Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
МЕТОДЫ И СИСТЕМЫ СЕМАНТИЧЕСКОГО АНАЛИЗА ТЕКСТОВ
Soatova Yulduz Saotovna
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
This article is devoted to the problems of semantic analysis of texts. The article examines various methods: conceptual diagram and semantic networks; approaches based on lexical functions and thematic classes; framework and ontological models; logical models of knowledge representation. Key words: semantic analysis, semantics, logical models of knowledge representation. МЕТОДЫ И СИСТЕМЫ СЕМАНТИЧЕСКОГО АНАЛИЗА ТЕКСТОВ Аннотация. Данная статья посвящена проблемам семантического анализа текстов. В статье рассматриваются различные методы: концептуальная схема и семантические сети; подходы, основанные на лексических функциях и тематических классах; каркасные и онтологические модели; логические модели представления знаний. Ключевые слова: семантический анализ, семантика, логические модели представления знаний. Semantika - til birliklarining semantik ma'nosini o'rganadigan tilshunoslik bo'limi. Tilning tuzilishi haqidagi bilimlardan tashqari, semantika falsafa, psixologiya va boshqa ilmlar bilan chambarchas bog'liqdir, chunki u so'zlarning ma'nosining kelib chiqishi, ularning borliq va fikrlash bilan aloqasi haqida savollar tug'diradi. Semantik tahlilda ona tilida so'zlashuvchining ijtimoiy va madaniy xususiyatlari hisobga olinishi kerak. Fikrlarni ifoda etish vositasi bo'lgan til kabi insoniy fikrlash jarayoni juda moslashuvchan va rasmiylashtirilishi qiyin. Shuning uchun semantik tahlil haqli ravishda matnni avtomatik qayta ishlashning eng qiyin bosqichi hisoblanadi. Tilda har bir unsurning o`z vazifasi, ma'no doirasi, boshqa unsurlar, birliklar bilan bog`lanish qonuniyatlari bor. Ana shu qonunityalardan mukammal boxabar bo`lgan, so`z sezgisi va mahorati yuksak yozuvchi betakror tasvir, kutilmagan, ohorli badiiy lavhalar paydo qila oladi. Shunda kitobxon asarning nafaqat g`oyasi, balki go`zal tilining asiriga aylanadi. Bunda umumxalq tilidagi badiiy tasvirga favqulodda muvofiq birliklarni tanlash, saralash va sayqallash asosida, lisoniy-badiiy qonuniyatlardan kelib chiqqan holda ularga yuklangan xilma-xil badiiy-estetik ma'nolar hal qiluvchi rol o`ynaydi. Agar so’z – bu til birligi bo’lsa, u holda matn – kommunikatsiya (aloqa,fikr almashinuvi) birligidir. So’zlar muayyan ma’noga, matnlar esa muayyan mazmunga ega. O’quvchi so’z ma’nolarini bila turib, ularni kontekstdan anglab oladi, tushunib yetadi ya’ni tasavvurida muayyan mazmunlar hosil qiladi. Ma’no va mazmunlarni anglash – matnni tushunish demakdir.1 7 2 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Yozuvchining so`z qo`llash mahoratini baholash uchun, avvalo, so`z va uning ma'nosi, bu ma'noning tuzilishini aniq tasavvur etish lozim. So`zning qo`llanishi bilan bog`liq holda yuzaga chiqadigan qo`shimcha ma'no nozikliklari turli tasvir usullari va vositalari orqali reallashishi mumkin. Ammo bunday qo`shimcha ma'no nozikliklari ko`pincha so`z ma'nosining o`zida imkoniyat tarzida mavjud bo`ladi, ular so`zning ma'no qurilishida ilgaridan qayd etilgan bo`ladi. Tildagi nominativ birliklarning ma'no tuzilishini o`rganishda tilshunoslikda semantikaning konnotativ jihati tushunchasiga alohida e'tibor beriladi. V.N.Teliya ta'rificha, konnotatatsiya-til birliklari semantikasiga uzual va akkazional ravishda kiradigan, nutq sebyektining borliqni jumlada ifodalashda uning ayni shu borliqqa bo`lgan hissiy-baholash va stilistik munosabatini ifodalaydigan hamda shu axborotga ko`ra ekspressiv qimmat kasb etadigan mazmuniy mohiyatdir. Til mohiyati, ichki qurilishi jihatdan denotativ (atash, nomlash, nominativ) va konnotativ (emotsional-ekspressiv) ma'no bildirib shu asosda informatsiya (aloqa) vazifasini bajara oladigan vosita ekanligi uning ichki dualizmi, bir tomondan, obyektiv borliqni aks ettiruvchi tafakkurning shakli; ikkinchi tomondan, har bir elementning mohiyati shu elementning boshqa elementlar bilan bo`lgan ichki munosabatidan kelib chiqadigan mustaqil tizim ekanligi bilan chambarchas bog`liq. Agar tilning atash vazifasi uning tafakkur shakli, tushunchalarni qolipga soluvchi bir vosita ekanligi bilan bog`liq bo`lsa, uning ekspressiv vazifasi tilning mustaqil sistema ekanligi, elementlarning mohiyati ularning ichki munosabatlari asosida ochilishi mumkinligi bilan bog`liq. So`z semantikasida denonativ ma'no bilan birga konnotativ ma'no ham mavjud. Konnotativ ma'no so`z semantikasidan denotativ ma'no ajralgandan keyin hosil bo`lgan ayirmaga teng: KqS- D. O.S.Axmanovaning ta'kidlashicha, so`z semantikasida 2 xil konnotatsiya mavjud: ingerent konnotatsiya-so`z matndan tashqari holatida unga xos bo`lgan konnotativ ma'no va adgerent konnotatsiya-so`zda ma'lum kontekstda paydo bo`ladigan konnotativ ma'no. Nutqdan tashqarida, ma'lum bir matnsiz ham so`zning semantik tarkibiga kiruvchi va paradigmatik munosabatlar bilan belgilanadigan konnotativ ma'no ottenkalari sifatida quyidagilarni ko`rsatish mumkin: 1)so`zlovshining ijobiy-neytral-salbiy munosabati ifodalanadigan so`zlardagni ma'no att
Доказательный фрагмент
«This article is devoted to the problems of semantic analysis of texts.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article is devoted to the problems of semantic analysis of texts. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- semantic analysis, semantics, logical models of knowledge representation, semantic analysis, semantics, logical models of knowledge representation., семантический анализ, семантика, логические модели представления знаний., semantik tahlil qilish, semantika, bilimlarni namoyish etishning mantiqiy modellari.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026