К содержанию
РецензированоRU2023

СТИЛИСТИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ В АНТОНИМАХ

ANTONIMLARDAGI USLUBIY IMKONIYATLAR · Mizomova Farida Abror qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

The article scientifically substantiates the linguistic and colloquial phenomena of antonyms and their stylistic features in Uzbek linguistics. The issue of scientific research carried out by various scientists within the framework of language levels, their methodological capabilities were highlighted. Keywords: lexical antonyms, phraseological antonyms, phraseological-lexical antonyms, affexal antonyms, constextual antonyms. СТИЛИСТИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ В АНТОНИМАХ Аннотация. В статье дается научное обоснование языковой и речевой истории антонимов в узбекском языкознании, а также их стилистическим особенностям. Освещался вопрос научных исследований, проводимых различными учеными в рамках языковых уровней, их методологических возможностей. Ключевые слова: лексические антонимы, фразеологические антонимы, фразеолексные антонимы, аффективные антонимы, конститутивные антонимы. “Antonimlar nutqda katta ahamiyatga ega. Ular predmet va hodisalar orasidagi farqni toʻg‘ri ifodalay olish imkonini beradi. Antonimlarni toʻg‘ri qoʻllay olmaslik qoʻpol xatoga olib keladi. Masalan, quyidagi misolni kuzating: ...choyxona mudiri Yusufjon Nozimov koʻrinishdan turmushning issiq- chuchugini totigan kishiga oʻxshaydi. («G‘alaba» gazetasi.) Antonimlar tilning kuchli stilistik vositalaridan biridir”. 1 “Antonimiya hodisasi, asosan, bir soʻz turkumi leksemalari doirasida yuz beradi.Antonimiya hodisasi sifat turkumida keng tarqalgan, ot va fe'llarda biroz kamroq uchraydi, olmosh va sonlarda esa boʻlmaydi (ayrim kontekstual holatlar bundan mustasno)”.2 Leksik antonimlar muhim uslubiy vositalardir. Ular matnda qarshilantirish (antiteza) vositasi rolini bajaradi, shu orqali hodisa va holatlardagi qarama-qarshiliklarni, ayrim obraz va personajlarning ichki dunyosidagi ziddiyatlarning badiiy talqinini ta’minlaydi. Tinglar edim betinim Uzun tunlar yotib jim. Seza olardim kuchin, Koʻpi yolg‘on, koʻpi chin.(H.O.) “Antonimlar maqol va matal janrlarida ham muhim uslubiy vosita sanaladi — hayotiy tajriba umumlashmalarini maqol va matallar tiliga xos uslubda ta’sirchan ifodalash imkonini yaratadi”.3 1 Musayev A./ O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institute O`zbek tili va adabiyoti fakulteti o`zbek tili va uni o`qitish uslubiyati kafedrasi o`zbek tili stilistikasi fanidan ma’ruza matni./Jizzax-2014-2015.B. —137. 2 Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili: Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik - Т.: «Talqin», 2005. B—171. 3 Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili: Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik - Т.: «Talqin», 2005. B—175-176. 3 28 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Yaxshiga yondash, yomondan qoch. Og`irning ostidan, yengilning ustidan o`tma. Do`st achitib gapirar, dushman kuldirib. Antonimlik hodisasi frazemalar va grammatik kategoriyalar doirasida ham yuzaga keladi. Antonimlarni ham nutqda toʻgʻri qoʻllay olish yoki qoʻllay olmaslik gapning mazmuniga taʼsir koʻrsatadi. “Ideografik semalaridan odatda biri zid, qolganlari aynan ikki frazema (frazosemema) biri ikkinchisiga nisbatan antonim deyiladi. Bunday ma'no munosabati oppozitiv munosabat deb ham nomlanadi: oq koʻngil - koʻngl(i) oq va ich(i) qora frazemalari oʻzaro, ochiq qoʻl - qoʻli ochiq va tutunini bulut koʻrmas, yuvindisini it frazemalari oʻzaro kabi. Antonimik munosabat frazema bilan leksema orasida ham mavjud boʻlib, frazeologik−leksik antonimiya deyiladi: bosh(i) osmonda frazemasi bilan xafa leksemasi oʻzaro, qoʻl(i) ochiq frazemasi bilan xasis leksemasi oʻzaro kabi. Frazeologik antonimiyani belgilashda ham koʻp ma'nolilik bilan hisoblashish zarur. Bir ma'noli frazemalardagina antonimiya frazema bilan frazema orasida voqe boʻladi: yerga ur – koʻkka koʻtar kabi. Koʻpma'noli frazemalarda esa har bir frazosememaning oʻz antonimi boʻlishi mumkin. Masalan, koʻz(i)ga issig‘ koʻrin− frazemasi ikki lug‘aviy ma'noni anglatadi: 1) “tanishdek tuyil”, 2) “oʻziga tort” −“yoqimli boʻl”. Bu ma'nolarning birinchisiga frazeologik antonim yoʻq, ikkinchisiga esa koʻz(i)ga sovuq koʻrin− frazemasi antonim: Kelganiga sal oʻtmay hammaning koʻziga issiq koʻrinib qoldi. (Said Nazar). - Qori bolalarning koʻziga sovuq koʻrinib qolgan edi (Parda Tursun)”.4 Qarama-qarshi ma’no anglatuvchi affikslar affiksal antonimiyani keltirib chiqaradi. Tilimizda affiksal antonimiya, asosan, soʻz yasovchi affikslar doirasida uchraydi: -li - siz: aqlli-aqlsiz; -li - be-: sabrli - besabr; be- ba-: bedavlat - badavlat. Keltirilgan affiksal juftliklar har doim ham, barcha holatlarda antonim boʻlib kelavermaydi. Masalan, boshli - bebosh deb ishlatmaymiz. “-siz affiksi koʻrib oʻtilgan maʼnolarda -li affiksining antonimidir. Qiyoslang: mevali — mevasiz, imzoli — imzosiz, nurli — nursiz, kuchli — kuchsiz, yoqimli — yoqimsiz, odobli — odobsiz va b. Lekin bu ikki affiks hamma vaqt bir-birining antonimi sifatida qoʻllanavermaydi. Ayrim leksemalardan -li affiksi yordamida sifat yasalgani

Доказательный фрагмент

«The article scientifically substantiates the linguistic and colloquial phenomena of antonyms and their stylistic features in Uzbek linguistics.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article scientifically substantiates the linguistic and colloquial phenomena of antonyms and their stylistic features in Uzbek linguistics. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
lexical antonyms, phraseological antonyms, phraseological-lexical antonyms, affexal, leksik antonimlar, frazeologik antonimlar, frazeologik-leksik antonimiya, lexical antonyms, phraseological antonyms, phraseological-lexical antonyms, лексические антонимы, фразеологические антонимы, фразеолексные антонимы
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники