К содержанию
РецензированоUZ2026

KOREYS TILIDA BOG‘LOVCHILARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATI

Melikova Uljon Burxonova

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada koreys tilidagi bog‘lovchilarning o‘ziga xos xususiyatlari va uning ma’nolari, gapdagi vazifasi haqida ma’lumot berilgan. Kalit so‘zlar: sodda gap, qo‘shimcha, bog‘lovchi qo‘shimcha, gap bo‘laklari, hozirgi zamon, kelasi zamon, o‘tgan zamon, zamon qo‘shimchasi. Biz koreys tilini o‘rganar ekanmiz, albatta uning har bir elementini, alifbodan boshlab, to gap tugallanishigacha bo‘lgan masofada kechadiganini o‘qib o‘rganamiz. Shunday ekan, bu jarayonlar davomida ikki sodda gapni o‘zaro bog‘lovchi qo‘shimchalar mavjud bo‘lib, ular koreys tilida alohida ahamiyatga ega. Bog‘lovchi qo‘shimchalar qo‘shma gap tarkibidagi ayrim sodda gaplar va uyushgan bo‘laklar orasidagi turli munosabatlarni ifodalash uchun qo‘llanadigan yordamchi so‘zlardir. Bog‘lovchilar grammatik jihatdan o‘zgarmaydi va mustaqil leksik ma'noga ham ega emas. Shuning uchun ular gap bo‘laklari hamda ayrim gaplarning tuzilishi va ma'nolariga ko‘ra bo‘ladigan turli munosabatlarni ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi. Bog‘lovchilar o‘zlari bog‘lagan ayrim so‘zlar va ayrim sodda gaplarni o‘zaro qanday munosabatda ekanliklarini ko‘rsatish bilan birga, shu munosabatlarning xilini ham ko‘rsatib turadi. Gap bo‘laklarini yoki qo‘shma gapning qismlarini bog‘lash uchun xizmat qiladigan yordamchi so‘zlar yoki qo‘shimchalar – koreys tilida bog‘lovchi - 접속사 deyiladi. Biz bog‘lovlarni bog‘lovchi so‘zlar (접속조사) va bog‘lovchi qo‘shimchalarga (연결어미) bo‘lib o‘rganamiz. Koreys tilida 고 bog‘lovchi qo‘shimchasi ikkita yoki undan ortiq dalil yoki asosni sanab o‘tadi. 예: 저는 모스크바에 살고 우리 형은 서울에 삽니다. “Men Moskvada yashayman, akam esa (bo’lsa) Seulda예: 저는 모스크바에 살고 우리 형은 서울에 삽니다. “Men Moskvada yashayman, akam esa (bo’lsa) Seulda yashaydi.” Bu misolni ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, bu misolda –고 bog‘lovchi qo‘shimchasi 살다 (yashamoq) fe’liga qo‘shilgan bo‘lib, hozirgi zamonni ko‘rsatyapti. Bu misolda –고 ikki misolni qo‘shib turib,ikkita asosni keltirmoqda. Ya’ni birinchi gapda u aynan Moskvada yashasa, akasini aynan Seulda yashashini dalil qilib aytmoqda. Ba’zi hollarda esa –고 hech qanday otga qo‘shilmasdan yakka holda ham kelishi mumkin. Bu 그리고 (va, hamda, shuningdek) so‘zidan olingan bo‘lib, –고 uning qisqargan shaklidir. 자리나는 착하고 성실합니다. “Zarina mehribon va samimiy 86 Ushbu misolimizda -(으)며 bog‘lovchi qo‘shimchasi kelasi zamon qo‘shimchasi -겠 dan so‘ng qo‘shildi. Gapga -(으)며 bog‘lovchi qo‘shimchasi uyushiq bo‘laklarning so‘z yasovchi bog‘lovchi qo‘shimchasidir. U harakatlarni sanab o‘tishda qo‘llaniladi. O‘zbek tiliga “-ib” hamda “va” deb tarjima qilinadi. -(으)며 bog‘lovchi qo‘shimchasi odatda ikki harakat bir vaqtda sodir bo‘layotganini bildiradi yoki bir harakatdan keyingi harakat kelib chiqishini ifodalaydi. - (으)며 bog‘lovchi qo‘shimchasi asosan fe’lning hozirgi zamon shakliga qo‘shiladi. Agar gap o‘tgan zamonda berilgan bo‘lsachi? Buni quyidagi misol asosida ko‘rib chiqamiz: 1. 나는 TV를 보며 친구는 라디어를 들었다. (x) 2. 나는 TV를 보았으며 친구는 라디어를 들었다. (o) “Men televizor ko‘rdim do‘stim esa radio tinglardi” Tarjima nuqtayi nazaridan har ikkala gap ham to‘g‘ri bo‘lsada, ammo gap o‘tgan zamonda berilgan bo‘lsa, gapning ikkala qismida ham o‘tgan 1 qo‘llanilishi shart.

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada koreys tilidagi bog‘lovchilarning o‘ziga xos xususiyatlari va uning ma’nolari, gapdagi vazifasi haqida ma’lumot berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada koreys tilidagi bog‘lovchilarning o‘ziga xos xususiyatlari va uning ma’nolari, gapdagi vazifasi haqida ma’lumot berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
zamon qo‘shimchasi., hozirgi zamon, gap bo‘laklari, sodda gap, qo‘shimcha, o‘tgan zamon, bog‘lovchi qo‘shimcha, kelasi zamon
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники