in LibraryПРЕПАРАТОВ ДЛЯ ПРОВЕДЕНИЯ ПРОТИВОБРУЦЕЛЛЁЗНЫХ МЕРОПРИЯТИЙ2019
Yer rеsurslarini boshqarish munosabatlarini transformatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlari
YER RЕSURSLARINI BOSHQARISH MUNOSABATLARINI · TRANSFORMATSIYA QILISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI
Устойчивые направления управления земельными ресурсами в Узбекистане: проблемы и решения · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada yer resurslarini boshqarish bilan bog‘liq ko‘plab muammolar to’grisida fikr yuritilgan. Yer resurslarini boshqarish nafaqat tadbirkorlar, investorlar, klasterlar, dehqon va fermer xo‘jaliklarining yerlardan samarali foydalanishiga, balki yangi ish o‘rinlari yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ishlab chiqarish raqobatdoshligini va eksport salohiyatini oshirish kabi eng muhim ustuvor masalalarni yechish kabi bir qator muommolar batafsil yoritilgan. Kalit so’zlar: yer resurslari, yerdan foydalanish, yer fondi, yer tuzish, yer monitoringi, yer resurslarini boshqarishning eng muhim funksiyalari Yer va boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylik, xalqimiz hayoti va faravonligining asosi hisoblanib, ulardan maqsadli va samarali foydalanish, muhofaza qilish, ekologik holatini saqlash, ayniqsa jamiyat va iqtisodiyot ehtiyojlarini qondirish darajasida ularni boshqarishni tashkil etish davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Darhaqiqat, bugungi kunda dunyoda yer resurslarini boshqarish bilan bog‘liq ko‘plab muammolar mavjud. Xususan, yerlarni qayta taqsimlashning keskinlashayotgani, ekologik-iqtisodiy jihatdan qulay yerlar tanqisligining mavjudligi, yer unumdorligining pasayishi va investitsiyalar yetishmasligi, yerlar degradatsiyasini boshqarish iqtisodiy usullarining sustligi, qishloq xo‘jaligi yerlarini yo‘qotishlarning to‘xtamayotganligi shular jumlasidandir. Davlatimiz rahbarining qabul qilgan ko‘plab qarorlarida, mamlakatimiz hududlariga tashriflari chog‘ida ta’kidlanganidek, yer resurslarini boshqarishning holati bugungi kun talablariga javob bermaydi, yerlarni ro‘yxatga olishdan tortib, ularning investitsiya jarayonlarida ishtirok etishigacha, ko‘plab ijtimoiy muammolarni hal qilish yerlarni to‘g‘ri va adolatli taqsimlash va qayta taqsimlash bilan bog‘liq. Demak, yer resurslarini boshqarish nafaqat tadbirkorlar, investorlar, klasterlar, dehqon va fermer xo‘jaliklarining yerlardan samarali foydalanishiga, balki yangi ish o‘rinlari yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, oziq-ovqat 53 “O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar” xavfsizligini ta’minlash, ishlab chiqarish raqobatdoshligini va eksport salohiyatini oshirish kabi eng muhim ustuvor masalalarni yechishga ham ko‘maklashishi kerak. Bunday sharoitda iqtisodiyotda eng muhim, qishloq va o‘rmon xo‘jaligida esa asosiy ishlab chiqarish vositasi, takror ishlab chiqarilmaydigan va o‘rni almashtirilmaydigan resurs hisoblanadigan yer resurslarini boshqarish munosabatlarini yangi realliklarga mos tarzda tranformatsiya qilish obyektiv zarurat hisoblanadi. Chunki so‘nggi yillarda yer resurslaridan to‘g‘ri va oqilona foydalanmaslik, ularni taqsimlash va qayta taqsimlashning samarasizligi, yerlarni noqishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun iqtisodiy va texnologik asoslanmasdan o‘tkazilishi orqali ularni talon-taroj qilish va yerlar unumdorligining pasayib ketishi holatlarining muayyan dinamikaga ega bo‘lgan tendensiyaga aylanib ulgurgani bu jarayonlarni samarali boshqarish zaruratini paydo qilmoqda. Eng muhimi, bugungi kunda yerdan foydalanishni rejalashtirish va bashorat qilish, yer kadastri, yer fondini toifa va turlarga ajratish, soliq solinadigan bazani yaratadigan, yer ijarasini rivojlantiradigan, yer bilan bog‘liq turli xil bitimlarni tuzishga sharoit tug‘diradigan muayyan yer uchastkasini har tomonlama baholash, xususiylashtirishning adolatli va samarali shakllarini joriy qilish, davlat yer nazorati, yer tuzish, yer monitoringi, hududlarni mintaqalash kabi yer resurslarini boshqarishning eng muhim funksiyalari, shuningdek yer resurslarini boshqarishning huquqiy, ekologik, ma’muriy masalalari yer munosabatlarini zamonaviy talablar darajasiga ko‘tarish imkoniyatlarini berishi lozim. Bundan tashqari, mavjud iqtisodiy mexanizm esa yerdan samarali foydalanishni yetarli darajada rag‘batlantirishi, uning unumdorligi oshishini ta’minlashi hamda unumdor yerlarning yer oborotidan chiqib ketishining oldini olishi lozim. Qonun hujjatlarimizda qo‘yilgan vazifa va normalar yerlarni nafaqat tabiiy resurs, balki iqtisodiy resurs, investitsiya resursi (kapital) sifatida baholash orqali ularni iqtisodiy muomalaga kiritishni, ularni sotish, ijaraga berish va garovga qo‘yish, shuningdek ko‘chmas mulk, soliqqa tortish, boshqaruv obyektlariga aylantirishni ham nazarda tutadi. Qishloq xo‘jaligi yerlarini faqatgina ochiq tanlov asosida ijaraga berilishi va bu tanlovda barcha fermerlarning teng ishtirokining yo‘lga qo‘yilishi yer ijarasi huquqi bozorini shakllantirishga, uning kafolatlarini kuchaytirishga, raqobat muhitini yaxshilashga xizmat qiladi. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarni kimoshdi savdosi orqali sotish to‘g‘risidagi qaror hududiy infratuzilmani yaxshilash va yerlarni xususiylashtirishni rag‘batlantirish, investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Har bir hududni rivojlantirish bo‘yicha aniq reja, loyiha ishlab chiqish, rivojlang
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada yer resurslarini boshqarish bilan bog‘liq ko‘plab muammolar to’grisida fikr yuritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada yer resurslarini boshqarish bilan bog‘liq ko‘plab muammolar to’grisida fikr yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- yer fondi, yerdan foydalanish, land resources, land use, структура земель, мониторинг земель, yer resurslari, yer monitoringi, yer resurslarini boshqarishning eng muhim funksiyalari, land structure, land fund, земельные ресурсы, земельный фонд, важнейшие функции управления земельными ресурсами, the most important functions of land resources management, land monitoring, yer tuzish, землепользование
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025