Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ФУНДАМЕНТАЛЬНЫЕ ЗНАНИЯ И ФУНКЦИОНАЛЬНАЯ ГРАМОТНОСТЬ
Kudratova Aziza Ismatillayevna
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
В статье описаны понятие функциональная грамотность, необходимые условия формирования функциональной грамотности в обществе, правовые и нормативные основы, влияние функциональной грамотности на качество образования, цель участия нашей страны в международном оценочном исследовании PISA, факторы для формирования функциональной грамотности в общем среднем образовании. Ключевые слова: Образование, качество образования, функциональная грамотность, международная оценка PISA, жизненные навыки, потребности в профессиональном развитии. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab butun dunyo bo‘ylab “sifat inqilobi” yuzaga keldi. Dunyoning yetakchi ishlab chiqarish korxonalari asosiy e’tiborni son va miqdorga emas, balki mahsulot sifatiga qarata boshladi. Sifat raqobatbardoshlikni ta’minlovchi asosiy omil sifatida namoyon bo‘ldi. Sifatga e’tibor va uning rivojlanish bosqichlarini mantiqan quyidagi davrlarga bo‘lingan [5]: 1. XX asrning 60-yillari – bozor raqobatbardoshligi sharoitida asosiy omil – mahsulot sifati. 2. XX asrning 70-yillari – mahsulot sifatidan ishlab chiqarish texnologiyasi sifatiga o‘tish bosqichi. 3. XX asrning 80-yillari – sifatni boshqarish tizimi bosqichiga o‘tish davri. 4. XX asrning 90-yillaridan boshlab ta’lim sifati, intellektual resurslar sifati, inson hayoti sifati – asosiy omil sifatida namoyon bo‘la boshladi. 2 19 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Iqtisodiyotning raqobatbardoshligi hamda innovatsiyalarga liderlik qilishga bo‘lgan intilish XX asrning ikkinchi yarmida mehnat bozori, biznes, yuqori texnologik ishlab chiqarish sohalari tomonidan ta’lim oldiga turli yo‘nalishdagi bilimlarga ega, tanqidiy va kreativ fikrlaydigan, muammolarni anglab turli hayotiy vaziyatlarda yechimini topib, innovatsion loyihalar yarata oladigan mutaxassislar tayyorlash vazifasi qo‘yildi. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti o‘sha asrning 70-yillariga kelib, “savodxonlik” tushunchasi kengayishini taqozo etdi va 1965-yilda Tehronda bo‘lib o‘tgan Butunjahon ta’lim vazirlari kongressida “funksional savodxonlik” atamasidan foydalanish taklif qilindi va unga “insonning munosabatlarga kirishish, tashqi muhitga moslashish va unda faoliyat yuritish qobiliyati” kabi ta’rif berildi [6]. Bu esa o‘z navbatida uzluksiz ta’lim va umr davomida o‘qishning yangi sohalarini yaratdi. Funksional savodxonlik – bu insonning hayotiy ehtiyojlarini ta’minlash maqsadida fundamental bilimlarni o‘zlashtirish va qo‘llay olish ko‘nikmalari negizida shakllanadigan qobiliyatdir. Shakllanishi uchun maqsad, mazmun va natijaviylik komponentlari, muhit hamda rivojlanish ehtiyoji katta ahamiyat kasb etadi. Bugungu kunda zaruriy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan kishilar uchun raqamlashtirish va globallashuv erkinlik va zavq beradigan ishga aylanadi. Ilmiy-texnikaviy rivojlanish bosqichida funksional savodxonlik o‘quvchilar qobiliyati va shakllanadigan bilim, ko‘nikma, malakalari hamda ularni doimiy rivojlatirishga bo‘lgan ehtiyojlari kabi ikkita jihatga bog‘liq bo‘ladi, deb hisoblaydi P.Atutov [7]. A.Tangyan esa jamiyatning rivojlanishi jarayonida shaxsning bilim va ko‘nikmalariga bo‘lgan ehtiyojini minimal funksional savodxonlik deb ta’riflagan [8]. “Funksional savodxonlik” tushunchasi keng bo‘lib, o‘z ichiga o‘qish savodxonligi matematik savodxonlik tabiiy-ilmiy fanlar savodxonligi moliyaviy savodxonlik, global muammolarni anglash savodxonligi, XXI asr kompetensiyalariga egalik darajasi, sog‘lik sohasidagi savodxonlik, diniy savodxonlik, oilaviy munosabatlar savodxonligi, iqtisodiy va siyosiy masalalar savodxonligi, ijtimoiy munosabatlar savodxonligi, ekologik savodxonlik, huquqiy savodxonlik, ilmiy va texnologik savodxonlik, kompyuter savodxonligi va b. qamrab oladi. Umumiy tahlillar asosida “insonning funksional savodxonligi u yashayotgan zamon va makon bilan bog‘liq bo‘lib, tez o‘zgarayotgan dunyoda moslashish, doimiy ravishda rivojlanish va unda munosib faoliyat yuritish uchun fundamental bilimlarni duch kelishi mumkin bo‘lgan turli vaziyatlarda qo‘llay olish darajasi” kabi ta’rifni kiritishni joiz deb bildik. Maktab o‘quvchilarida funksional savodxonlikni rivojlantirish bosqichlarini pedagog olim L.Perminova o‘rganar ekan, ilmiy izlanishlarida quyidagi mezonlarni ishlab chiqdi: – fundamental bilimlar bazasi shakllangan bo‘lishi; – ularni fanlararo qo‘llay olishlari, ya’ni amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari; – o‘zlarining ishlarini taqdimot qila olishlari (maktab, tashkilot, ijtimoiy institutlar); – qaysi kasb egasi bo‘lishlarini tasavvur qila olishlari; – kommunikativlilik, hamkorlikda ishlay olishlari; – o‘z-o‘zini rivojlantirish ehtiyojiga ega bo‘lishlari kerak [8]. Agar ta’lim jarayonida ushbu mezonlar ishlasa, o‘quvchilarni funksional savodli, deb hisoblashimiz mumkin bo‘ladi. Lekin ularning ishlashi uchun qanday komponentlar ta’minlanishi lozimligini aniqlash kerak. 2 20 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АN
Доказательный фрагмент
«В статье описаны понятие функциональная грамотность, необходимые условия формирования функциональной грамотности в обществе, правовые и нормативные основы, влияние функциональной грамотности на качество образования, ц…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье описаны понятие функциональная грамотность, необходимые условия формирования функциональной грамотности в обществе, правовые и нормативные основы, влияние функциональной грамотности на качество образования, ц… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Education, quality of education, functional literacy, international PISA, Образование, качество образования, функциональная грамотность, международная оценка PISA, жизненные навыки, потребности в профессиональном развитии., Ta’lim, ta’lim sifati, funksional savodxonlik, PISA xalqaro baholash tadqiqoti, hayotiy ko‘nikmalar, kasbiy rivojlanish ehtiyoji., Education, quality of education, functional literacy, international PISA assessment, life skills, professional development needs.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026