Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
telefon raqam: +998974042272; +998946869503
MODDASINING BIOSAMARADORLIGINI ANIQLASH · N.Q. Rashidova · Sh.S. Toshmuhamedova
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
Tadqiqot natijalariga ko’ra oddiy loviya o’simligidan ajratib olingan lektin moddasining biosamaradorligi ushbu moddani shartli patogen bakteriyalarga antimikrob faolligi bo’yicha aniqlanildi. Eng yuqori mikroblarga qarshi faollik Bacillus subtillis, Staphylococcus aureus, Escherichia coliga nisbatan ingibirlash zonasi 21 dan 27 mm. Kalit so’zlar: lektin, antimikrob faollik. Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda farmatsevtika va tibbiyot sohasida ishlatiladigan dori vositalari shu bilan birga turli dorivor oʻsimliklar asosida yaratilgan biologik faol qoʻshimchalar mavjudligiga qaramasdan tabiiy manbalar asosida olinadigan biopreparatlarga va qoʻshimchalarga ehtiyoj katta. Bu oʻrinda shuni qayd etish kerakki, oʻsimliklardan olinadigan biologik faol modda shu jumladan, immunologik xususiyatga ega boʻlmagan glikoproteidlar sinfiga mansub lektin moddasi alohida oʻrin egalamoqda. Sababi, lektin boshqa biologik faol moddalardan tubdan farqlanib, immunologik xususiyatga ega boʻlmagan holda yot moddalarni jumladan, viruslar bilan spetsifik ravishda uglevodlar orqali bogʼlanish imkoniyatiga ega. Lektinlar - bu hujayralar yuzasida uglevod qoldiqlariga spetsefik ravishda bog’lana olish qobiliyatiga ega bo'lgan va oqsillar va ularning aglutinatsiyasini keltirib chiqaradigan glikoproteinlar. Lektin moddalari patogen hujayrasining yuza qismida joylashgan uglevod determinantlarini taniy oladi va ular bilan bog’ hosil qilib, fagositoz jarayonini amalga oshishiga sabab bo’ladi. Tadqiqot maqsadi. Phaseolus vulgaris o’simligi tarkibidan ajratib olingan lektin moddasini antimikrob faolligini aniqlash. Tadqiqot usullari. Ajratib olingan lektin antimikrob faolligi diffuzion usulda aniqlandi. Tajriba agarli Mueller-Hinton qattiq ozuqa muhitida olib borildi. Shartli patogen bakteriyalar go’sht peptonli Nutrient Broth suyuq ozuqa muhitida o’stirildi. Asosiy natijalar. Quritilgan loviya (Phaseolus vulgaris)urug’i kukun holigacha maydalaniladi hamda fasfat bufer bilan 40C ga 24soatga ekstraksiya qilinadi. So’ngra ekstrakt filtrlandi va sentrifugalandi. Hosil bo’lgan ekstrakt ammoniy sulfat tuzi bilan cho’kmaga tushirildi. Sistemaning yuqori lektinli fazasi ajratib olindi va deionlashtirish maqsadida dializ jarayoni 24 soat davomida molekulyar massasi 7000Da o’lchamli dializ qopchasida olib borildi. Ajratib olingan lektin gel filtratsiyasi yordamida qo’shimcha tozalandi. Lektinli fraksiya liofil quritgich yordamida quruq kukun holida olindi. Ajratib olingan lektin antimikrob faolligini Diffuzion usulda aniqlash uchun avval agarli Mueller-Hinton qattiq ozuqa muhiti tayyorlandi. [1;2] Ozuqa muhiti 15 minut davomida avtoklavda 1.1 atm (1210C) bo'lsin ostida sterilizatziya qilinadi. So’ngra sterillangan petri chashkalarga quyiladi. Shartli patogen bakteriyalar gosht peptonli suyuq ozuqa muxitiga ekildi. 102 Oqsil suspenziyasi 1:1; 1:2; 1:4 nisbatda tayyorlandi. Erituvchi sifatida distillangan suv qo’llanildi. Oqsil va shartli-patogen saqlagan MRS ozuqa muhiti 37°C haroratda 24 soat davomida avtoklavda inkubatsiya qilindi. Inkubatsiyadan so’ng, hosil bo’lgan dog’ diametri chizg’ich yordamida aniqlandi. [3;4] Tajriba bir necha marta takrorlandi. Olingan natijalar va ularning muhokamasi. Tajriba natijalari quyidagi jadvalda keltirildi(1- jadval) 1-jadval № Natijalar Test-shtammlari Phaseolus vulgaris osimligidan LEKTIN sigma ajratib olingan lektin substansiya 1:1 nisbatda Bacillus subtillis 21±0,5 mm 19±0,3 mm 1. 407 Escherichia coli ATCC- 24±0,3 mm 20±0,2 mm 2 25922 Staphylococcus aureus 27±0,5 mm 24±0.5 mm 3 ATCC-6538 1:2 nisbatda Bacillus subtillis 20±0,2 mm 18±0,3 mm 1 407 Escherichia coli ATCC- 22±0,1 mm 19±0,2 mm 2 25922 Staphylococcus aureus 25±0,5 mm 22±0,2 mm 3 ATCC-6538 1:4 nisbatda Bacillus subtillis 18±0,3 mm 15±0,5 mm 1 407 Escherichia coli ATCC- 20±0,1 mm 18±0,1mm 2 25922 Staphylococcus aureus 22±0,4 mm 20±0,1 mm 3 ATCC-6538 Olingan natijalar shuni ko’rsatadiki, phaseolus o’simligidan ajratib olingan lektin moddasining mikroblarga qarshi ta’sir diapazoni Sigma-Aldrich firmasi tomonidan SLCD9288 partiyasida L8754-mahsulot raqami ostida ishlab chiqarilgan lektin substansiyasidan yuqori ekan. Olingan shartli patogenlar ichida lektin moddasi Staphylococcus aureus ATCC-6538 shartli-patogeniga nisbatan yuqori sezgir ekanligi aniqlandi. Xulosa. Tabiiy hom ashyolar tarkibidan lektin moddasi ajratib olindi. Ajratib olingan lektin moddasi hamda Sigma-Aldrich firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan lektin (L8754) substansiyalarining mikroblarga qarshi ta’siri bir xil sharoitda o’rganildi. Tajribalarimiz shuni ko’rsatdiki, mahalliy hom ashyo tarkibidan ajratib olgan lektin moddasi Sigma-Aldrich firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan lektin (L8754) substansiyasiga nisbatan yuqori ta’sir doirasiga ega ekan. Tanlangan bir nechta shrtli-patogenlarga nisbatan Staphylococcus aureus ATCC-6538 shartli-patogeniga nisbatan eng yuqori ta’sir doirasiga ega ekanligi aniqlandi. 103
Доказательный фрагмент
«Tadqiqot natijalariga ko’ra oddiy loviya o’simligidan ajratib olingan lektin moddasining biosamaradorligi ushbu moddani shartli patogen bakteriyalarga antimikrob faolligi bo’yicha aniqlanildi.»
Образец извлечения
Демо-превьюTadqiqot natijalariga ko’ra oddiy loviya o’simligidan ajratib olingan lektin moddasining biosamaradorligi ushbu moddani shartli patogen bakteriyalarga antimikrob faolligi bo’yicha aniqlanildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- lektin, antimikrob faollik.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014