К содержанию
РецензированоUZ2026

Yusupdjanov Odil Abdugafurovich Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor, Jahin iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

O‘XSHASHLIK JIHATLARI · Umurzoqov Mexroj Umar o‘g‘li · Ilmiy rahbar: Ph.D. · Yusupdjanov Odil Abdugafurovich

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada o‘zini o‘zi o‘ldirishga undaganlik uchun javobgarlik masalasi jinoyati va uning boshqa hayotga qarshi jinoyatlar bilan o‘xshash va farqli jihatlari tahlil qilinadi. O‘zini o‘zi o‘ldirishga undaganlik jinoyati qasddan odam o‘ldirish, kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam o‘ldirish, onaning o‘z chaqalog‘ini qasddan o‘ldirishi, ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirish kabi jinoyatlar bilan bir qator obyektiv va subyektiv jihatlardan o‘xshashlik va farqlarga ega. Obyektiv jihatdan jinoyatning obyektlari umumiy bo‘lib, o‘zga shaxsning hayotiy daxlsizligiga qarshi qaratilgan. Subyektiv jihatdan, qasddan odam o‘ldirish jinoyatlari egri va to‘g‘ri qasddan sodir etilishi mumkin bo‘lsa, o‘zini o‘zi o‘ldirishga undaganlik jinoyati faqat egri qasd bilan sodir etiladi. Mazkur maqolada bu jinoyat turlarining subyektiv va obyektiv jihatlari, ularning o‘xshashlik va farqli tomonlari hamda jinoyatlar subyekti haqida batafsil ma’lumot berilgan. Kalit so‘zlar: o‘zini o‘zi o‘ldirishga undaganlik, qasddan odam o‘ldirish, kuchli ruhiy hayajonlanish, ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirish, jinoyat obyektlari, jinoyat subyekti, egri qasd, to‘g‘ri qasd, jinoyatga javobgarlik. O‘zini o‘zi o‘ldirishga undaganlik uchun javobgarlik masalasi jinoyati o‘z obyektiv hamda subyektiv belgilariga ko‘ra bir qancha jinoyatlar bilan o‘xshash hisoblanadi. Jumladan ushbu jinoyatning qasddan odam o‘dirish jinoyati bilan o‘xshashlik jihatini jinoyat obyektlari bir xilligi bilan qiyoslash mumkin.Har ikki jinoyatda ham obyekt o‘zga shaxsning hayotiy daxlsizligi hisoblandi. Subyektiv tomondan ikki jinoyat farq qiladi. Qasddan odam o‘ldirish ham egri va to‘g‘ri qasddan sodir etiladi. O‘zini o‘zi o‘ldirishga undaganlik uchun javobgarlik masalasi jinoyati faqat egri qasd natijasida sodir etiladi. Ikkala jinoyat subyekti ham aqli raso jismoniy shaxs bo‘lishi mumkin. Shuningdek, O‘zini o‘zi o‘ldirishga undaganlik uchun javobgarlik masalasi jinoyati subyekt yoshi 16 yoshga to‘lgan aqli raso jinoyat sodir etgan shaxs bo‘lsa, O‘zbeksiton Respublikasi JK 97-modda 1-qism uchun 14 yosh, 2-qism uchun 13 yosh qilib belgilangan. Obyektiv tomondan harakatlar moddiy tomondan yoki boshqa jihatlardan aybdorga qaram bo‘lmagan shaxsga rahmsiz muomala qilish yoki uning sha’ni va qadr- qimmatini muttasil ravishda kamsitish natijasida uni o‘zini o‘zi o‘ldirish yoki o‘zini o‘zi o‘ldirishga suiqasd qilishga undaganlikda ifodalanadi, qasddan odam o‘dirish jinoyatida esa yuqoridagi holatlardan tashqari boshqa vaqtlarda qilmish mazkur norma bilan tartibga solinadi. Bundan tashqari O‘zini o‘zi o‘ldirishga undaganlik uchun javobgarlik masalasi jinoyati kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam o‘ldirish jinoyati bilan o‘xshash bo‘lib, har 21 ikki jinoyatlar obyekti o‘zga shaxsning hayotiy daxlsizligi hisoblandi. Subyektiv tomondan O‘zini o‘zi o‘ldirishga undaganlik uchun javobgarlik masalasi jinoyati faqat egri qasd natijasida sodir etilishi bilan farq qiladi. Bu ikki jinoyatning subyekti ham o‘xshash bo‘lib, ya’ni 16 yoshga to‘lgan aqli raso shaxs. Obyektiv tomondan o‘zini o‘zi o‘ldirishga undaganlik uchun javobgarlik masalasi jinoyatida harakatlar moddiy tomondan yoki boshqa jihatlardan aybdorga qaram bo‘lmagan shaxsga rahmsiz muomala qilish yoki uning sha’ni va qadr-qimmatini muttasil ravishda kamsitish natijasida uni o‘zini o‘zi o‘ldirish yoki o‘zini o‘zi o‘ldirishga suiqasd qilishga undaganlikda ifodalansa, kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam o‘ldirish jinoyatining obyektiv tomoni jabrlanuvchi tomonidan qilingan g‘ayriqonuniy zo‘rlik yoki og‘ir haqorat, shuningdek uning boshqa g‘ayriqonuniy harakatlari tufayli to‘satdan yuz bergan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam o‘ldirish harakatlarida ifodalanadi. Shuningdek, o‘zini o‘zi o‘ldirishga undaganlik uchun javobgarlik masalasi jinoyati onaning o‘z chaqalog‘ini qasddan o‘ldirishi jinoyati bilan ham o‘xshash va farqli jihatlari mavjud. Ikkala jinoyatning ham subyekti o‘xshash bo‘lib, ya’ni 16 yoshga to‘lgan aqli raso shaxs. Subyektiv tomondan onaning o‘z chaqalog‘ini qasddan o‘ldirishi jinoyati ham egri ham to‘g‘ri qasddan sodir etilsa, O‘zini o‘zi o‘ldirishga undaganlik uchun javobgarlik masalasi jinoyati faqat egri qasd natijasida sodir etiladi. Ikki jinoyatning ham obyekti o‘zga shaxsning hayotiy daxlsizligi hisoblandi. Obyektiv tomondan o‘zini o‘zi o‘ldirishga undaganlik uchun javobgarlik masalasi jinoyatida harakatlar moddiy tomondan yoki boshqa jihatlardan aybdorga qaram bo‘lmagan shaxsga rahmsiz muomala qilish yoki uning sha’ni va qadr-qimmatini muttasil ravishda kamsitish natijasida uni o‘zini o‘zi o‘ldirish yoki o‘zini o‘zi o‘ldirishga suiqasd qilishga undaganlikda ifodalansa, onaning o‘z chaqalog‘ini qasddan o‘ldirishi jinoyati onaning tug‘ishi hamon yoki tug‘ish vaqtida sodir etilishida ifodalanadi. Shuningdek, o‘zini o‘zi o‘ldirishga undaganlik uchun javobgarlik masalasi jinoyati ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirish jinoyati bilan ham o‘xshash va farqli jihatlari

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada o‘zini o‘zi o‘ldirishga undaganlik uchun javobgarlik masalasi jinoyati va uning boshqa hayotga qarshi jinoyatlar bilan o‘xshash va farqli jihatlari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada o‘zini o‘zi o‘ldirishga undaganlik uchun javobgarlik masalasi jinoyati va uning boshqa hayotga qarshi jinoyatlar bilan o‘xshash va farqli jihatlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
o‘zini o‘zi o‘ldirishga undaganlik, jinoyat subyekti, qasddan odam o‘ldirish, egri qasd, kuchli ruhiy hayajonlanish, jinoyatga javobgarlik., jinoyat obyektlari, ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirish, to‘g‘ri qasd
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники