Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI Abdullayeva Umida Qahramonovna Buxoro Innovatsiyalar universiteti pedagogika, psixologiya va sport kafedrasi o’qituvchisi
RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI · Abdullayeva Umida Qahramonovna · НАРУШЕНИЕМ СЛУХА · Абдуллаева Умида Кахрамоновна
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
This article analyzes the factors affecting the development of cognitive processes — attention, memory, thinking, perception, and speech — in children with hearing impairments. It also highlights the formation and development of cognitive activity in children living with hearing limitations, the role of special pedagogical approaches, and the development of compensatory mechanisms through visual and tactile perception. The article is useful for specialists working in the fields of special pedagogy, defectology, and inclusive education. Keywords: Hearing impairment, cognitive processes, attention, memory, perception, special pedagogy, compensatory mechanisms, surdopedagogy. 17 Kirish: Eshitish — inson uchun asosiy sezgi organlaridan biri bo‘lib, u orqali bola atrof- muhit bilan o‘zaro aloqaga kirishadi, nutqni egallaydi, shaxsiyati va tafakkuri shakllanadi. Eshitish qobiliyatining buzilishi yoki yo‘qligi nafaqat kommunikativ, balki bilish jarayonlariga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bunday bolalar axborotni eshitish orqali emas, balki ko‘rish, teginish, hid bilish orqali qabul qilishga majbur bo‘ladi. Shu sababli, ularning bilish jarayonlari o‘ziga xos yo‘l bilan rivojlanadi va maxsus pedagogik yondashuvlarni talab qiladi. Bola rivojlanishida eshitish organining ahamiyati beqiyosdir. Eshitish orqali bola tashqi muhit bilan aloqa o‘rnatadi, nutq o‘rganadi va atrofdagi hodisalarni anglaydi. Ammo eshitishida nuqson mavjud bo‘lgan bolalarda bu jarayonlar murakkablashadi. Shunga qaramay, ular to‘g‘ri ta’lim-tarbiya, moslashtirilgan muhit va maxsus metodik yondashuvlar yordamida bilish faoliyatlarini rivojlantirishlari mumkin. 1. Bilish jarayonlarining mazmuni va ahamiyati Bilish jarayonlari — bu bolaning olamni idrok etishi, uni anglab yetishi va unga munosabat bildirish shakllaridir. Bu jarayonlar ichida idrok, diqqat, xotira, tafakkur va nutq asosiy o‘rin tutadi. 2. Eshitish nuqsoni va bilish jarayonlariga ta’siri Eshitish nuqsoni bolaning tashqi olam haqidagi tasavvurlarini shakllantirishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, og‘zaki nutqning yetarlicha rivojlanmasligi tafakkur va tushunchalarning shakllanishini sekinlashtiradi. Bu holat eshitish cheklovli bolalarda diqqatning tez chalg‘uvchanligi, xotiraning sustligi va idrokning kechikishi bilan namoyon bo‘lishi mumkin. 3. Kompensator mexanizmlar va ularning roli Eshitish nuqsoni mavjud bo‘lgan bolalarda boshqa sezgi organlari — ko‘rish, teginish, hid bilish kuchayadi. Bu kompensator imkoniyatlar to‘g‘ri rivojlantirilsa, bilish jarayonlaridagi kamchiliklar qisman qoplanishi mumkin. 4. Maxsus pedagogik yondashuvlar Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan ishlashda surdotarbiya metodlari, imo-ishora tili, vizual didaktik materiallar, logopedik mashg‘ulotlar katta ahamiyatga ega. Bu usullar bolaning nutqiy va bilish rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning bilish jarayonlarini rivojlantirishda maxsus yondashuvlar, individual ta’lim dasturlari va ota-ona hamkorligi muhim ahamiyatga ega. To‘g‘ri tashkil etilgan ta’lim va tarbiya jarayoni natijasida bunday bolalar jamiyatda faol ishtirok etuvchi, mustaqil fikrlovchi shaxs sifatida shakllanishi mumkin. Kompensator mexanizmlar Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarda boshqa sezgi organlari faolroq rivojlanadi. Bu holatni "kompensator rivojlanish" deb atash mumkin. Masalan: Ko‘rish orqali bola atrofdagi hodisalarni aniqlab, axborotni vizual obrazlar shaklida qabul qiladi; Teginish orqali shakl, harorat, faktura kabi fizik xususiyatlarni sezadi; Lab o‘qish (lablardan so‘zni anglash) – eshitish cheklovi bo‘lgan bolalarda muhim muloqot vositasiga aylanadi; Imo-ishora tili – ijtimoiy muloqotda asosiy aloqa shakliga aylanishi mumkin. Maxsus pedagogik yondashuvlar Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan ishlashda quyidagi metod va yondashuvlar muhim: 18 Surdotarbiya – eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun maxsus metodika asosida o‘qitish va tarbiyalash tizimi; Vizual didaktik materiallar – dars jarayonida ko‘rgazmali vositalar, rasmlar, piktogramma va videomateriallardan foydalanish; Individual yondashuv – har bir bolaning imkoniyat va ehtiyojlariga mos dastur asosida ishlash; Texnik vositalar – eshitish apparatlari, kochlear implantlar, maxsus dasturlar; Inkluziv ta’lim – umumiy ta’lim muassasalarida bunday bolalarni moslashtirilgan uslubda o‘qitish va rivojlantirish. Ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar ko‘pincha o‘zini jamiyatdan ajratilgan yoki yetarlicha anglanmagan deb his qiladi. Shuning uchun: Ota-onalar bilan hamkorlik; Psixologik maslahatlar; Ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish; O‘ziga ishonchni mustahkamlashga qaratilgan mashg‘ulotlar muhim rol o‘ynaydi. Xulosa: Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar intellektual imkoniyatlarga ega bo‘lishlariga qaramasdan, ularning bilish jarayonlari turlicha rivojlanadi. Bu rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus pedagogik yondashuvlar, kompensator vositalar va i
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the factors affecting the development of cognitive processes — attention, memory, thinking, perception, and speech — in children with hearing impairments.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the factors affecting the development of cognitive processes — attention, memory, thinking, perception, and speech — in children with hearing impairments. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Hearing impairment, cognitive processes, attention, memory, perception, surdotarbiya., bilish jarayonlari, Eshitish nuqsoni, xotira, kompensator mexanizmlar, maxsus pedagogika, diqqat, idrok
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025