К содержанию
РецензированоRU2023

ЗНАЧЕНИЕ СУБЪЕКТА ПРЕСТУПЛЕНИЯ КАК СУЩЕСТВЕННОГО ЭЛЕМЕНТА СОСТАВА ПРЕСТУПЛЕНИЯ: ОТЕЧЕСТВЕННЫЙ И ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ

Abdunazarova Maxliyo Raximovna

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

In this article, the concepts and essence of the structure of the crime and the qualification of the act, the importance of the subject of the crime, which is considered an important element of the structure of the crime as the basis of criminal responsibility, the similar and different aspects of the national and foreign experience in this field are revealed. Key words: composition of crime, qualification, elements of composition of crime, subject of crime, age of subject in crime, sanity, insanity, special subject. ЗНАЧЕНИЕ СУБЪЕКТА ПРЕСТУПЛЕНИЯ КАК СУЩЕСТВЕННОГО ЭЛЕМЕНТА СОСТАВА ПРЕСТУПЛЕНИЯ: ОТЕЧЕСТВЕННЫЙ И ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ Аннотация. В данной статье раскрываются понятия и сущность состава преступления и квалификации деяния, значение предмета преступления, который рассматривается как важный элемент состава преступления как основание уголовной ответственности, выявлены сходные и различные аспекты отечественного и зарубежного опыта в этой области. Ключевые слова: состав преступления, квалификация, элементы состава преступления, субъект преступления, возраст субъекта преступления, вменяемость, невменяемость, специальный субъект. Ma’lumki, shaxs tomonidan jinoyat sodir etish holatlari insoniyat tarixining har qanday davrida mavjud bo‘lgan va o‘zining ijtimoiy xavfliligi bilan ajralib turgan. Shu tufayli, bugungi kunda dunyo mamlakatlarining barchasida jinoyatchilikka qarshi kurashish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Har qanday davlatda jinoiy-huquqiy siyosatni amalga oshirishning dastlabki va muhim bosqichi – bu qonun hujjatlarida jinoyat uchun javobgarlikni belgilashdir. Bundan ko‘zlangan maqsad ijtimoiy hayotda sodir etilgan real qilmishning belgilarini jinoyat qonunida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi belgilariga solishtirish orqali uning qanday jinoyat ekanligini va unga nisbatan qay turdagi jazo tayinlash kerakligini 1 1 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ aniqlash hisoblanadi. Aynan mazkur jarayon “qilmishni kvalifikatsiya qilish” deb nomlanadi. Jinoyatni kvalifikatsiya qilishning asosini jinoyat qonunida belgilangan aniq jinoyat tarkibi tashkil etadi. Ya’ni, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud ijtimoiy hayotda sodir etilgan real qilmishni kvalifikatsiya qilishda Jinoyat kodeksining Maxsus qismi moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibiga tayanadi. Jinoyat tarkibi deb – ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat deb baholash uchun zarur bo‘lgan obyektiv va subyektiv belgilarning minimal yig‘indisiga aytiladi. Bu belgilar jinoyat qonuni Maxsus qism normalarida mustahkamlanganligi bois, u yoki bu ijtimoiy xavfli qilmishning jinoyat deb baholanmog‘i uchun zaruriy belgi bo‘lib hisoblanadi. Jinoyat tarkibi elementlarini – jinoyat tarkibining obyektiv va subyektiv tomonlarining zaruriy va fakultativ belgilari tashkil etadi. Jinoyat tarkibi elementlari: - jinoyat obyekti; - jinoyatning obyektiv tomoni; - jinoyat subyekti; - jinoyatning subyektiv tomoni. Xususan, V.N.Kudryavsev “Qilmishda jinoyat tarkibi belgilari yig‘indisining mavjudligi bu jinoiy javobgarlikka tortish uchun eng kam va yetarli asoslar borligini anglatadi. Eng kam degani shu ma’nodaki, agar qilmishda jinoyat tarkibining zaruriy belgilaridan kamida bittasining yo‘qligi shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish mumkin emasligini anglatadi. Yetarli deganda, shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun qo‘shimcha ma’lumotlarni (obyektiv va subyektiv belgilardan tashqari) yig‘ishning zarurati yo‘qligidir” degan fikrni ilgari suradi [3]. Shunga o‘xshash fikrlarni milliy huquqshunos olimlarimiz ham bildirishgan. Jumladan, M.Usmonaliyev va P.Bakunov jinoyat tarkibi deganda, jinoyat qonunida ko‘zda tutilgan muayyan ijtimoiy xavfli harakat yoki harakatsizlikning jinoiyligini ifodalovchi tomonlar (elementlar) yig‘indisini nazarda tutadi [4]. A.S.Yoqubov va R.Kabulovning fikricha, “Jinoyat tarkibi jinoyat qonunchiligida aniq bir ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat deb ta’riflovchi eng kam va yetarli obyektiv hamda subyektiv belgilar yig‘indisidir” [5]. F.Xudoyqulov esa “Jinoyat tarkibi – bu har qanday jinoyatning tashqi va ichki tuzilishini o‘zida namoyon etadigan subyektiv va obyektiv belgilarining minimal va yetarli yig‘indisidir” deb yozadi [6]. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 16-moddasining 2-qismida jinoiy javobgarlikning asosi jinoyat tarkibi ekanligi belgilangan. Unga ko‘ra, “Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud bo‘lgan qilmishni sodir etish javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi” [2]. Mazkur norma mazmunidan kelib chiqqan holda, sud tergov organlari muayyan qilmishni jinoyat deb topish va uni JK Maxsus qismining biror moddasi bilan kvalifikatsiya qilishda jinoyat tarkibini aniqlashga e’tibor qaratadilar. Endi jinoyat tarkibining muhim elementlaridan bo‘lgan jinoyat subyektiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, jinoyatning subyekti - Jinoyat kodeksi bilan taqiqlangan ijtimoiy

Доказательный фрагмент

«In this article, the concepts and essence of the structure of the crime and the qualification of the act, the importance of the subject of the crime, which is considered an important element of the structure of the cr…»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, the concepts and essence of the structure of the crime and the qualification of the act, the importance of the subject of the crime, which is considered an important element of the structure of the cr… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
composition of crime, qualification, elements of composition of crime, subject, jinoyat tarkibi, kvalifikatsiya, jinoyat tarkibi elementlari, состав преступления, квалификация, элементы состава преступления, composition of crime, qualification, elements of composition of crime
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники