К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘zbekiston, Andijon

FALSAFIY TAHLIL · Muxammadjon T. Parpiyev

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 473-496 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada Hindistonda XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yuzaga kelgan milliy uyg‘onish harakati va uning asosiy ma’rifiy xususiyatlari tahlil etiladi. Tarixiy- ijtimoiy sharoitlar, mustamlakachilik davrida shakllangan tafakkur va madaniyatga qarshi harakatlar, diniy-islohotchi harakatlarning o‘rni yoritiladi. Milliy uyg‘onish jarayonining g‘oyaviy va ma’naviy manbalari, jamiyatda ta’lim, madaniyat va mustaqil fikr yuritish erkinligi orqali qanday yangilanishga olib kelgani ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi. Kalit so’zlar: milliy uyg’onish, Hindiston, ma’rifiy islohotlar, ijtimoiy munosabatlar, jamiyat taraqqiyoti. Hindistonda milliy uyg‘onish jarayoni XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab jamiyatning siyosiy, madaniy va ruhiy hayotida chuqur o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan. Bu harakat, bir tomondan, Britaniya mustamlakachiligiga qarshi kurash shaklida namoyon bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, hind jamiyatining o‘zligiga qaytishi, qadriyatlarini yangilab talqin etishi, ma’rifatparvarlik ruhida rivojlanishi bilan ajralib turadi. Hindistonda milliy uygʻonish jarayoni nafaqat siyosiy va ijtimoiy kurashlar natijasi, balki jamiyat ongida ro‘y bergan chuqur ma’naviy-falsafiy uygʻonish natijasi sifatida qaraladi. Uzoq yillar davomida mustamlakachilik zulmida yashagan hind xalqi o‘z tarixiy xotirasi, madaniy o‘zligiga qayta yuzlanib, axloqiy uyg‘onish, g‘oyaviy tiklanish, shaxsiy va jamoaviy o‘zlikni anglash jarayonidan o‘tdi. Hindistondagi milliy uygʻonish – bu shunchaki tarixiy harakat emas, balki inson ongining uygʻonishi, xalq ruhining tiklanishi, ma’naviy va falsafiy mustaqillikka intilishdir. Bu jarayon orqali hind xalqi o‘zining qadimiy falsafasini, ma’rifatini va madaniyatini zamonaviy talqin bilan qayta anglab, global tarixiy sahnada o‘z o‘rnini tikladi. Bu davrda g‘arb falsafasi va Sharq an’anaviy falsafasi o‘rtasidagi ziddiyatlar va uyg‘unlashuvlar kuzatildi. Raja Ram Mohan Roy, Swami Vivekananda, Mahatma Gandi kabi mutafakkirlar o‘z qarashlarida ijtimoiy adolat, ruhiy poklik, ahimsa (zo‘ravonlikdan voz kechish), satyagraha (haqiqatga sodiqlik) g‘oyalarini ilgari surdilar. Bu esa milliy uyg‘onishni falsafiy-axloqiy mezonlar asosida yo‘naltirdi. Yetakchi shaxslar, jumladan, ma’rifatparvar ziyolilar va ijtimoiy islohotchilar tomonidan mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurashda xalq ommasining ongini yuksaltirish va ularni safarbar etish uchun zamonaviy ta’limning hal qiluvchi omil ekani alohida ta’kidlana boshlandi. Xususan, Tamil brahmanlarining turli kasbiy sohalarda faol ishtirok eta boshlagani ta’limning transformatsion (o‘zgartiruvchan) salohiyatini yaqqol namoyon etdi. Ular mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanib, o‘zlarining ijtimoiy-iqtisodiy mavqei va madaniy nufuzini mustahkamlashga erishdilar. 7 Umuman olganda, har bir milliy uygʻonish jarayonining markazida uning intellektual va ma’naviy elitasini tashkil etuvchi ijtimoiy qatlamlar – ya’ni an’analarni ilmiy-falsafiy asosda qayta talqin qiluvchi, zamonaviy fikrlashga ega ma’rifatparvarlar turadi. Hind jamiyatida bu vazifani uzoq tarixiy davrlar davomida brahmanlar, ayniqsa tamil brahmanlari bajarib kelgan. Ular faqat diniy yoki ilohiy bilimlar sohasidagina emas, balki axloqiy-falsafiy tafakkur, inson tabiati va ijtimoiy tuzum masalalarida ham chuqur bilim egasi sifatida namoyon bo‘lganlar. Tamil brahmanlari tomonidan asrlar davomida shakllantirilgan ta’lim tizimi – “gurukul” modeli – faqatgina bilim uzatishga emas, balki uni ilohiy qadriyat sifatida anglashga asoslangan bo‘lib, an’anaviy hind ma’rifat paradigmasining muhim tarkibiy qismidir. Mazkur tizimda bilim olish jarayoni faqat dunyoviy manfaatlarni ko‘zlash emas, balki shaxsning ruhiy yetukligi va axloqiy kamolotiga erishish vositasi sifatida qaraladi. Bunday yondashuv, shubhasiz, barqaror va uyg‘un jamiyat asoslarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tamil brahmanlari faoliyatida markaziy o‘rin egallagan falsafiy yo‘nalishlar – Adveyta (monizm), Vishishtadvayta (shartli monizm) va Dvayta (dualistika) – inson ongi bilan mutlaq borliq (Brahman) o‘rtasidagi ontologik va gnoseologik munosabatlarni tadqiq qilishga qaratilgan. Ushbu yo‘nalishlar doirasida inson mohiyatan nafaqat jismoniy mavjudot, balki ruhiy yetuklik sari intiluvchi, ma’naviy yuksalishga qodir mavjudot sifatida talqin etiladi. Xususan, Adi Shankaracharya va Ramanuja kabi yirik mutafakkirlarning ta’limotida inson “ego” (ya’ni “Men”)dan voz kechish, uni oliy aql, ezgulik va mukammallik sari yo‘naltirish orqali "komil mavjudot"ga aylanishi kerakligi g‘oyasi ilgari suriladi. Bu falsafiy pozitsiya zamonaviy jamiyatdagi materialistik va individualistik tendensiyalarga qarshi turadi va insonni doimiy ma’naviy mas’uliyat, ichki o‘zgarish va o‘zlikni yengish zarurligiga da’vat etadi. Hindistondagi milliy uygʻonish harakatida taʼlim hal qiluvchi omil sifatida namoyon boʻldi. U nafaqat ijtimoiy islohotlar vositasi, balki milliy ong va oʻzlikni shakllantirishning muhim mexanizmi sifatida ham xizmat qildi. Ayniqsa, XIX asr oxi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Hindistonda XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yuzaga kelgan milliy uyg‘onish harakati va uning asosiy ma’rifiy xususiyatlari tahlil etiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Hindistonda XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yuzaga kelgan milliy uyg‘onish harakati va uning asosiy ma’rifiy xususiyatlari tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ijtimoiy munosabatlar, Hindiston, ma’rifiy islohotlar, milliy uyg’onish, jamiyat taraqqiyoti.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники