К содержанию
РецензированоRU2023

РАЗВИТИЕ НАВЫКОВ ПОНИМАНИЯ НА СЛУХ

Omonova Maftuna Soatmurodovna

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

In this article, the study of any language will be carried out through 4 main actions of speech activity and will talk about the importance of listening and understanding from them. Keywords: language, speech activity, skills, modern methodology, listening comprehension, extralinguistic, linguistic, psychological. РАЗВИТИЕ НАВЫКОВ ПОНИМАНИЯ НА СЛУХ Аннотация. В данной статье речь пойдет о том, что изучение любого языка осуществляется с помощью 4 основных практик речевой деятельности и что из них важно понимать на слух. Ключевые слова: язык, речевая деятельность, навыки, современная методика, понимание на слух, экстралингвистическое, лингвистическое, психологическое. Ma’lumki har qanday tilni o‘rganish nutqiy faoliyatning 4 ta asosiy amali vositasida amalga oshiriladi. Bular gapirish, o‘qish, yozish va tinglab tushunish jarayonlari bo‘lib, xususan, chet tillarini o‘rganishda nutq faoliyatining mazkur turlarini o‘rgatish muhim hisoblanadi, chunki ular orqali ma’lumot beriladi va olinadi. Ma’lumot olish tinglab tushunish va o‘qish orqali amalga oshsa, ma’lumot berish gapirish va yozish orqali amalga oshadi. Til ko‘nikmalarining har biri bilan ishlash, ularni shakllantirish va integrallashtirish zamonaviy metodologiyaning asosi hisoblanadi. shu nuqtayi nazardan olib qaralganda tinglab tushunish ko‘nikmasining muhimligini talablarga tushuntirib, ular bulan bu borada ishlash juda ham muhim hisoblanadi. Zamonaviy ingliz tilida tinglab tushunishni shakllantirish va uni rivojlantirish bo‘yicha bir qancha metodlarni amalda qo‘llash mumkin, bularning aksariyati boshqa ko‘nikmalar bilan integrallashgan holda amalga oshiriladi. Nutq faoliyatining shakli ikkita ya’ni og‘zaki va yozma nutq. Og‘zaki nutqni o‘rgatish tinglash va gapirishni o‘rgatishni, yozma nutq esa o‘qish va yozishni o‘rgatishni o‘z ichiga oladi. “Tinglab tushunish nutq faoliyatining bir turi bo‘lib, u retseptiv nutq faoliyatiga kiradi. Tinglab tushunish so‘zlovchining nutqini radiodan, magnitafondan, kompakt diskdan va muloqot paytida tinglab tushunib, ma’lumot olishidir. U ba’zi adabiyotlarda audirovaniya deb ham yuritiladi. U murakkab nutq faoliyatidir, chunki tinglovchi tezda shaklni qabul qila olishi, xotirada saqlab qolishi zarur, aks holda uni qaytadan ko‘rib, o‘qib, tushuna olishi uchun manbaa, sharoit, vosita yo‘q. Tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilar va talabalarda tinglab tushunish gapirishga qaraganda kam taraqqiy etgan. O‘quvchi o‘qiganda, ko‘rganda tinglab tushunishga qaraganda olti marta ko‘p ma’lumot olarkan. Sababi uni ustida kam ishlaganidadir, murakkabligidadir. Tinglab tushunish gapirishning ajralmas qismidir. Tinglab tushunish va gapirish og‘zaki nutqni tashkil 2 37 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ qiladi”. Nutqni tinglash qobiliyati quyidagi komponentlardan iborat: A) fonematik tinglash qobiliyati, B) fonetik tinglash qobiliyati, C) intonatsion tinglash qobiliyati. Fonematik tinglash qobiliyati fonemalarning fonologik ya’ni ma’no ajratuvchi xususiyatlarini farqlash uchun xizmat qiladi. Fonetik tinglash qobiliyati esa nutq tovushlarining fonetik xususiyatini farqlash uchun xizmat qiladi, ya’ni ma’no ajratmaydigan nutq tovushlarini to‘g‘ri tinglay olish qobiliyati deganidir. Intonatsion tinglash qobiliyati jumla va gaplardagi ohangni to‘g‘ri ilg‘ay olish uchun xizmat qiladi. Ushbu qobiliyat turi ham yuqoridagilari kabi muhim ahamiyat kasb etadi. Metodist- olim T. Sattarov oliy ta’lim muassasalarida tinglab tushunishni o‘rgatishning lingvistik va psixologik xususiyatlarini o‘rganib chiqqan va tinglab tushunish qiyinchiliklarini quyidagi omillarga bog‘lagan: 1.Tinglovchining individual yosh xususiyatlari; 2. Idrok qilish sur’ati; 3. Sharoit; 4. Tezlik; 5. Ma’lumot miqdori, hajmi; 6. Idrok qilish tayanchlari; 7. Toliqish Yoqubov I. tinglab tushunishga muhim nutq faoliyati turi sifatida baho bergan va tinglab tushunishni o‘qitishda 3 turdagi qiyinchiliklarni ta’kidlab o‘tgan: 1. Ekstralingvistik 2. Lingvistik 3. Psixologik Ekstralingvistik qiyinchiliklar quyidagilar: - tinglanilayotgan nutqning mehanikligi, ya’ni mehanik qurilma yordamida qo‘yib eshittirilishi; - nutqning tembri, tezligitinglanilayotgan sharoit, vaziyat; - talabaning diqqati; - nutqning necha marta tinglanilishi; - tinglab tushunish jarayonida tayanch vositalar, mazmunli rasmlarning bo‘lishi va boshqa shu kabi omillar. Lingvistik qiyinchiliklar tilga oid qiyinchiliklar bo‘lib Rogova G. bunday qiyinchiliklarni 3 turini izohlab beradi: - fonetik qiyinchiliklar ya’ni bir-biriga yaqin tovushlarni tinglab tushunish va farqlashda uchrovchi qiyinchiliklar; - leksik qiyinchiliklar ya’ni bir-biriga talaffuzi yaqin so‘zlarni tinglab tushunish bilan bog‘liq qiyinchiliklar; - grammatik qiyinchililar, ya’ni grammatik qoidalar bilan bog‘liq bo‘lgan qiyinchiliklar (ingliz tili analitik til ekanligidan kelib chiqadi) Psixologik qiyinchiliklar o‘rganuvchining individual xususiyatlari

Доказательный фрагмент

«In this article, the study of any language will be carried out through 4 main actions of speech activity and will talk about the importance of listening and understanding from them.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, the study of any language will be carried out through 4 main actions of speech activity and will talk about the importance of listening and understanding from them. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
language, speech activity, skills, modern methodology, listening, language, speech activity, skills, modern methodology, listening comprehension, extralinguistic, linguistic, psychological., язык, речевая деятельность, навыки, современная методика, понимание на слух, экстралингвистическое, лингвистическое, психологическое., til, nutqiy faoliyat, ko‘nikma, zamonaviy metodologiya, tinglab tushunish, ekstralingvistik, lingvistik, psixologik.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники