К содержанию
РецензированоRU2026

Состояние правового регулирования правовой защиты военнослужащих нaциональной гвардии

HIMOYASINING HUQUQIY TARTIBGA SOLINISHI HOLATI · Davron Mirazov · Xushnudbek Olimjonov · СОСТОЯНИЕ ПРАВОВОГО РЕГУЛИРОВАНИЯ ПРАВОВОЙ ЗАЩИТЫ · ВОЕННОСЛУЖАЩИХ НAЦИОНАЛЬНОЙ ГВАРДИИ · Даврон Миразов · Хушнудбек Олимжонов (д.ю.н., профессор, Университет общественной безопасности Республики) · Davron Mirazov (д.ф.ю.н. (PhD), Университет общественной безопасности Республики) · Khushnudbek Olimjonov (Doctor of Law, Professor, University of Public Safety of the Republic of Uzbekistan)

Реформы в сфере подготовки юридических кадров в Узбекистане: анализ результатов и перспективные задачи · 2026

Аннотация

This article discusses such issues as the role of the National Guard in the system of the Armed Forces, its purpose and main tasks, the legal status of the National Guard, the rights and obligations of the military, the benefits provided to the military. Калит сўзлар: конституция, инсон ҳуқуқлари, Миллий гвардия, ҳарбий хизматчи, ҳуқуқ ва мажбуриятлар, ижтимоий кафолат. Ключевые слова: конституция, права человека, Нaциональная гвардия, военнослужащий, права и обязанности, социальное обеспечение. Key words: constitution, human rights, National Guard, soldier, rights and obligations, social security. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash hamda xavfsizlikni mustahkamlash borasida davlatimiz tashqi siyosiy prinsiplarining to‘g‘ri belgilanganligi, ularni amalga oshiradigan davlat faoliyat mexanizmlarining konstitutsiyaviy tartibi belgilab berilganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, Konstitutsiyaning 152-moddasiga muvofiq, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi...” va 126-moddasiga asosan esa, “O‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun yеtarli darajada Qurolli Kuchlariga ega”ligi belgilangan[1]. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 – 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi[6]. Mazkur farmonda, jahon miqyosidagi murakkab jarayonlarni va mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot natijalarini chuqur tahlil qilgan holda keyingi yillarda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida mamlakatimiz xavfsizligi 47 va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish belgilandi. Bizning fikrimizcha, har bir harbiy xizmatchi, avvalo O‘zbekiston Respublikasining fuqarosidir. Faqat xizmat shart-sharoiti belgilaydigan tartiblar ularning fuqarolardan farqli ravishda huquq va erkinliklarini amalga oshirishni cheklaydi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining IX bobi “Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar” deb nomlanadi. Mazkur bobda ko‘rsatilgan ijtimoiy huquqlar harbiy xizmatchilarning huquqlarini ijtimoiy kafolati deb aytishimiz mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasida “Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash qonunda ko‘rsatilgan tartibda himoyalanish huquqiga ega” va 44-moddasida esa, “Sud qarori bilan tayinlangan jazoni ijro etish tartibidan yohud qonunda nazarda tutilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi” [1] degan norma mustahkamlangan. O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-642-sonli qonunining 4-moddasida “Bandlik fuqarolarning qonunchilikda taqiqlanmagan, o‘z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qanoatlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan, ularga ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan faoliyatidir” deb, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati tizimida, bojxona organlarida va boshqa harbiy xizmat nazarda tutilgan idoralarda xizmatni o‘tayotgan fuqarolar band deb hisoblanashi ko‘rsatib o‘tilgan[2]. “Majburiy mehnat to‘g‘risida”gi Jeneva Konvensiyasining 2-moddasida ushbu Konvensiya maqsadlari uchun “zo‘raki yoki majburiy mehnat” atamasi ixtiyoriy ravishda o‘z xizmatlarini taklif etmagan har qanday shaxsdan har qanday jazolash tahdidi ostida talab qilinadigan har qanday ish yoki xizmatni anglatadi. Lekin, “zo‘raki yoki majburiy mehnat{“ atamasi ushbu Konvensiyaning “a” kichik bandida majburiy harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonunlar kuchiga ko‘ra talab qilinadigan va haqiqiy harbiy tusdagi ishlarga qo‘llaniladigan har qanday ishni yoki xizmatni o‘z ichiga olmasligi nazarda tutilgan[3]. 48 Bizningcha, harbiy xizmatchilarning mehnat faoliyati majburiy xizmatga asoslanmagan. Ularning mehnatini yuksak darajadagi harbiy-vatanparvarlik tuyg‘ularining amaldagi ifodasi deb ta’kidlashimiz mumkin. Shuningdek, harbiy xizmatchilarning jinoiy javobgarlikka tortilishlari ular tomonidan sodir etilgan harakat va harakatsizlikning qonunga zidligi bilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasiga asosan “Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, ishsizlikda, shuningdek boquvchisini yo‘qotganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega. Qonunda belgilangan pensiyalar, nafaqalar va boshqa turdagi ijtimoiy yordamning miqdorlari rasman belgilangan eng kam iste’mol xarajatlarida

Доказательный фрагмент

«This article discusses such issues as the role of the National Guard in the system of the Armed Forces, its purpose and main tasks, the legal status of the National Guard, the rights and obligations of the military, t…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses such issues as the role of the National Guard in the system of the Armed Forces, its purpose and main tasks, the legal status of the National Guard, the rights and obligations of the military, t… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
constitution, human rights, National Guard, soldier, rights and, ижтимоий кафолат, социальное обеспечение, Нaциональная гвардия, конституция, ҳарбий хизматчи, права человека, инсон ҳуқуқлари, National Guard, ҳуқуқ ва мажбуриятлар, права и обязанности, rights and obligations, social security, human rights, Миллий гвардия, военнослужащий
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники