarga boyligi bilan e’tiborni tortadi. Xurshid Doʻstmuhammad nasri oʻquvchini mudom oʻylantirib, mushohada-mulohaza yuritishga, kitobxonni faol fikrlashga oʻrgatuvchi intellektual jihatdan baland ijod.[1] Eng xarakterlisi, Xurshid Doʻstmuhammad qay janrda ijod qilmasin, ularda ming yillik islomiy milliy an’analar bilan shaklan modernistik badiiy uslubiy izlanishlar mahsuli qorishib ketadi. Umuman olganda, ijodkorning xoh hikoyasi, xoh qissasimi, xoh romanimi, ularning barchasida yangilikka intilishni koʻrish mumkin. Ijodda yangilik qilish esa hamma ijodkorning ham imkoniyatidagi iroda xohishi emas. Ijodiy oʻsish, yangi-yangi uslubiy izlanishlarni yaratish murakkab jarayon. Binobarin yozuvchining oʻzi bir suhbatda shunday deydi:”Bir umr oʻzining bir xil uslubidan voz kecholmagan, uning iskanjasidan qutila olmagan va shu ishni toʻgʻri va ma’qul deb hisoblagan yozuvchi-shoirlar bor.Shaxsan mening qarashlarim sal oʻzgacharoq, ya’ni uslub oʻzgarmas, dunyoqarash, hayot murakkabliklarini badiiy idrok va ifoda etish yoʻsinlari oʻzgarmasa, shu yoʻlda turfa tajribalarga qoʻl urilmasa, bunday yozuvchi nafaqat milliy adabiyotda, loaqal oʻz ijodida ham biror yangilik yaratishi amrimahol. Tasavvur qiling, yozuvchi umri mobaynida mingta hikoya yozsa-da, ularning bari bir xil uslubda boʻlsa?! Voqea, syujet, xilma-xil, maqsad, ifoda tarzi esa bir xil. Axir odamlarning har biri alohida bir olam emasmi?! Har bir ruhiy holatga, ruhiy iztirobga yangicha, jilla qursa, oʻzgacharoq yondashish mumkinku [2] Xurshid Doʻstmuhammad “Vasiy” hikoyasi orqali inson shaxsining fe’lidagi noqisliklarni, toʻgʻrirogʻi psixologiyasini tasvirlashga harakat qilgan. Hikoyada ramziy tarzda aytilmoqchi boʻlgan axloqiy-falsafiy ma’no ancha teran. Asarda personajning faoliyati, xarakteri, ichki kechinmalari, xulq-atvori, idroki, qobiliyati, tashqi qiyofasi, oʻzini tutishi haqidagi ifodalar- muallifning psixologik tavsifidir. Personajlarning psixologik nutqiy xarakteristikasi qahramon obrazi ichki dunyosini ochishning muhim vositasi hisoblanadi. Hikoyadagi kosa-tagida nim kosa tarzidagi badiiy talqinda axloqiy-falsafiy ma’no ancha teran. Qaltis bir qadam, nojoʻya bir ogʻiz soʻz, noma’lum bir kor-hol odamlik maqomini barbod etishi hech gap emas. Adibning aksar hikoyalaridagi shafqatsiz realizm orqali yuzaga chiqadigan fojeiy ohang yuraklarini zirqiratib yuboradi. Oqibat va xiyonat, mehr va shafqatsizlik, yaxshilik va riyo, oliyjanoblik va munofiqlik singari boqiy masalalar turli xil hayotiy muhit va sharoitlardagi taqdirlar orqali badiiy idrok etiladi. 49 Yozuvchi ba’zi hikoyalarida voqea yoki qahramoni haqida hamma gapni “chaynab” bermaydi, “qissadan hissa” chiqarmaydi, balki kitobxonga havola qiladi. Mana shunday hech gap yoʻqday tuyuladigan asarlaridan biri “Vasiy” hikoyasidir. Kitobxon bu hikoyani bir oʻqishda idrok etolmaydi, uni qayta-qayta sinchiklab, mayda detallariga alohida e’tibor berib mutolaa qilinsagina umumiy manzara hosil boʻladi. “Inson oʻzining haqiqiy mohiyatini faqat qoʻrquv holatidagina toʻla anglaydi”- deb yozgan ekan faylasuf Syoren K’yerkegor. Bu fikr nisbiy haqiqatdir va insonning hayotida roʻy beradigan oniy qoʻrquvlar haqida.[3] “Vasiy” hikoyasida ayolning qattiq qoʻrquv holatidagi ruhiyati tasvirlanganligini koʻrish mumkin. Ayoningl umri davomida psixologik bosimga uchragani yaqqol namoyon boʻlgan. Chunki hovlidagi mayda-chuyda detallar ham uning diqqat - e’tiborini tortadi va u koʻnglidagidek qilmaguncha tinchimaydi. Musichaning tuproqdagi izini tozalashdan tortib romning eng tepasidagi shafaq nuri tushayotgan deraza koʻzini qattiq-qattiq artishgacha boradi. Yostiqni yoʻrgaklab goʻyo oʻz bolasi kabi u bilan suhbatlashadi. Chaqalogʻini kimdir undan tortib oladigandek uni yashirishga tushadi. Uning xayollari chalkash edi. Goh oʻzini jinnidek tutsa, goh sogʻlom inson edi. Uyni toʻzgʻitib yana oʻziga kelgach ukasining koʻziga qaray olmay, yuzini koʻrpa bilan panalab turib gunohkorona va chorasiz bir iztirobda: “Joyingga kirib uxla, ukam. Men tuzukman… Men yaxshi boʻlib qoldim…”[4]-deydi xolos. Hikoyani toʻliq oʻqish orqali ayolning kimning yoki nimaningdir ta’sirida qattiq qoʻrquv holatga tushib qolganini payqash mumkin. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Xurshid Doʻstmuhammad asarlarida vazmin va batafsil tasvir uslubi koʻzga tashlanmoqda. Konflikt, zi
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada oʻzbek adabiyotining koʻzga koʻringan vakillaridan biri boʻlgan Xurshid Doʻstmuhammadning ijodiy mahorati, yozuvchining uslubi haqida soʻz yuritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada oʻzbek adabiyotining koʻzga koʻringan vakillaridan biri boʻlgan Xurshid Doʻstmuhammadning ijodiy mahorati, yozuvchining uslubi haqida soʻz yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- timsol, ramziy nutq, modernizm, hikoya, dramatik keskinlashuv.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025