Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
РАЗВИТИЕ УЗБЕКСКИХ И КАРАКАЛПАКСКИХ ДУТОРОВ И ИХ ОСОБЕННОСТИ.
Gaybullaeva Xurliman Nurabıllaevna
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
This article tells about the dutar, which is the Uzbek and Karakalpak national instrument, their history, their types, performance styles, teachers who contribute to the development and introduction of the dutar into the world, and their textbooks. Key words: Teacher, dutar, alamoynaq dutar, music, culture, works, composer, conservatory, soloist, baqshi. РАЗВИТИЕ УЗБЕКСКИХ И КАРАКАЛПАКСКИХ ДУТОРОВ И ИХ ОСОБЕННОСТИ. Аннотация. В данной статье рассказывается о дутар, который является узбекским и каракалпакским национальным инструментом, их истории, их видах, стилях исполнения, педагогах, которые способствуют развитию и внедрению дутар в мир, и их учебники. Ключевые слова: Педагог, дутар, аламойнак дутар, музыка, штрих, диапазон, культура, произведения, композитор, консерватория, солист, бахши. Aholi, ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga madaniy dam olish xizmatlari koʻrsatish darajasini oshirish, respublikaning barcha hududlarida teatr, cirk va boshqa turdagi ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini tizimli ravishda yoʻlga qoʻyish, madaniyat va sanʼat sohasida isteʼdodli yosh ijodkorlarni izlab topish va qoʻllab-quvvatlash, taʼlim muassasalarini milliy cholgʻular, musiqa darsliklari, notalar toʻplamlari va oʻquv-metodik adabiyotlar bilan taʼminlashning yaxlit tizimini yaratish maqsadida, shuningdek, 2022-2026- yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq: 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab taʼlim muassasalarida oʻquvchi va talabalarning musiqiy bilim va koʻnikmalarini oshirish, ularning qalbida milliy madaniyatga boʻlgan muhabbatni shakllantirish, yosh isteʼdodlarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilansin: umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida: mazkur qarorga roʻyxatda keltirilgan milliy cholgʻulardan kamida bittasida, 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab esa kamida uchtasida kuy ijro etish mahoratiga ega boʻlish musiqa fani oʻqituvchilari uchunmajburiy hisoblanadi; musiqa fani uchun ajratilgan oʻquv soatlari doirasida “Hayotimga hamrohdir cholgʻu” shiori ostida cholgʻu 5 3 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ ijrochiligi dars mashgʻulotlari yoʻlga qoʻyiladi; notalar toʻplamlari va maxsus musiqiy adabiyotlar bilan taʼminlash umumtaʼlim maktablarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash tizimiga kiritiladi; Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari ta’minlanishi lozim bo‘lgan milliy musiqa cholg‘ulari Ro‘yxati: 1. Dutor 2. Do‘mbira 3. Doira 4. Tanbur 5. Rubob 6. G‘ijjak 7. Nay Mazkur qarorga roʻyxatda keltirilgan milliy musiqa cholgʻularidan kamida bittasida kuy ijro etish mahorati oʻrgatiladi hamda bu haqda ularning taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatiga (shahodatnoma) tegishli qayd kiritiladi; musiqa fani uchun haftasiga belgilangan bir oʻquv soati hamda unga qoʻshimcha ravishda har hafta milliy musiqa cholgʻularida kuy ijro etish amaliy toʻgaraklari va fakultativ darslari oʻtkaziladi1. Dutor – оʻzbek anʼanaviy chertim cholgʻu sozlaridan biri. Uzoq oʻtmishdan xalq ijrochilik amaliyotidan munosib оʻrin egallab kelayotgan dutor, ayni paytga kelib anʼanaviy ijro uslubiga xos barcha guruhlar tarkibidan joy oldi. Anʼanaviy yakkanavoz cholgʻu sifatida shakllandi va yetakchi cholgʻular qatoriga kirdi. Dutorning tarixiy shakllanishi uzoq оʻtmish va boshqa cholgʻular bilan uygʻunlik jihatlar borib taqalsada musiqiy risolalarda XV asrdan boshlab taʼriflanib keladi. “Farobiy (IX asr) maʼlumotlariga qaraganda Xuroson tanburi оʻzining kоʻplab belgilari bilan zamonaviy dutorni eslatadi”. Lekin, dutorni оʻz nomi va uning barcha (shakliy, tarkibiy, ijroviy) imkoniyatlari bilan ilk bor XV asrda yashab ijod etgan musiqashunos olim Zaynullobiddin al–Xusayniy оʻzining musiqa ilmiga bagʻishlangan “Qonuni ilm va amali musiqiy” nomli risolasida bayon etgan2. Darhaqiqat, unda ikkita torli va ularning oraligʻi kvarta intervalini tashkil etuvchi, dastasiga bogʻlangan pardalari оʻn bittani tashkil etuvchi dutor cholgʻu asbobi taʼriflanadi. Dutor Оʻrta Osiyoning оʻzbek, turkman, tojik, qoraqalpoq xalqlari orasida keng ommalashgan cholgʻudir. Qayd etish joizki, har bir xalq dutorining oz bоʻlsada оʻziga xoslik jihatlari mavjuddir3. Dutor - ikki torli cholgʻu asbobidir. Odatga kоʻra, tut daraxtidan tayyorlanadi. Cholgʻu ikki asosiy qismlarga bоʻlinadi: a) kosaxona (rezonator); b) dasta. Cholgʻuning kosasi 10- 12 ta yupqa qovurgʻachalarning bir-biriga birlashtirib yopishtirish orqali hosil qilinadi va uning ustki qism maxsus qopqoq bilan qoplanadi. Cholgʻuning kosasida torlar ilinadigan maxsus moslama, yaʼni ilgichlar оʻrnatiladi. Dutorning dastasi cholgʻu jussasiga qarab belgilanadi. Unda 14-15 ta pardalar mavjud bоʻlib, ular ichak, zamonaviy jarayonda jilka (sunʼiy ip) dan boylanadi va torlari ipakdan eshilib
Доказательный фрагмент
«This article tells about the dutar, which is the Uzbek and Karakalpak national instrument, their history, their types, performance styles, teachers who contribute to the development and introduction of the dutar into…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article tells about the dutar, which is the Uzbek and Karakalpak national instrument, their history, their types, performance styles, teachers who contribute to the development and introduction of the dutar into… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Teacher, dutar, alamoynaq dutar, music, culture, works, composer, Ustoz, dutor, olamoynoq dutor, Педагог, дутар, аламойнак дутар, Teacher, dutar, alamoynaq dutar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026