Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЛИНГВОДИДАКТИЧЕСКИЕ ТРЕБОВАНИЯ К ФОРМИРОВАНИЮ СВЯЗНОЙ РЕЧИ МЛАДШИХ ШКОЛЬНИКОВ
Sa’dullayev Farhod Eshturdiyevich
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
Обновление национальной методики, направленной на обеспечение духовного совершенствования личности на основе требований эпохи, поставило перед начальным образованием, как и на других этапах непрерывного образования, ряд задач, связанных с компетентностным подходом. И одна из таких задач связана с совершенствованием речи младших школьников. В статье освещены лингводидактические требования к формированию связной речи младших школьников на их уроках, некоторые моменты о том, как развивать эти навыки у учащихся. Ключевые слова: начальный класс, ученик, родной язык, дидактический принцип, метод, метод, культура чтения, урок, речь. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning jahon miqyosida “O‘qish va uni tushunish sifati” yuzasidan olib borilayotgan tadqiqot dasturini o‘rganish bo‘yicha ta’lim muassasalari oldiga qo‘ygan ko‘rsatmasi ayni maqsad ijrosiga qaratilgandir. Shu maqsadda 2021 yildan mamlakatimizning PISA va PIRLS nazorat dasturlarida ishtirok etishi rejalashtirilishi ta’lim sifatini jahon standartlariga javob bera oladigan darajaga ko‘tarishni, o‘qitish shakllari, metodlari va usullarini takomillashtirishni taqozo etadi. 2 25 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Ona tili ta’limining samaradorligi ko‘p jihatdan fan o‘qituvchilarining pedagogik- psixologik tayyorgarligi, o‘quv materialini rejalashtirishning ilmiy-nazariy va metodik asoslarini puxta egallashlariga, o‘quv jarayonini to‘g‘ri tashkil etish va uyushtirish mahoratiga chambarchas bog‘liq. Zero, didaktik jarayon uzluksiz ta’lim tizimining samaradorligini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili o‘qitishning “o‘qish va mehnat jarayonida o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, jamoat joylarida turli nutqiy vaziyatlarda mustaqil ravishda fikrini ifoda etadigan, og‘zaki va yozma savodxonlik malakalariga ega bo‘lgan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan – muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirish” maqsadi o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqi hamda matnni adekvat anglash ko‘nikmalarini shakllantirishga erishish yo‘llarini belgilashni taqozo etadi. Shundan kelib chiqib, o‘qituvchi ta’lim jarayonida o‘quv materiali, tashkiliy-pedogogik ta’sir ko‘rsatishni ta’minlashi, o‘quvchilarning o‘qimishlilik darajasi, savodxonligi va vaqt kabi didaktik omillarni hisobga olishi lozim. O‘quvchilar nutqini shakllantirish ona tili ta’limining asosiy vazifalaridan biri bo‘lib, u tilning o‘ziga xos xususiyatlari, ma’no tovlanishlari va badiiy ifodaliligi bilan ajralib turadi. Og‘zaki nutq adabiy tilning orfoepik; yozma shakli esa orfografiya va uslub kabi me’yorlariga mos holda shakllantirishni taqozo etadi. Nutq madaniyatini tarkib toptirishda adabiy til me’yorlariga amal qilinishi, xususan, muayyan tildagi so‘zlar, ularning qurilishi, yasalishi va o‘zgartirish modellari, so‘z birikmalari hamda gapni nutqda to‘g‘ri qo‘llash qoidalarini o‘zlashtirish tushuniladi. Bu borada metodist olim A.Hamroev to‘g‘ri ta’kidlaganidek, “Tilning mohiyati uning inson faoliyati ekanligida. Nutq faoliyati bir individning o‘z mulohazalari, istak va talablarini ikkinchi individga uzatishi, ikkinchi individning esa birinchisining fikrlarini tushunib olishi, uning talablariga tasdiq yoki inkor shaklida javob qaytarishi bilanxarakterlanadi. Demak, nutq faoliyatida ikki shaxs: xabar uzatuvchi –gapiruvchi va qabul qiluvchi – tinglovchi ishtirok etadi”. Haqiqatan ham, so‘z, so‘z birikmasi va gap subyektlar nutqiy jarayonining muhim qurolidir. Talaffuz xususiyati so‘zlovchining, eshitilishi tinglovchining muayyan maqsadiga, ya’ni fikrini uzatishga xizmat qiladi. Verballik jonli nutq ifodasi bo‘lsa, vizuallik yozma nutqqa xos muhim xususiyatdir. Ona tili va o’qish savodxonligi darslarida grammatik mashqlarning muntazam ravishda tashkil etilishi o‘quvchilarda so‘z tanlash, ularning ma’nolarini anglash va farqlash orqali yozma nutqini to‘g‘ri shakllantirishga xizmat qiladi. O‘quvchilarning nutqiy faoliyati ularning so‘zlarni nutq maqsadiga muvofiq tez va to‘g‘ri tanlay olishi orqali faollashib boradi. Grammatik tushunchalarning muntazam va izchillikda singdirilishi o‘quvchilar nutqiy faolligini oshirishga yordam beradi. Bugungi kunda nutqiy qobiliyat shaxsning til qonuniyatilarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishga kuchli ta’sir etadigan hissiy-irodaviy jabhalaridan biri sifatida ona tili ta’limidagi ahamiyat qaratilishi zarur bo‘lgan dolzarb masaladir. A.G‘ulomovning qayd etishicha, “So‘zlarni to‘g‘ri tanlash, nutqni tinglovchiga qulay tarzda yetkaza olish insoniy madaniyatning eng asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun har bir so‘z, birikma va gapni barcha qirralari bilan to‘g‘ri, o‘rinli ishlata olishni o‘rgatish, o‘z nutqiga nisbatan ehtiyotkorlik tuyg‘usini shakllantirish ona tili mashg‘ulotlarining asosiy vazifasi sanaladi
Доказательный фрагмент
«Обновление национальной методики, направленной на обеспечение духовного совершенствования личности на основе требований эпохи, поставило перед начальным образованием, как и на других этапах непрерывного образования, р…»
Образец извлечения
Демо-превьюОбновление национальной методики, направленной на обеспечение духовного совершенствования личности на основе требований эпохи, поставило перед начальным образованием, как и на других этапах непрерывного образования, р… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- primary class, student, native language, didactic principle, method, method, primary class, student, native language, didactic principle, method, method, reading culture, lesson, speech., начальный класс, ученик, родной язык, дидактический принцип, метод, метод, культура чтения, урок, речь., boshlang’ich sinf, o’quvchi, ona tili, didaktik tamoyil, metod, usul, kitobxonlik madaniyati, dars, nutq.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024