Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ПРЕССА И ПУБЛИЧНЫЕ ВЫСТУПЛЕНИЯ
Jurayeva Maqsuda Muhammadovna
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
Titles have been the subject of many analyzes in various fields. They arouse the interest of students. They use specific language strategies in various fields: rhetoric, linguistics, social discourse, pragmatics, etc. In the following article, we will talk about some interesting studies that focus on these areas. Key words: press, speech, discourse, title, text, linguistics, pragmatics. ПРЕССА И ПУБЛИЧНЫЕ ВЫСТУПЛЕНИЯ Аннотация. Титулы были предметом многих анализов в различных областях. Они вызывают интерес у студентов. Они используют специфические языковые стратегии в различных областях: риторике, лингвистике, социальном дискурсе, прагматике и др. В следующей статье мы расскажем о некоторых интересных исследованиях, посвященных этим областям. Ключевые слова: пресса, речь, дискурс, заголовок, текст, лингвистика, прагматика. Ta’kidlash joizki jamiyatni yangilash jarayoni kuzatilayotgan hozirgi sharoitda ommaviy axborot vositalari va shu jumladan, gazeta matnlari ham evolyutsion o‘zgarishlarni boshidan kechirmoqda. Jadallik bilan taraqqiy etayotgan matbuot dunyodagi umumiy vaziyat, kundalik hayotdagi mayda va turli voqealar, shaxsiy va ijtimoiy manfaat bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar, jarayonlar to‘g‘risida kunora zaruriy manbalar hamda asoslar ila yorituvchi mash’al sanaladi. Darhaqiqat, bugungi kun madaniyat olamida gazeta hamda gazeta sarlavhalaridagi axborotning diskursiv taqdim etilishi va undagi mazmun- mohiyatni anglanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Son-sanoqsiz tarmoqlarga ega bo‘lgan ijtimoiy hayotning hozirgi paytda gazetasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bilamizki “Matbuot” deb ommaviy axborot vositalarining bosma shakllariga aytiladi1. Matbuotga gazeta, jurnal, almanaxlar kiradi. “Matbuot – barcha bosma mahsulotlar majmui, tor ma’noda davriy nashrlar, asosan, gazeta va jurnallarni ifodalaydi (sinonimi – pressa), ijtimoiy ongning o‘tkir va ta’sirchan vositasi sifatida kishilik jamiyatiga doimiy va faol ta’sir ko‘rsatadi, jamoatchilik fikrini shakllantiradi, omma ongiga muayyan qarashlarni singdirishda qudratli g‘oyaviy omil hisoblanadi hamda jamiyat hayotini turli (ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy-ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy) yo‘nalishlarda yoritadi”2. Ayniqsa, kundalik hayotda katta pragmatik 1 Гуревич, С.М. Репортаж в газете / С.М. Гуревич // Проблемы информации в газете. М., 1971. - С. 87-99. 2 https://uz.wikipedia.org/wiki/Matbuot 3 76 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ ta’sir ko‘rsatish uchun ekspressiv iboralar, obrazli vositalar, pretsedent hodisalar faol qo‘llanilmoqda va bu hodisalarning barchasini albatta, matbuot lingvistikasi o‘rganadi. Sarlavhalar turli sohalarda ko‘plab tahlillar mavzusi bo‘lib kelgan. Ular o‘quvchilarning qiziqishini uyg’otadi. Ular turli sohalarda o‘ziga xos til strategiyalarini qo‘llaydilar: ritorika, tilshunoslik, ijtimoiy nutq, pragmatika va boshqalar. Biz ushbu sohalarga qaratilgan ba'zi qiziqarli tadqiqotlarni keltirib o‘tamiz: Adabiyot va adabiy tanqidda J. Rikardu, K. Grivel, G. Jenetta, R. Bart, K. Monsele, K. Dyushe, L. Xuk, O. Dyukro va J. M. Shefferlarning asarlari ma’lum. Matbuot va ijtimoiy nutqda biz J. Peytard, P. Charaudeau, F. Frandsen, C. Furet, P. Goldenstein, F. Sullet-Nylander tadqiqotlarini uchratamiz. Tilshunoslik sohasida J. Rey-Debove sarlavha kabi ayrim til birliklarining avtonomiyasini oʻrgangan. Rassomlik sohasida B. Bosredon rasm sarlavhasi bo‘yicha o‘z dissertatsiyasini yozgan. Adabiyot va adabiy tanqid sohada sarlavha, asosan, adabiy asarning oshiq-moshig’i bo‘ladi. Masalan, G. Genette sarlavhani “paramatn” deb ataydi, bu “paramatn” narsaning bir qismini tashkil etuvchi badiiy asar boshida turadi deb ta’kidlaydi. J. Rikardu romanlarning sarlavhalarini ritorik nuqtai nazardan o‘rgangan. “Sarlavha kitobning muqovasida o‘quvchiga ochiladigan eshik sifatida birinchi o‘ringa ega, chunki “muqova sarlavha ochiladigan himoyalangan ekrandir. Shu birinchi sahifa rolini o‘ynaydigan sarlavha bir marta matnning yagona kirish joyi orqali oquvchi koridor bo‘ylab yagona chiqish yo‘ligacha borishiga sababchi bo‘ladi”3 – deydi olim. K. Grivel (1973) o‘zining “Production de l’intérêt romanesque” nomli asarida roman nomlarining semantikasini o‘rganadi. K. Grivel : “sarlavhaning “qudrati” matnning o‘qilganligida va uni boshdan kechirilganligidadir” deya ta'kidlaydi. C. Duchet (1977) uchun sarlavha adabiy asar va ijtimoiy nutqning zanjiri bo‘ladi. “Romanni nomidan so‘roq qilish, shuningdek, uning ijtimoiy o‘lchovlaridan biriga erishishdir, chunki nom ikki tilning uchrashishidan, romantik bayonot va reklama bayonotining birikmasidan kelib chiqadi”. L. Hoek (1981) oʻzining “La marque du titre” nomli asarida “matndagi sarlavha qoʻygan belgilar” hamda “sarlavhaga xos boʻlgan farqlovchi belgilar toʻgʻrisida” semiotik tadqiq qiladi. Uning soʻzlariga koʻra, biz referentni belgilash uchun sarlavhadan foydalansak, biz ijtimoiy o‘zaro ta’sirda qatnashamiz va sarlavha nut
Доказательный фрагмент
«Titles have been the subject of many analyzes in various fields.»
Образец извлечения
Демо-превьюTitles have been the subject of many analyzes in various fields. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- press, speech, discourse, title, text, linguistics, pragmatics, press, speech, discourse, title, text, linguistics, pragmatics., matbuot, nutq, diskurs, sarlavha, matn, tilshunoslik, pragmatika., пресса, речь, дискурс, заголовок, текст, лингвистика, прагматика.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025