К содержанию
РецензированоRU2026

(A.NAVOIYNING “HAYRT-UL ABROR” ASARI MISOLIDA) Sobirova Shahzoda Faxriddin qizi Iqtisodiyot va pedagogika universiteti NTM O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi

BADIIY ADABIYOTDA FRAZEOLOGIZMLAR · Sobirova Shahzoda Faxriddin qizi

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

В этой статье анализируется самая красивая фразеология из стихотворения Небучаднезара «Xaйрат уль-аброр», Показаны внутренние смыслы фраз и визуальных выражений, использовавшихся в древнеузбекском литературном языке. Стихотворение Навуходоносора «Xaйрат уль-аброр», иллюстрирует умелое использование слов в древнеузбекском языке. Ключевые слова. Фразеология, прафразы, «Xaйрат уль-аброр», древнеузбекский литературный язык, лингво-семантические характеристики, художественный стиль, лизон, речь. Annotation. This article analyzes the most beautiful phraseology of Neb·u·chad·nezʹzar's "Khayrat ul-abrar", The inner meanings of the phrases and visual expressions used during the old Uzbek literary language are shown. Nebuchadnezzar's poem "Khayrat ul-abrar", illustrates the skillful use of words in the old Uzbek language. Keywords. Phraseology, prafrazas, "Khayrat ul-abrar", old Uzbek literary language, linguistic-semantic characteristics, art style, lison, speech. Ma’lumki, frazeologiya til hodisasi sifatida lison va nutqqa daxldor birlikdir. Birdan ortiq mustaqil leksema ko‘rinishining birikuvidan tashkil topib, obrazli ma‘noviy tabiatga ega bo‘lgan lisoniy birlik frazeologizm deyiladi: tepa sochi tikka bo‘ldi, sirkasi suv ko‘tarmaydi va boshqalar. Shuningdek, frazeologizm deganda, ko‘chma ma‘no anglatadigan, ibora yoki turg‘un so‘z birikmalari tushuniladi. Frazeologik birlikdan (iboralardan) yaxlitligicha anglashiladigan ma’no uning tarkibidagi so‘z komponentlariga xos leksik ma’nolarning oddiy yig‘indisiga teng bo‘lmaydi, iboraning ma’nosi umumlashma ma’no, maxraj ma’no sifatida namoyon bo‘ladi. Frazeologiya nazariyasiga dastlab fransuz tilshunosi Sh.Balli asos solgan. Frazeologizmlarning grammatik, semantik, funksional – uslubiy jihatlarini rus tilshunoslarining tadqiqotlarida ham ko‘rish mumkin. Masalan, V.Vinogradov iboralarni leksik qatlam sifatida ma’no guruhlariga ko‘ra tasniflaydi. V.Jukov esa frazeologizmlarning kategorial ma’nolarini aniqlagan. O‘zbek tilshunosligida frazeologizmlar Sh.Rahmatullaev, M.Sodiqova, I.Qo‘chqortoyev, A.Rafiev, B.Yo‘ldoshev, A.Mamatov, Q.Hakimov, K.Bozorboyev kabi olimlar ishlarida keng o‘rganilgan.1 Frazeologik birliklarning quyidagi xususiyatlari mavjud: 1 Yo'ldoshev B. O‘zbek frazeologiyasi va frazeologiyaning shakllanishi hamda taraqqiyoti. – S, 2007. 52 - nutqda takrorlanishning oldini olish; - mustahkamlik (kompozitsiya, struktura va semantika); - ma’no yaxlitligi; -boshqa semalarga o‘xshamasligi; - komponentlik ajratish ; - aksentologik alohidalik; - o‘zgaruvchanlik; - leksik ma’no; - komponent kompozitsiyasi; - grammatik kategoriyalar; - tarkibiy qismlarni to‘liq yoki qisman desemantizatsiya qilish; - qo'llanish qobiliyati (umumiy bilim); - idiomatlik; Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” asarida frazeologizmlarning turli ko‘rinishlariga guvoh bo‘lamiz. Masalan, asarning oltinchi maqolotida quyidagi frazani ko‘rishimiz mumkin: “Adablilik odati to‘g‘risindakim, kichiklarga baxtiyorlik sababi, ulug‘larga esa yuksak martabalilik boisidir; tavozu’ vasfidakim, “dol”dek qaddini xam qilgan qadamini baxtning boshiga qo‘yadi va hayo nuri haqidakim, biron kishi buning ichiga kirsa rahmat yomg‘irlari bilan serob bo‘ladi”. [Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни), 6-maqolot, 51-bet]. Ushbu misrada “baxtning boshiga qo‘ymoq” , “rahmat yomg‘iri” kabi turg‘un birliklar qatnashgan. Yana boshaqa maqolotda esa quyidagi holatga ko‘zimiz tushadi: “Mast ham yig‘lab-yig‘lab o‘zini bilmay qoldi, lekin kechirim so‘rab gunohidan pok etdi. Adabli odam kuxsh uchun og‘iz ochmaydi...” Yuqorida “o‘zini bilmay qoldi” hamda “og‘iz ochmaydi”jumlalari o‘z ma’nosini yo‘qotib iboraga aylangan. To‘qqizinchi maqolotda esa quyidagi holatga ko‘zimiz tushadi: “Ishq bulbuli o‘z dostonini kuylay boshlaganda tomosha qilish uchun boshqa boqqa kirdi. Uning nazari gulga tushishi bilan zor bo‘lib,shavq o‘tidan joniga xabar berdi.Gul shoxiga o‘lturub, joy tanladi: undagi otashin (qizil) gullar uning joniga o‘t yoqa boshladi.Jonining ichi ishq o‘tidan o‘rtanib, g‘am shu’lasidan ko‘ngliga iztirob tushdi. Ishq uning sabr-u qarorini talon-taroj etdi, gul esa unga firib bera boshladi”. [Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни), 9-maqolot, 62-bet]. Bu o‘rinda esa “nazari tushdi” , “shavq o‘tidan joniga xabar berdi”, “o‘t yoqa boshladi” va “firib bera boshladi” kabi turg‘un birliklarni ko‘rishimiz mumkin. Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, jahon tilshunosligida insoniyat tamaddunining buyuk mutaffakirlari tomonidan yaratilgan nodir asarlarni chuqur tadqiq qilish va keng targ‘ib qilish bugungi kunda har qachongidan ko‘ra ko‘proq ahamiyat kasb etmoqda. Binobarin, muayyan xalq ma’naviy-madaniy merosining ming yillar avvalgi turmush darajasini ilmiy-amaliy tahlil qilgan va bu nodir merosning bugungi avlodgacha yetib kelishini ta’minlagan, insoniyat tarixida o‘chmas iz qoldirgan nodir asarlarni keng miqyosda ilmiy o‘rganish dolzarb masalaga aylanmoqda. Ilm-fanning qadimiy ildizlaridan dalolat beradigan, bashariyat rav

Доказательный фрагмент

«В этой статье анализируется самая красивая фразеология из стихотворения Небучаднезара «Xaйрат уль-аброр», Показаны внутренние смыслы фраз и визуальных выражений, использовавшихся в древнеузбекском литературном языке.»

Образец извлечения

Демо-превью

В этой статье анализируется самая красивая фразеология из стихотворения Небучаднезара «Xaйрат уль-аброр», Показаны внутренние смыслы фраз и визуальных выражений, использовавшихся в древнеузбекском литературном языке. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Phraseology, prafrazas, "Khayrat ul-abrar", old Uzbek literary language, nutq., prafrazalar, leksik-semantik xususiyat, художественный стиль, лизон, Frazeologizm, lison, прафразы, Фразеология, “Hayrat ul-abror”, лингво-семантические характеристики, речь., древнеузбекский литературный язык, badiiy asar uslubiyati, eski o‘zbek adabiy tili, «Xaйрат уль-аброр»
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники