Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
Usmonova Yulduz Shokir qizi O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kursanti
HUQUQIY TA’MINLASH · Tashtemirov Anvar · O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi dotsenti · Usmonova Yulduz Shokir qizi · O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kursanti
Наука и технология в современном мире · 2026
Аннотация
O’tgan yillar davomida fuqarolarimizning uzoq muddatga chet elga chiqishlari va qaytib kelishlarini tartibga solishga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlarda qabul qilinib , ularning talablari jamiyat hayotga tatbiq etib kelinmoqda. Doimiy yashash manzillaridan uzoq muddatga uzoq muddatga ketgan shaxslarni aniqlash va ularga nisbatan amalga oshirilayotgan tezkor- profilaktik ishlar samaradorligini oshirish maqsadida hududiy ichki ishlar organlariga bir qator sharx, ko’rsatma va tavsiyalar doimiy ravioshda yuborib kelinayotganligiga qaramasdan, aksariyat ichki ishlar organlarida ushbu yo’nalishdagi ishlar talab darajasida yo’lga qo’yilmasdan qolmoqda. Tayanch so’zlar: Profilaktika inspektori, xorijiy davlatlar bilan hamkorlik, profilaktik chora- tadbirlar, “filtr” guruhlar faoliyati, uzoq muddat, uzoq muddatga ketgan shaxs. Bugungi kunda, mamlakatimiz fuqarolarining uzoq muddatga chet el davlatlariga chiqishlari va qaytib kelish jarayonlarini tizimli ravishda tashkil etish ichki ishlar organlari oldida turgan asosiy vazifalardan birdir.Shu sababli ham uzoq muddatga chet el davlatlariga ketganlar bilan ishlash ichki ishlar organlari faoliyatining muhim yo’nalishlaridan biriga aylanib, u bilan tizimning deyarli barcha sohaviy xizmatlari shug’ullanmoqdalar. Ayniqsa, fuqarolarning qonunga xilof tarzda boshqa davlatlarga chiqib ketishlarining oldini olishda ichki ishlar organlari, xususan, profilaktika, tezkor qidiruv, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish va boshqa bir qator xizmatlarning roli katta. O’tgan yillar davomida mamlakatimizda O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqishlari tartibini belgilab beruvchi bir qator normativ huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Xususan, Ozbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi PF-5005-sonli farmoni, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora –tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2833- sonli, “Ichki Ishlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora –tadbirlar to’g’risida” gi (12.04.2017) PQ-2896-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo’llab quvvatlash to’g’risida”gi (05.07.2017) PF-5106- sonli, ”Toshkent shaxrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to’g’risida”gi (14.02.2018)PQ-3528-sonli, ”Toshkent shahrida jamoat tartibini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash to’g’risida”gi (19.06.2018) PQ-3786-sonli qarorlari singari normative-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi asosida ichki ishlar organlari profilaktik faoliyatida tub islohotlar amalga oshirilib, ular yuqori bosqichga ko’tarildi. Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlash huquqbuzarliklarni oldini olish va profilaktikasi bo’yicha Respublikada yaxlit huquqiy tizim yaratish ichki ishlar organlari 59 ` tizimida tub islohotlar boshlanishi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 apreldagi “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning ma’suliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 5005-sonli farmonining qabul qilinishi bilan bog’liq. ”Jamiyatda barqarorlik, tinchlik va osoyishtaligini qaror toptirish, inson huquq va erkinliklariga so’zsiz rioya etilishini ta’minlash mamlakatni ijtimoiy–iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholi farivonligini yuksaltirish ,aholi farovonligini yuksaltirish, huquqiy demokratik davlat qurish bo’yicha amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlardan kozlangan maqsadlarga erishishning muhim sharti hisoblanadi. Bugungi kunda yuzaga kelayotgan xavf –xatar va taxdidlar, avvalo, xalqaro terrorizam, diniy ekstrimizm, noqonuniy migratsiya, odam savdosi, yoshlar o’rtasida xalqimizga yot g’oyalar tarqalishining tobora kuchayib borayotganligi ichki ishlar organlari oldiga o’z vaqtida ularning oldini olish va ularga barham berish bo’yicha yangi vazifalarni qo’ymoqda. Yashash manzillaridan uzoq muddatga ketgan shaxslar bilan ishlash faoliyatini tashkil etishda bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan siyosatdan kelib chiqib amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi mamlakatimizda huquqbuzarliklarni oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida huquqbuzarliklarga murosasizlik madaniyatini shakllantirish , huquqiy nigilizmga barham berish va fuqarolarning qonunga itoatkorlik xulq-atvorini ommalashtirishga qaratilgan , shu jumladan ichki ishlar organlari tayanch punktlari, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat idoralari va tashkilotlarida “ochiq eshiklar kuni” ni tashkil etish orqali tizimli chora –tadbirlarni amalga oshi
Доказательный фрагмент
«O’tgan yillar davomida fuqarolarimizning uzoq muddatga chet elga chiqishlari va qaytib kelishlarini tartibga solishga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlarda qabul qilinib , ularning talablari jamiyat hayotg…»
Образец извлечения
Демо-превьюO’tgan yillar davomida fuqarolarimizning uzoq muddatga chet elga chiqishlari va qaytib kelishlarini tartibga solishga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlarda qabul qilinib , ularning talablari jamiyat hayotg… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- uzoq muddatga ketgan shaxslar, yoshlar, filtr guruhi, huquqbuzarliklar profilaktikasi, Uzoq muddat, maxsus profilaktika.
Смежные источники
Каталог авторефератовЎРОҚОВ АСЛИДИН ХУШВАҚТОВИЧ, Содиқов Иброхим Салихович +22009
Наука и технология в современном миреHamdamov Islom Akramovich2026
The American Journal of Engineering and TechnologyO CLC -, Coefficient Of A Frequency Inverter +22020