К содержанию
РецензированоUZ2020

BUNING AHAMIYATI Bahodir Abdullayev Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) yo’nalishi talabasi

BUNING AHAMIYATI · Bahodir Abdullayev

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2020

Аннотация

Ushbu tezisda Oʻzbekistonda kambagʻallik muammosining tan olinishi va buning ahamiyatiga, mamlakatda kambagʻallik chegarasini toʻgʻri belgilash masalalariga e’tibor qaratilgan. Kalit soʻzlar. kambagʻallik, kambagʻallik chegarasi, minimal isteʼmol xarajatlari, real isteʼmol qiymati. Kirish. Bugungi kunda Oʻzbekistonda kambagʻallik mavjud boʻlmagan muammo deyilashini tasavvur qilish qiyin albatta. Mazkur muammoning yillar davomida tan olinmasligi, mamlakatdagi millonlab insonlarning hayotini yaxshilash, ularning potensialini roʻyobga chiqarish imkontiyatini yoʻqqa chiqarib kelayotgandi. Kambagʻallik yurtimizda koʻp yillar “yopiq mavzu” boʻlib keldi. 2020-yil 24-yanvar kuni Oliy Majlisga Murojaatnomada davlat rahbari bu haqda ochiq-oydin gapirdi va tariximizda birinchi marta kambagʻallikni qisqartirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi. “Kambagʻallikni kamaytirish – bu aholida tadbirkorlik ruhini uygʻotish, insonning ichki kuch- quvvati va salohiyatini toʻla roʻyobga chiqarish, yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish. Shuning uchun, Jahon banki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Rivojlanish Dasturi va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan birga Kambagʻallikni kamaytirish dasturini ishlab chiqishni taklif qilaman”, - dedi prezident. Bunda xalqaro meʼyorlar asosida chuqur oʻrganishlar oʻtkazib, kambagʻallik tushunchasi, uni aniqlash mezonlari va baholash uslublarini qamrab olgan yangi metodologiyani yaratish lozimligi taʼkidlandi. Masalaning mazmuni. Maʼlumki, muammo tan olinmay kelganiga qaramay har qanday mamlakatda aholining kam taʼminlangan qatlami mavjud. Oʻzbekistonda ham odamlarning muayyan qismi yetarli daromad manbaiga ega emas. Kambagʻallikka qarshi kurashish uchun esa avvalo daromad darajasi minimal hayot standartlarini taʼminlashga yetmaydigan aholi qatlami aniq belgilab olinishi, yaʼni kambagʻallik chegarasi belgilab olinishi , yaʼni kambagʻallik chegarasi hisoblanishi lozim. Hisoblangan keyin esa mazkur chegarani hisoblash boʻyicha yetakchi xorijiy ilgʻor tajribalar doimiy amaliyotga kiritib turilishi zarur. Bugungi kunda insonlarning daromad darajasi minimal hayot tarzini davom ettirish uchun yetarli miqdordar kamayib ketishining oldini olish, kambagʻallik darajasini kamaytirish gʻoyat muhum masalalardan biridir. Aynan kambagʻallik muammosi tufayli dunyoda millionlab insonlar oʻz potensialini roʻyobga chiqara olmaydi, farovon hayotdan mahrum boʻladi va butun jamiyat hayotini yanada faronlashtirish imkoniyati qoʻldan boy beriladi, desak xato boʻlmaydi. Kambagʻallik alohida insonlarga ham, umuman jamiyatlarga ham keng qamrovli taʼsir koʻrsatadi. Iqtisodiy taʼsir: Kambagʻallik umumiy iqtisodiy samaradorlikni pasaytiradi, chunki u shaxslarning xarid qobiliyatini cheklaydi. Agar aholining katta qismi yetarli daromadlarsiz 108 yashasa, bu isteʼmol xarajatlarining kamayishiga, soliq tushumlarining kamayishiga va iqtisodiy oʻsishning pasayishiga olib keladi. Salomatlik: Kambagʻallik insonlar sogʻligʻiga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Toza suv, toʻyimli oziq- ovqat, tegishli tibbiy yordam va sanitariya vositalardan foydalanishning yetishmasligi kasalliklar xavfini oshiradi va umr koʻrish davomiyligini qisqartiradi. Qashshoqlik, shuningdek, taʼlim olish imkoniyatini cheklaydi, bu esa sogʻliqni saqlash sohasida savodxonlik va profilaktik tibbiy yordamga taʼsir qiladi. Taʼlim: Kambagʻallik koʻpincha bolalarning maktabga borishiga yoki sifatli taʼlim olishiga toʻsqinlik qiladi. Bu kambagʻallik siklini davom ettiradi, chunki taʼlimning yetishmasligi kelajakda ish bilan taʼminlanish va daromad olish imkoniyatlarini cheklaydi. Ochlik va toʻyib ovqatlanmaslik: kambagʻallik butun dunyo boʻylab ochlik va toʻyib ovqatlanmaslikning asosiy sababidir. Kambagʻallikda yashovchi oilalar toʻyimli oziq-ovqat olish imkoniyatidan mahrum boʻlmoqda, bu esa, ayniqsa, bolalar orasida toʻyib ovqatlanmaslik, oʻsish va rivojlanish muammolariga olib keladi. Ijtimoiy hamjihatlik: qashshoqlik ijtimoiy tartibsizlik va beqarorlikka olib kelishi mumkin. Tengsizlik, marginallashuv va imkoniyatlarning yetishmasligi ijtimoiy keskinlikka, jinoyatchilik darajasi oshishiga va jamoalar ichidagi nizolarga olib kelishi mumkin. Gender tengsizligi: Kambagʻallik nomutanosib ravishda ayollar va qizlarga taʼsir qiladi va gender tengsizliklarini davom ettiradi. Kambagʻallikda boʻlgan ayollar koʻpincha taʼlim, sogʻliqni saqlash va ish bilan taʼminlanish imkoniyatlaridan cheklangan boʻlib, bu avlodlar oʻrtasidagi qashshoqlik sikliga olib keladi. Atrof-muhitning degradatsiyasi: Kambagʻallik ekologik muammolarga ham sababchi boʻlishi mumkin. Chunki kambagʻallik darajasi yuqori boʻlgan mamlakatlarda oʻrmonlarni kesish, ortiqcha baliq ovlash yoki daromad topish maqsadadi atrof-muhitni ifloslantiruvchi sanoatga tayanish kabi barqaror boʻlmagan amaliyotlarga murojaat qilish holatlari koʻp uchraydi. Inson huquqlari: Kambagʻallik koʻpincha odamlarni asosiy inson huquqlaridan, jumladan, uy- joyga ega boʻlish, toza

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda Oʻzbekistonda kambagʻallik muammosining tan olinishi va buning ahamiyatiga, mamlakatda kambagʻallik chegarasini toʻgʻri belgilash masalalariga e’tibor qaratilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda Oʻzbekistonda kambagʻallik muammosining tan olinishi va buning ahamiyatiga, mamlakatda kambagʻallik chegarasini toʻgʻri belgilash masalalariga e’tibor qaratilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
real isteʼmol qiymati., minimal isteʼmol xarajatlari, kambagʻallik chegarasi, kambagʻallik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники