К содержанию
РецензированоUZ2026

HUDUDLAR REYTINGINI BAHOLASH HOLATI Jurayev Ahmad Saitnazar o`g`li Termiz davlat universiteti 2-kurs magistranti

Jurayev Ahmad Saitnazar o`g`li

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

Mamlakatimiz hududlarida KBXTni innovatsion rivojlanishi va mazkur sektorni davlat tomonidan tartibga solinishi yanada faollashib bormoqda. Mamlakat hududlaridagi ishbilarmonlik muhitining tobora kengayishi KBXT sub’ektlarini innovatsion rivojlanish orqali faoliyatini ta’minlashga olib kelmoqda. Natijada yalpi hududiy mahsulotning (YaHM) oshishida barcha tarmoqlardagi kichik biznes sub’ektlarining hissasi ortib borayotganini ko`rishimiz mumkin. Kalit so`zlar: litsenziya, ruxsatnoma, iqtisodiy qarorlar, kompleks. O‘zbekiston Respublikasida keyingi yillarda iqtisodiyotning barqaror iqtisodiy o‘sishini ta’minlash va modernizatsiyalash hamda hozirgi pandemiya sharoitida KBXT sub’ektlariga soliq yukini kamaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik manfaatlarini ishonchli himoya qilish va ularga qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Tadbirkorlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida 105 ta litsenziya va ruxsatnoma turlari bekor qilinadi, 115 tasi bo‘yicha esa tartib-qoidalar soddalashtiriladi. Pandemiya sharoitida aylanma mablag‘ tanqisligiga duch kelgan tadbirkorlarimiz “oyoqqa turib olishlari” uchun ularga ko‘mak berishni davom ettiramiz”.1 Shunday ekan, hozirgi rivojlanayotgan davrda va chuqur islohotlar fonida respublikamiz hududlarining ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishini atroflicha tahlil qilish muhim va oqilona iqtisodiy qarorlar qabul qilishda har qachongidan ham dolzarblik kasb etmoqda. Bu borada, mamlakatimiz hududlarini barqaror va jadal rivojlantirish uchun ularning kompleks va mutanosib ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, tabiiy xom-ashyo resurslaridan foydalanish samaradorligini, iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatini, shuningdek, hududlarning boshqa qiyosiy ustunliklarini baholashning yagona tizimini joriy etish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 1 mayda PQ-4702-son “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2gi Qaroriga muvofiq statistik ko‘rsatkichlar va so‘rovnomalar natijalari asosida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini reyting baholash tizimi joriy etildi. Bu esa, o‘z navbatida respublika hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarini tahlil qilish borasidagi muammolarning amaliy yechimi bo‘lib xizmat qilmoqda. 1 Sh.M.Mirziyoev. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi. https://president.uz/uz/lists/view/4056 86 O‘zbekiston Respublikasi hududlarida KBXTning 2010-2021 yillardagi asosiy ko‘rsatkichlari reytingi bo‘yicha guruhlanishi3 Guruhlar Viloyatlar O`rtаchа bаll Bаho 1-guruh; 5,54-7,4 Nаvoiy 7,4 O`rtаchаdаn Sirdaryo 7,2 yuqori Toshkent 6,4 2-guruh: 3,67-5,54 Buxoro 4,6 O`rtacha Jizzax 4,4 Fargona 3,7 3-guruh: 1,8-3,67 Namangan 3,6 O`rtachadan Samarkand 3,4 past Surxondaryo 3,1 Andijon 2,8 Xorazm 2,8 Qorakalpogiston 2,4 Respublikasi Qashqadaryo 1,8 Barcha hududlarda aholi jon boshiga keltirilgan asosiy ko‘rsatkichlarni hisoblash va reytingini aniqlashda integral ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘rtachadan yuqori darajada rivojlangan hududlar guruhiga (indeks 5,54 dan 7,4 gacha) Navoiy (7,4), Sirdaryo (7,2), Toshkent (6,4) kiradi. O‘rtacha rivojlanish darajasidagi guruhiga (indeks 3,67 dan 5,54 gacha) Buxoro (4,6), Jizzax (4,4) va Farg‘ona (3,7) hududlari kiradi va o‘rtachadan past darajadagi rivojlanish guruhiga, ya’ni indeksi 1,45 dan 2,41 gacha hududlarga Namangan (3,6), Samarqand (3,4), Surxondaryo (3,1), Andijon (2,8), Xorazm (2,8), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (2,4), Qashqadaryo (1,8) kirgan. Hududlar reytingini ko‘rsatkichlar bo‘yicha tahlil qilish maqsadida, yuqoridagi 11 ta ko‘rsatkichni 3 asosiy guruhga ajratib olamiz. Ya’ni, 1-guruhga innovatsion ko‘rsatkichlari: (1) KBXT korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan innovatsion tovarlar, ishlar va xizmatlar; (2) KBXT korxonalari tomonidan texnologik, marketing tashkiliy innovatsiyalarga qilingan xarajatlar; (3) KBXT korxonalari tomonidan joriy qilingan innovatsiyalar. 2-guruh KBXTning asosiy ko‘rsatkichlari deb nomlanib, ularga quyidagilarni kiritamiz: (4) KBXTning YaIM va YaHM dagi ulushi; (5) KBXT sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari (ishlar, xizmatlar) hajmi; (6) KBXT tomonidan bajarilgan qurilish ishlar hajmi; (7) KBXT sub’ektlari tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi; (8) KBXT sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarilgan (ko‘rsatilgan) bozor xizmatlari hajmi; (9) KBXT sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi. 3-guruh KBXTning tashqi iqtisodiy faoliyati: (10) KBXT sub’ektlarining tovarlar va xizmatlar eksporti; (11) KBXT sub’ektlarining tovarlar va xizmatlar importi. D.A.Karimov “Respublika hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilishda reyting baholash tizimining mohiyati va afzalliklari4”, O.A.Aripov “Kichik biznes va

Доказательный фрагмент

«Mamlakatimiz hududlarida KBXTni innovatsion rivojlanishi va mazkur sektorni davlat tomonidan tartibga solinishi yanada faollashib bormoqda.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mamlakatimiz hududlarida KBXTni innovatsion rivojlanishi va mazkur sektorni davlat tomonidan tartibga solinishi yanada faollashib bormoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ruxsatnoma, iqtisodiy qarorlar, litsenziya, kompleks.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники