К содержанию
РецензированоUZ2026

Oʻralov Elyor Normanovich Tadqiqotchi

Oʻralov Elyor Normanovich

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada muammoli matnlarning lingvistik ekspertizadagi ahamiyati, o‘rganilishi, tahlil jarayoni, bosqichlari haqida fikr yuritiladi. Fonoskopik va lingvistik ekspertizadagi tahlil usullari xususida nazariy va amaliy xulosalar beriladi. Kalit soʻzlar: muammoli matn, fonoskopik ekspertiza, lingvistik ekspertiza, yozma matn, og’zaki nutq, noadabiy fonetik hodisa, hudud, yosh, jins, ijtimoiy qatlam. Matn ekspertiza tadqiqotining obyekti sanalar ekan, u tilshunoslik va huquqshunoslik doirasida turlicha ahamiyat kasb etadi. Yuristlingvistikaning tizimli qoidalarini ishlab chiqqan, qtor ilmiy tadqiqotlar egasi bo‘lgan N.D.Golev: “Til va nutq mojarosi huquqshunoslik va lingvistika sohalarining asosiy o‘rganish obyekti sanaladi. Shu jumladan, konfliktli matn bir vaqtning o‘zida ikki yo‘nalish birligi sifatida o‘rganiladi: lingvokonfliktologiya va yuristlingvistika. Ushbu ikkala soha ham bir-biri bilan aloqador. Lingvokonfliktologiya matnning ziddiyatli xususiyatlarini tahlil etsa, ularning huquqiy tartibotlarga muvofiqligini yurislingvistika o‘rganadi.”1 Masalan, tilshunoslikda muammoli matnlar sirasiga tarjima matnlari (ya’ni ulardagi til birliklari milliy tilga muvofiq tarjima qilinmagani, ularda muallifga aloqador bo‘lmagan g‘oylarning targ‘ib etilgani, ulardagi til birliklari milliy adabiy til me’yorlariga muvofiq ravishda o‘girilmaganligi, qo‘lyozma matnlar muallifiga xos til birliklarining aniqlanishi kabilar), normativ-huquqiy hujjatlar (ulardagi til birliklarining adabiy me’yorlarga muvofiq ekanligi, tavtologiya hodisasi va ularning matn mazmuniga ta’siri kabilar), ariza, tilxat, bayonnoma kabi rasmiy hujjatlarning adabiy tilga muvofiqligi (asosan, tarjima jarayonida shablonlardan emas, balki milliy til doirasidagi bayoni kabilar) kabilar kiradi. Huquqshunoslik sohasida esa muammoli matn tushunchasi ostida inson haq-huquqlari, sha’ni, obro‘yi va manfaatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan yozishmalar jamlanadi. Har ikki sohada ham lingvistik ekspertiza ahamiyatli va zarur sanaladi. Bu xususda rus olimi shunday deydi: “Konfliktli nutqiy harakat – suhbatdoshlarning to‘qnashuvli munosabati, ya’ni suhbat jarayonida nutqning ta’sir etish tamoyillariga qarshi harakatni amalga oshirish demakdir”2. Muammoli matnlarning lingvistik ekspertizasi ikki bosqichda amalga oshiriladi: identifikatsion tahlil va diagnostika(tasniflash) tahlili3. Diagnostika tahlili – bevosita muammoli matn va undagi xususiyatlarni tasniflashdan iboratdir. Bu matnning mavzuviy xarakteri, semantik ifodasi bilan aloqador sanaladi. Identifikatsion xususiyati matndagi muammoli vaziyatni yuzaga keltiruvchi birliklarni aniqlash va tahlil qilishdan iboratdir. Bu tahlil davomida matn turlicha tomondan o‘rganiladi: fonetik tahlil, grafik tahlil, so‘z tuzilishi tahlili, leksik- semantik tahlil grammatik tahlil, stilistik tahlil va lingvistik-pragmatik tahlil kabilardir. Fonetik 1Голев Н.Д. Юридизация языковых конфликтов как основание их типологии // Юрислингвистика. 2008. № 9. – С. 137-156. 2 Макаренко Г.С. Конфликтный текст как объект лингвистического исследования: структурно-семантический и прагматический аспекты. Автореферат диссертации на соискание учѐной степени кандидата филологических наук, – Уфа, 2018. – C. 9. 3 Радбиль Т.Б., Юматов В.А. Лингвистическая экспертиза словесных обозначений товарных знаков: проблемы и решения. Сборник научных работ по итогам Международной научной конференции «Современная теоретическая лингвистика и проблемы судебной экспертизы», – Москва, 2019. – с. 221-228. 8 analiz, asosan, og‘zaki nutq bilan aloqador sanaladi. Xususan, o‘zlashma so‘zlarning talaffuzi misolida buni uchratish mumkin. Yuqorida tilshunoslarning keltirgan misolini tahlil qilib ko‘rsak: GEOFLEX so‘zi ikki xil talaffuzga ega: [dj i o f l e k s] va [g e o f l a k s]4. Bu misolda undosh dj va g hamda unlilar i, e, e, a tovushlari nomuvofiqlikka ega. Bu taqqoslanish, asosan, muammoli matnning tovar belgilari uchun xos bo‘lib, bunda xulosani hal qilish masalasi keyingi tahlillarni taqozo etadi. Ya’ni semantik va lingvopragmatik tahlillar tovar belgisining qay maqsad va sababga ko‘ra nomlanganini aniqlab beradi. Ushbu tahlillar doirasida aytilsa, har ikki birlikda ham “geo” prefiksi mavjud. “Geo”-“tur” va “xizmat” ma’nolarini angalatish barobarida “yer”, degan mazmunga ham ega. Ushbu prefiksning talaffuzi va semantik izohiga ko‘ra tovar belgisining qaysi mahsulotga aloqador ekanligini aniqlab olish mumkin. Yuqoridagi misoldan kelib chiqqan holda har qanday tilni tahlil qilish darajasiga ko‘ra quyidagi ekspertiza turlari mavjud5:  Fonetik ekspertiza  Morfologik ekspertiza (asosan, tovar belgilarini tahlil qilish uchun)  Matnologik ekspertiza  Diskursiv (ma’ruzachining kommunikativ niyatlarini aniqlash, o‘rganish, ekstralingvistik omillarni hisobga oladigan matnlarning tahlili). Ekspertiza turlarini aniqlash tahlil obyektini belgilashdan kelib chiqib amalga oshiriladi. Barcha tahlil turlari ham obyektlarga muvofiq ravishda amalga oshirilmaydi. Shuning u

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada muammoli matnlarning lingvistik ekspertizadagi ahamiyati, o‘rganilishi, tahlil jarayoni, bosqichlari haqida fikr yuritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada muammoli matnlarning lingvistik ekspertizadagi ahamiyati, o‘rganilishi, tahlil jarayoni, bosqichlari haqida fikr yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ijtimoiy qatlam., muammoli matn, yozma matn, og’zaki nutq, noadabiy fonetik hodisa, fonoskopik ekspertiza, lingvistik ekspertiza, yosh, jins, hudud
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники