К содержанию
РецензированоUZ2026

Xoliqulova Zarnigor Azim qizi Termiz davlat universiteti Filologiya va tillarni o‘qitish fakulteti 2- bosqich talabasi

Xoliqulova Zarnigor Azim qizi

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

In this article, we will see an analysis of the content, poetic arts, and rhyming of the rubaiyats of Pahlavon Mahmud, a writer who not only became famous for his status as a wrestler, but also earned a worthy place among the poets in the world of creativity with his beautiful and meaningful lyrics. Keywords: Genre, rubai, poetic art, rhyme, fingering, mysticism, love, spirituality. O`zbek adabiyoti tarixida turli janrlarda qalam tebratgan ijodkorlarimiz talaygina. Shu janrlar orasida ruboiy alohida o`rinni egallaydi. Ruboiy janrida adabiyotimizning so`nmas quyoshlari bo`lgan Alisher Navoiy, Lutfiy, Ogahiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi ijodkorlarimiz qalam tebratgan. Ushbu janrda yana bir o`tkir qalamnavisimiz- Pahlavon Mahmud ham ijod qilgan. Uning asl ismi Mahmud bo`lib, Puryoyvaliy laqabi bilan shuhrat topgan. Bundan tashqari u o`z zamonasining ijodkorlari ichida she`riyatda yagona bo`lish bilan bir qatorda, pahlavonlik maqomi bilan ham olamga dong taratgan. Mashhur turk olimi Shamsiddin Somibek ham o`z asarida: “Pahlavon Mahmud Eronning mashur shoirlaridan bo`lib, Xorazmning Urganch qishlog`idandir.Yoshlik chog`larida o`z kuchi va pahlavonligi bilan shuhrat qozondi. Keyingi paytlarda tasavvuf tariqatida ko`p riyozat chekib, jismoniy zaiflashgan edi. “Kanzul Haqoyiq” nomli masnaviysi bor”,- deb u haqida qimmatli ma`lumtlarni berib o`tgan. Pahlavon Mahmud she`riyatda ham, tasavvufda ham Umar Xayyomning davomchisi bo`lgan. Chunki fors adabiyotida Xayyomdan so`ng ruboiy janrida ijod qilgan boshqa bir shoir bo`lmagan. Jomiy, Navoiy, Bobur, Fuzuliy va boshqa ko`plab shoirlar ruboiyda o`z kuchlarini sinab ko`rgan bo`lsalar-da, bu janr ularning ijodida asosiy o`rinni egallab qolmagan. Pahlavon Mahmud esa butun umri davomida fors-tojik tilida ruboiy yozgan. Uning ruboiylarida ham xuddi Xayyomniki singari insondagi ko`plab xislatlar: yomonlik, nafsga berilish, adolat, zulm, qo`rqoqlik, molparastlik, mardlik kabi ko`plab mavzular bilan bir qatorda muhabbat mavzularida ham so`z yuritiladi. Pahlavon Mahmud o`z davrining faylasufi bo`lgan desak adashmagan bo`lamiz, chunki u umri davomida hayotni mushohada etib, to`g`ri xulosalar chiqargan. Mana shu hayoti davomida to`plagan tajribalarini shoir o`z ruboiylarining mazmuniga musiqiy va go`zal 58 ohanglar bilan jo qilib, ularni hikmatli so`zlar darajasiga ko`targan. Mana shunday tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`lgan ruboiylaridan biri: Qora tosh sira ham bo`lmas lojuvard, Toza qalbga yuqmas aslo chang-u gard, Quloq solgin Puryoyvaliy so`ziga, Qo`rqoqlardan biron chiqqanmidi mard! Demak, shoir ushbu ruboiyda yomon odamdan faqat yomonlik, yovuzlik kutish mumkin, u mardlikka, ezgulikka qobil emasligini aytib o`tgan. Qora toshga qanchalik ishlov berilmasin, undan ko`k tusli qimmaqbaho tosh hosil bo`lishining imkoni bo`lmagani kabi qo`rqoqlardan ham mard odam chiqmasligi ruboiyning mazmuniga ustalik bilan singdirilgan. Bundan tashqari ushbu ruboiyda qora tosh, toza qalb-epitet, chang, gard so`zlari tanosub, qo`rqoq va mard so`zlari tazod she`riy san`atini hosil qilgan. Ruboiy barmoq vaznida yozilgan bo`lib, a-a- b-a tarzida qofiyalangan. Pahlavon Mahmud nodonlardan, johil kimsalardan shu qadar nafratlanganki, buni hatto o`z ruboiylarining mazmuniga ham singdirgan: Uch yuz Ko`hi Qofni kelida tuymoq, Dil qonidan bermoq falakka bo`yoq, Yoinki bir asr zindonda yotmoq, Nodon suhbatidan ko`ra yaxshiroq. Shoir ushbu ruboiysida johil, ilmsiz, ahmoq va nodon kimsalar bilan suhbatlashishdan ko`ra bir asr davomida zindonda yotish yoki bo`lmasa, butun falakka dil qonidan ulashib chiqish kabi mushkul ishlarni qilishni afzal ko`radi. Bilamizki, Ko`hi Qof tog`ining toshlarini kelida tuyush imkonsiz va aql bovar qilmas ish, lekin shoir nodonlar bilan suhbatlashgandan ko`ra mana shunday imkonsiz ishni qilishga tayyor ekanligini aytib o`tgan. Shu bilan bir qatorda ruboiyda mubolag`a she`riy san`atidan ustalik bilan foydalanilgan bo`lib, tuymoq, bo`yoq, yotmoq, yaxshiroq so`zlari a-a-a-a tarzida barmoq vaznida qofiyalangan. Shoirning nazaridan molparast, dunyoparast, boshqacha aytganda, oltin-kumushga mubtalo bo`lgan bandalar ham chetda qolmagan. Bu toifa kimsalar moddiy jihatdan boy bo`lishadi, ammo ma`naviy jihatdan eng qashshoq insonlar deya tavsiflanadi: Ey Xoja, sen nechun buncha bexabar, Xayolingda kecha-kunduz kumush, zar, Dastmoyang-ku bu olamda bir kafan, Buyurganmi senga kafan kim aytar? Shoir ushbu ruboiy orqali faqat moddiy boylik va dunyoviy lazzatlarga berilib ketgan insonlarni tanqid qilgan. Ijodkor bu dunyoning mohiyatini anglamay, xom xayollarga ergashganlarni “bexabar” deb ataydi. Inson qanchalik boylik yig`masin, oxir-oqibat u faqat bir kafan bilan bu dunyoni tark etadi. Shoir bu bexabar insonlarni dunyoning barcha narsalari vaqtinchalik va o`tkinchi ekanligini anglashga chaqiradi, insonni o`z o`limi haqida o`ylashga undaydi. Oxirgi misrada keltirib o`tilgan savolning maqsadi- insonni o`zining hayot yo`lini qayta ko`rib chiqishga va ma`naviyat sari intilishga chaqirish. Qisqach

Доказательный фрагмент

«In this article, we will see an analysis of the content, poetic arts, and rhyming of the rubaiyats of Pahlavon Mahmud, a writer who not only became famous for his status as a wrestler, but also earned a worthy place a…»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, we will see an analysis of the content, poetic arts, and rhyming of the rubaiyats of Pahlavon Mahmud, a writer who not only became famous for his status as a wrestler, but also earned a worthy place a… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Genre, rubai, poetic art, rhyme, fingering, mysticism, love, spirituality, qofiya, she`riy san`at, barmoq, Janr, tasavvuf, ruhiyat., ruboiy, ishq
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники