К содержанию
РецензированоUZ2026

SHAKLIDAN FARQLI VA O‘XSHASH JIHATLARI QIYOSIY TAHLILI Sultonov Jasur Rustam o‘g‘li Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti

Sultonov Jasur Rustam o‘g‘li

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda elektron mehnat shartnomasi tushunchasi va uning mehnat munosabatlardagi yuridik maqomi ochib berilgan. Elektron mehnat shartnomasi, uning tuzilishi, imzolanishi va amaliyotda qo‘llanilishi, shuningdek, an’anaviy shakldagi shartnoma bilan bog‘liq huquqiy muammolar yoritilgan. Shuningdek, elektron va an’anaviy shakldagi shartnomalar o‘rtasidagi farqlar, ularning yuridik kuchi, hujjatlarni tasdiqlash jarayoni, xavfsizlik va ma’lumotlarni saqlash masalalari batafsil tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: Elektron mehnat shartnomasi, an’anaviy shartnoma, elektron raqamli imzo, shartnoma tuzish, elektron hujjat, raqamlashtirish. Bilamizki, xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi mehnatga oid munosabatlar ular tomonidan tuziladigan mehnat shartnomasi asosida yuzaga keladi. Mehnat shartnomasi tuzilishi vositasida xodim va ish beruvchining o‘zaro munosabatlari individuallashtiriladi hamda huquqiy tartibga solinadi. Faqat mehnat shartnomasi tuzilishi yo‘li bilangina fuqaro xodim maqomini oladi, mehnat jamoasiga qo‘shiladi, korxona lokal me’yoriy hujjatlari, ichki mehnat tartibi qoidalari, mehnat qonunlari to‘la hajmda unga tatbiq etila boshlanadi1. O’z navbatida mehnat shartnomasini tuzish bir qancha bosqichlarda amalga oshiriladi. Zamonaviy dunyoda mehnat shartnomalarini tuzish nafaqat an’anaviy qog‘oz shaklida, balki elektron shaklda rasmiylashtirila boshlandi. “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuniga ko‘ra, elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan axborot elektron hujjatdir. Demak,mehnat shartnomasini onlayn tartibda tuzish ham elektron hujjat hisobiga kiradi va yuridik jihatdan kuchga ega hisoblanadi. Elektron mehnat shartnomasi ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi mehnatga oid munosabatlarni vujudga keltirishga qaratilgan, zamonaviy elektron platforma va vositalar orqali tuziladigan shartnomadir. Elektron mehnat shartnomalarining huquqiy kuchi O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar orqali tartibga solinadi. Jumladan, amaldagi mehnat kodeksining 106-moddasida mehnat shartnomasi yozma shaklda tuzilishi va aynan elektron shaklda rasmiylashtirilishi shartnomaning yozma shaklga tuzilganligi anglatishi belgilab qo‘yilgan. Hozirgi kunda mehnat munosabatlarini raqamlashtirish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda. Xususan, elektron mehnat shartnomalarini tatbiq etish, elektron mehnat daftarchalarini yaratish, ish haqi to‘lovining raqamli tizimlarini takomillashtirish hamda kadrlar hisobini avtomatlashtirish kabi yo‘nalishlarda amaliy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.2. Bu jarayonlar esa “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (qisqacha “YaMMT” IDAK)da amalga oshirilmoqda. 1 Mualliflar jamoasi. Mehnat huquqi. Darslik. – T.: TDYU nashriyoti, 2018. – 137 bet. 2 Смирнов С.А. Цифровизация трудовых отношений: правовые аспекты // Право и экономика. – 2023. – №5(3). – С. 145–152. 37 “YaMMT” IDAKda elektron mehnat shartnomalari mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ish beruvchi tomonidan shakllantiriladi va taraflar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra elektron raqamli imzo (ERI) yordamida imzolanadi. Ahamiyatli jihati shundaki, elektron mehnat shartnomalarining huquqiy kuchini tasdiqlashda elektron raqamli imzo ham bevosita ishtirok etadi. Agar an’anaviy mehnat shartnomalarida tomonlarning mehnat shartnomasi shartlarining qabul qilinishi sifatida shartnomaga imzo chekish orqali tan olinsa, elektron mehnat shartnomasida elektron raqamli imzo tomonidan tasdiqlash shartnomani qabul qilishni anglatadi. Qayd etish kerakki, elektron mehnat shartnomasining amal qilish muddati, shartnoma shartlari va boshqa yuridik hujjatlar elektron tizimda saqlanadi va arxivlanadi, bu esa hujjatlarning ishonchli va uzoq muddat saqlanishini ta’minlaydi. Ikkinchidan, an’anaviy mehnat shartnomasini saqlash qog‘oz shaklida amalga oshiriladi. Bu hujjatlar davlat arxivlariga topshirilishi mumkin yoki ish beruvchi tomonidan saqlanadi. An’anaviy mehnat shartnomasi ham to‘liq yuridik kuchga ega bo‘lib, ikki tomonning majburiyatlari va huquqlari aniq belgilangan bo‘ladi. An’anaviy shakldagi shartnoma huquqiy jihatdan ishonchli bo‘lib, uning amal qilish muddati, yuridik kuchi va shartlari faqat ikkala tomonning imzolariga bog‘liqdir. Elektron shaklga o‘tishning asosiy foydasi, qog‘ozda saqlanadigan hujjatlarning xavfsizligi va arxivlash jarayonlarini yanada soddalashtirishdir. Shuningdek, elektron va an’anaviy mehnat shartnomalari o‘rtasida bir qator farqlar mavjud. Masalan, elektron shakldagi mehnat shartnomasi raqamli imzo yordamida imzolanadi, bu esa hujjatni tasdiqlashning elektron tarzda amalga oshirilishini ta’minlaydi. An’anaviy shaklda esa bu jarayon ikki tomonning qo‘l imzosi orqali amalga oshiriladi. Ikkinchidan, elektron shakldagi shartnomalar axborot tizimlarida saqlanadi va arxivlanadi. An’anaviy shaklda

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda elektron mehnat shartnomasi tushunchasi va uning mehnat munosabatlardagi yuridik maqomi ochib berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda elektron mehnat shartnomasi tushunchasi va uning mehnat munosabatlardagi yuridik maqomi ochib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
raqamlashtirish., shartnoma tuzish, elektron raqamli imzo, an’anaviy shartnoma, Elektron mehnat shartnomasi, elektron hujjat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники