К содержанию
РецензированоUZ1981

IZOHLI LUG‘ATLARDA BERILISHI Ibodova Malika Gulmurodovna Qarshi davlat universiteti erkin tadqiqotchisi

IZOHLI LUG‘ATLARDA BERILISHI · Ibodova Malika Gulmurodovna

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 1981

Аннотация

Adiblarimiz o‘zining butun hayotini insonlarning ma’naviy taraqqiyoti yuksalishiga, xalqning ahilligi va farovonligini ta’minlashga, ilm-fan, san’at va adabiyot taraqqiyotiga bag‘ishladi. Zero, ma’naviyat insonning ijtimoiy-madaniy mavjudot sifatidagi mohiyati, ya’ni mehr-muruvvat, adolat, to‘g‘rilik, sofdillik, vijdon, or-nomus, vatanparvarlik, go‘zallikni sevish, undan zavqlanish, “yovuzlikka nafrat, iroda, matonat va shu kabi ko‘plab asl insoniy xislatlari va fazilatlarining uzviy birlik, mushtaraklik kasb etgan majmuidir”. Xususan, mumtoz adiblarimizning adabiy me’rosi ana shunday mavzular bilan yo‘g‘rilgan. Biroq bu leksemalar amaldagi lug‘atlarda aks ettirilmadi. Mazkur maqolada oʻzbek tilidagi shaxs maʼnaviyatini ifodalovchi vositalarning izohli lugʻatlarda berilishi haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Kalit soʻzlar: ma'naviyat, ot, duoxonlik, do‘stparvarlik, haqqoniylik, uyatli, ixlosli, muhabbatli, nafratsiz, e’tiborli, beparvolik, beshafqat, sadoqatlilik, saxiylik, mehnatsevarlik, xushmuomalalik, farosatlilik, vatanparvarlik, rahmdillik, rostgo‘ylik, axloqsizlik. Mustaqillik tufayli barcha sohalarda bo‘lgani kabi lug‘atshunosligimizning imkoniyatlari kengaytirildi. Undagi kamchiliklar bartaraf etila boshladi. Buni “ma’naviyat” umumiy ma’noli atov birliklari misolida ko‘rib o‘tamiz: 1) 2 tomli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da(1981) “ma’naviyat” leksik kategoriyasiga oid leksemalar 1500 dan ortiqni tashkil qilgan bo‘lsa, 5 jildli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da esa bu ko‘rsatkich 3000 dan oshdi. Bundan ko‘rinadiki, sho‘ro davrida leksik kategoriyaga kiritilmagan birliklar yangi izohli lug‘atda son va sifat jihatidan ortganligini bilish mumkin. Buni so‘z turkumlari kesimida aks ettiradigan bo‘lsak, natijalar namoyon bo‘ladi. 2) “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da (2020-yil) “ma’naviyat” leksik kategoriyasiga bevosita va bilvosita tegishli bo‘lgan ot turkumiga oid ko‘plab leksemalar faol tarzda ortganligini ko‘rish mumkin. Bu ot so‘z turkumi ichida quyidagicha tasniflanadi: – “ma’naviyat” leksemasining o‘zi yangi leksema sifatida “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ga (2006 y) kirib kelganligi; – ma’naviyatga tegishli faoliyat-jarayon otlari yasalishining ortganligi: or-nomuslilik, duoxonlik, do‘stparvarlik, haqqoniylik, uyatli, ixlosli, muhabbatli, nafratsiz, e’tiborli, beparvolik, beshafqat, sadoqatlilik, saxiylik, mehnatsevarlik, xushmuomalalik, farosatlilik, vatanparvarlik, rahmdillik, rostgo‘ylik, axloqsizlik, xolislik; ma’naviyatga tegishli shaxs otlarining lug‘at so‘zligi sifatida kiritilganligi: avliyoulloh, aziz-avliyo, umra, murosasozlik. otning o‘z vazifa va ma’nosidan tashqari lug‘aviy ma’no ham kasb etadigan shakllari: po‘lat, temir, metin so‘zlari – sabr, chidam, toqat leksemalari o‘rnida qo‘llanib, nutqiy boyish kuzatildi. Sho‘ro davri kishilarning nutqida namozxon leksemasi shakl va ma’no jihatidan taqiqlanganligi va bu leksema yangi lug‘atlarda lisoniy va nutqiy ishlatilishi orqali boyiganligini ko‘rish mumkin (20 dan ortiq yangi ma’no kasb etishini oldingi o‘rinlarda qayd etdik). 10 “ma’naviyat” leksik kategoriyasiga tegishli dubletlarning ma’noviy faollashganligi: imon – iymon, adablilik – adabli, aduliq – aduvliq, odob – adab, astahidil – astoydil, alhamdillla(h) – alhamdulillah, Alloh – Olloh, didli – didlik, zako – zakiy. qismlarining juft va takroriyligiga asoslangan leksemalarning ortganligi bilan izohlanadi: jon -dil, jon-u dil, jabr-u-jafo, jabr-zulm, yolg‘on-yashiq, yengil-yelpi, yengil-yelpilik; ma’naviyatga oid arxaizmlarning kiritilganligi: javonmard, qone, axiylik, jonfido, hilm, xudkom, xiyonatgar, xabis, fusun, fusaho, fuzalo, fojir, fikrat, farrohnok, fazihat, tartibot, tarbiyat, safolat, raiyatparvarlik, otin, osiy, jobr, jadda, yoziq, dasisa, boqimonda, bid’at, behbudlik, badgir, huzun, hosid, hiddat; ma’naviyatga oid istorizmlarning kiritilganligi: g‘asb, g‘ayrimashru, g‘azot, qat’an, qarobat, yag‘mo, e’timodnoma, shaxsiya, shaloq, xo‘ja, xushatvor, xunolud, xunbor, xudotars, sharorat, ug‘on, tahammul, tafriq, tariqat, rishvatchi, rishvatxo‘rlik, riboxo‘r, najib, foydali, mutavoze, mustahqiq, manhuz, maloika, mazammat, kajraftor, irshod, ijtinob, zamir, afif, anduh. ma’naviyatga oid sheva so‘zlarining ijobiy va salbiy kiritilganligi: jajaqlamoq, badgo‘y, bodilanmoq, botil, bulg‘amoq, go‘psangi, davkash, dagir, zo‘ravor, xabarkash, xabarkashlik, cho‘changlamoq, esaymoq, yalhak, o‘qil, g‘alvaymoq, g‘ujur, havasaki, g‘ujurli. “Tilshunoslar tomonidan leksik sathdagi abstraktlik/konkretlik muammosini yechishga juda ko‘p urinishlar bo‘lgan va bunday tadqiqotlar hozirgacha davom etmoqda. Bu boradagi tadqiqotlarning ko‘pligiga qaramasdan abstrakt va konkret leksikani aniq chegaralash xususida yakdil fikr mavjud emas. Abstrakt so‘zlar tadqiqidagi turlicha xulosalarga tekshirish obyektining ontologik murakkab tabiatga ega ekanligi asosiy sabab deb ko‘rsatiladi”. Ot so‘z turkumidagi asosiy leksemalar ana shunday turdagi mazmundagi bazadan iborat. “Ma’naviyat” leksik kategoriy

Доказательный фрагмент

«Adiblarimiz o‘zining butun hayotini insonlarning ma’naviy taraqqiyoti yuksalishiga, xalqning ahilligi va farovonligini ta’minlashga, ilm-fan, san’at va adabiyot taraqqiyotiga bag‘ishladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Adiblarimiz o‘zining butun hayotini insonlarning ma’naviy taraqqiyoti yuksalishiga, xalqning ahilligi va farovonligini ta’minlashga, ilm-fan, san’at va adabiyot taraqqiyotiga bag‘ishladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
uyatli, farosatlilik, rostgo‘ylik, saxiylik, ma'naviyat, mehnatsevarlik, beparvolik, beshafqat, ixlosli, vatanparvarlik, e’tiborli, do‘stparvarlik, sadoqatlilik, rahmdillik, axloqsizlik., nafratsiz, xushmuomalalik, haqqoniylik, duoxonlik, ot, muhabbatli
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники