К содержанию
РецензированоUZ2026

LEKSEMALAR Muhsinjonova Shirinoy Asliddin qizi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

Muhsinjonova Shirinoy Asliddin qizi · Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda tilshunos olim Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk” asarida qo‘llangan ichimlik nomlariga oid birliklar o‘rin olgan. Aytish lozimki, “Devon” da qo‘llangan ichimlikni ifodalovchi leksik birliklar eski turkiy til xususiyatlarini o‘zida namoyon etgan bo‘lib, ularning ba’zilari hozirgi kunda ham nutqiy muloqotimizda keng qo‘llaniladi. Ba’zi o‘rinlarda ularning shakldoshlik xususiyati namoyon bo‘lishi bilan ahamiyatlidir. Kalit so‘zlar: “Devon”, Mahmud Koshg‘ariy, ichimlik nomlari, leksik tahlil, leksema. “Devonu lug‘otit-turk” asari ulkan qomusiy manba hisoblanadi. Ushbu asar xususida xilma-xil ta’riflar mavjud. “Ma’lumki, Mahmud Koshg‘ariyning kamtarlik bilan lug‘at deb atagan bua sari yolg‘iz bu kungi ma’nodagi lug‘atgina emas, balki shu bilan birga, o‘sha davr tilining fonetika, morfologiya, leksika va dialektologiyasini mukammal izohlab bergan to‘la ma’nodagi filologik asar, bebaho bir qomusdir. Mahmud Koshg‘ariy o‘z asarini ko‘p yillar yurtma-yurt yurib, xalq og‘zidan to‘plagan materiallar asosida tuzdi. Bu usul bir tarafdan unga o‘sha davr tilidagi butun so‘zlarni va har qanday so‘z turlarini mukammal qamrab olishga imkon bergan bo‘lsa, ikkinchidan, bu materiallar o‘z navbatida unga o‘sha davr tilining har bir sohasiga doir boy namunalar to‘plami bo‘lib ham xizmat qildi. Mahmud Koshg‘ariy so‘z ma’nosini izohlar ekan, yo‘l-yo‘lakay so‘zlarning har qanday grammatik xususiyatlari va u so‘zlarning qaysi qabilaga mansubligi haqida ham ma’lumot bera boradi, umumlashtirilgan qoidalar tuzadi”, degan edi S. Mutallibov. Demak, Mahmud Koshg‘ariy birgina tilshunoslik sohasida amaliy ish olib boribgina qolmay, balki xalqda mavjud deyarli barcha ilmlarga oid atamalarni o‘z “Devon”ida yig‘ishga harakat qilgan qomusiy olimdir. Asardan o‘rin olgan grammatik qoidalar ham aynan ilk tilshunoslikka doir qoidalar sifatida til tarixidan muqim o‘rin egalladi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. “Devonu lug‘otit-turk” asari taom, oziq-ovqat mahsulotlari nomlarini o‘zida aks ettiruvchi muhim ensiklopedik manba hisoblanadi. Ta’kidlash o‘rinliki, taom nomlari ishtirok etishi orqali biz faqatgina yeyish uchun mo‘ljallangan mahsulotlarni nazarda tutmasdan, balki ichish uchun ham zarur bo‘lgan mahsulotlarni ham anglashimiz darkor. Demak, asardan o‘rin olgan oziq- ovqat mahsulotlari nomlari o‘z ichida yeyish va ichishni bildiruvchi istilohlarni ham birlashtirgan. “Devon”da qayd etilgan mavjud ichimlik nomlari eski turkiy til xususiyatlarini o‘zida namoyon etgan bo‘lib, ularning ba’zilari hozirgi kunda ham nutqiy muloqotimizda keng qo‘llaniladi. Ba’zi o‘rinlarda ularning shakldoshlik xususiyati namoyon bo‘lishi bilan ahamiyatlidir. Ushbu mavzu xususida to‘xtalar ekanmiz, dastavval, ichimlik leksemasining o‘ziga ham alohida diqqat qaratish o‘rinli. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da ichimlik ifodasiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Ichimlik – ichiladigan narsalar(mas.suv, sharbat). Spirtli ichimliklar. Chanqovbosdi ichimliklar1”. Demak, ichimlik ichish uchun yaroqli bo‘lgan leksemalarning umumiy nomi hisoblanadi. 1 O‘zbek tilining izohli lug‘ati. – Toshkent: “O‘zbek milliy ensiklopediyasi” Davlat nashriyoti. II jild, 2006. – B 192. 54 Ichimlik leksemasining etimologik xususiyatlariga e’tibor beradigan bo‘lsak, ushbu so‘z quyidagi yasalish tarziga ega ekanligining guvohi bo‘lamiz: ich+im+lik2. Biroq hozirgi o‘zbek tilida ichim so‘zi mustaqil holda qo‘llanilmaydi. Eski turkiy til leksik qatlamini o‘zida aks ettirgan “Devonu lug‘otit-turk” asarida “ichim(I, 149)” so‘zi mustaqil qo‘llanilgan bo‘lib, “ichimlik” ma’nosini ifodalagan. “Devon”da ichimlik nomlarining xilma-xil ko‘rinishlari aks ettirilgan. Xususan, suv leksemasini misol sifatida ko‘rib chiqsak. Wikipedia online lug‘atida bu ifodaga quyidagicha ta’rif berilgan: I. Vodorod bilan kislorodning kimyoviy birikmasidan iborat rangsiz, hidsiz shaffof suyuqlik; tabiatda muz va bug‘ holida ham uchraydi, barcha tirik organizmlarning va ko‘pgina moddalarning tarkibiy qismini tashkil etadi. Qor suvi. Dengiz suvi. II. Shunday suyuqlik ichimlik sifatida. Mineral suvlar. III. Soy, ko‘l, daryo va shu kabilarning suvli sathi haqida. Suv bo‘yi. IV. Tirik organizm va a’zolardan ajralib chiqadigan suyuqlik, shira. Oshqozon suvi3. Biz uchun suv leksemasining ikkinchi, ya’ni “shunday suyuqlik ichimlik sifatida” ma’nosi muhim hisoblanadi. Suv so‘zi qadimgi turkiy tilda ham mavjud bo‘lib, u dastlab sub shakliga ega bo‘lgan4. Keyinchalik, ya’ni eski turkiy tilda biroz fonetik o‘zgarish asosida bu leksema suw ko‘rinishida qo‘llanila boshlagan: sub>suw>suv. Lug‘atda bu so‘z ishtirok etgan maqol ham qo‘llanilgan: Suw bermǟskǟ sṻt ber – suv bermasga sut ber, ya’ni senga yomonlik qilganga sen yaxshilik qil. Chunki sening yaxshiliging uni senga tobe qiladi, demakdir5. Ushbu leksema qatnashgan sintaktik butunlik ham asar tarkibidan joy olgan: suw iḉȁdḯ – suv ichmoq istadi6. Bundan tashqari, suw leksemasi sifatlovchilar bilan qo‘llangan o‘rinlar ham mavjud: saɤ suw(16; b358) – mazali va tiniq suv.

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda tilshunos olim Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk” asarida qo‘llangan ichimlik nomlariga oid birliklar o‘rin olgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda tilshunos olim Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk” asarida qo‘llangan ichimlik nomlariga oid birliklar o‘rin olgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
leksik tahlil, ichimlik nomlari, “Devon”, Mahmud Koshg‘ariy, leksema.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники