К содержанию
РецензированоRU2026

Вопросы ответственности за нарушение правил охраны труда

JAVOBGARLIK MASALALARI · Muborak Usmanova · Муборак Усманова · PROTECTION RULES (д.ю.н., профессор, Университет общественной безопасности Республики) · Mubarak Usmanova (д.ю.н., профессор, Университет общественной безопасности Республики)

Реформы в сфере подготовки юридических кадров в Узбекистане: анализ результатов и перспективные задачи · 3 · 2026

Аннотация

The article gives interpretations of international labor standards, as well as norms relating to the working conditions of employees in the system of national labor legislation of Uzbekistan, the foundations for organizing safe and decent working conditions are laid down in the state policy in the field of labor relations, safety and labor protection issues in workplaces, ensuring the health of citizens in the Republic of Uzbekistan. issues such as the priorities of state social policy were studied. Kalit so‘zlar: Xalqaro konvensiya, Konstitutsiya, mehnat, mehnat muhofazasi, javobgarlik, xodim, ish beruvchi, xavfsizlik. Ключевые слова: Международная конвенция, Конституция, труд, охрана труда, ответственность, работник, работодатель, безопасность. Key words: International Convention, Constitution, labor, labor protection, responsibility, employee, employer, safety. Inson hayotining xavfsizligini ta’minlash muammosi har bir jamiyat uchun dolzarb masala bо‘lib, u davlatning iqtisodiy rivojlanganligi va barqarorligiga bog‘liq. Hozirgi vaqtda ilmiy-texnik taraqqiyot keltirib chiqargan xavfsizlik muammolarining yеchimi jamiyatning barcha a’zolarining faol ishtirokini, yuqori fuqarolik ongini, ayrim hollarda jamiyat, kelajak avlod manfaati uchun, shaxsiy manfaatlardan kechishini talab qiladi. Bu esa jamiyat a’zolaridan yuksak madaniyatli va kuchli ma’naviyatlilikni talab qiladi. XXI asr fan va texnologiyalar asri, inson uchun eng qulay mehnat va turmush sharoitlari yaratilish imkoniyatlari ta’minlangan asr ekanligi bilan diqqatga sazovordir. О‘tgan XX asr davomida fanda yuz bergan inqilobiy о‘zgarishlar bugungi yuksak texnologiyalar hamda ularning ishlab chiqarishga keng joriy qilinishi, tabiat kuchlaridan inson manfaatlari yо‘lida keng foydalanish uchun cheksiz imkoniyatlar yaratib berdi. Buning natijasida moddiy ishlab chiqarish sohasida qо‘l mehnatining hissasi keskin pasaydi, og‘ir va inson uchun zararli ishlab chiqarish operatsiyalari 56 avtomatlar hamda robot texnologiyalari zimmasiga yuklana boshladi. Bularning barchasi inson mehnatini qulay va xavfsiz bо‘lishiga, uning turmush sharoitlari tubdan yaxshilanishiga olib keldi, hamma narsa inson uchun, uning baxt-saodati uchun degan gumanistik g‘oyani rо‘yobga chiqarilishi uchun zarur sharoitlar yaratdi. Biroq, ilmiy texnika taraqqiyotining inson hayotini yaxshilovchi yutuqlari uchun insoniyatdan haq tо‘lash talab qilinmoqda va bu haq atrof-muhitni ifloslanishi, global miqyoslarda ob-havoning isishi, inson hayot sharoitini belgilovchi tabiiy omillarning, insonni о‘rab turgan tabiiy muhitni yomonlashuvi, avval insoniyatga ma’lum bо‘lmagan yangi kasalliklarni tarqalishi kabi obyektiv voqelik kо‘rinishlarida namoyon bо‘lmoqda. Jahonning har bir mintaqasi, har bir mamlakat ushbu muammolarni yumshatishga, uning zararli oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan chora- tadbirlarni izchil hamda tо‘la hajmda amalga oshirsagina muayyan samaraga erishish mumkin bо‘ladi. Biz ushbu global miqyosdagi muammoning faqat bir jihatiga - ishlab chiqarishda xodimlar uchun xavfsiz hamda qulay ish sharoitlari yaratilishi bilan bog‘liq bо‘lgan tomonlarigagina e’tibor qaratmoqchimiz. Mehnat sohasidagi xalqaro standartlar[1], shuningdek, О‘zbekistonning milliy mehnat qonunchiligi tizimi ham[2] yollanib ishlovchi xodimlar mehnat sharoitlari ular hayoti hamda salomatliklariga xavf solmasligiga alohida e’tibor qaratadi. Jumladan, Xalqaro Mehnat Tashkilotining ustuvor konvensiyalaridan biri hisoblangan 1981 yildagi “Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi tо‘g‘risida”gi 155-sonli hamda 2006 yilgi “Mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga kо‘maklashish asoslari tо‘g‘risida”gi 187-sonli konvensiyalari bir-birini tо‘ldirib, xavfsiz va sog‘lom mehnat muhitini ta’minlash uchun tegishli tamoyillar, majburiyatlar va huquqlarni aks ettirgan asosiy xalqaro hujjatdir. Zeroki, О‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida qayd etilganidek: “Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq tо‘lashning belgilangan eng kam 57 miqdoridan kam bо‘lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega bо‘lishi kafolatlangan”. Jumladan, О‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish tо‘g‘risida”gi Qonuni 2-moddasiga kо‘ra: “Mehnatni muhofaza qilish – bu tegishli qonun va boshqa me'yoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena va davolash- profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimidan iborat”. О‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga kо‘ra: “Ish beruvchilar xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlarini ta’minlashi shart. Bunday sharoitlarni yaratib berish ish beruvchining majburiyatiga kirad

Доказательный фрагмент

«The article gives interpretations of international labor standards, as well as norms relating to the working conditions of employees in the system of national labor legislation of Uzbekistan, the foundations for organ…»

Образец извлечения

Демо-превью

The article gives interpretations of international labor standards, as well as norms relating to the working conditions of employees in the system of national labor legislation of Uzbekistan, the foundations for organ… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
International Convention, Constitution, labor, labor protection, xavfsizlik, Международная конвенция, труд, employee, Конституция, Konstitutsiya, ответственность, International Convention, охрана труда, работник, работодатель, mehnat muhofazasi, mehnat, javobgarlik, xodim, safety, responsibility, employer, ish beruvchi, Xalqaro konvensiya, безопасность, labor protection
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[4]ЮриспруденцияRUРецензированоОткрытый доступ