Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
РОЛЬ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ЖИВОТНОВОДСТВЕ
Ajimuratova Axmet Paraxatovich · Koshenova Ugilxan Qurbanbayovna
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
We will explain in this article about the role and importance of technology in the field of livestock, and at the same time about the contribution it makes to the development of society. Key words: livestock, black cattle, Technology, Innovation, Society, Winter farm. РОЛЬ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ЖИВОТНОВОДСТВЕ Аннотация. В этой статье мы расскажем о роли и важности технологий в животноводстве, а также о вкладе, который они вносят в развитие общества. Ключевые слова: животноводство, черный скот, технологии, инновации, общество, сельское хозяйство. Chorvachilik — qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlaridan biri. Chorvachilik mahsulotlari yetishtirish uchun chorva mollarini boqish va urchitish bilan shugʻullanadi; aholini ishchi hayvonlari (ot, hoʻkiz, tuya, bugʻu), oziq-ovqat mahsulotlari (sut, qatiq, goʻsht, yogʻ, tuxum va boshqalar), yengil sanoatni xom ashyo (jun, teri, moʻyna va h.k.), dehqonchilikni organik oʻgʻit bilan taʼminlaydi. Chorvachilik mahsulotlari va chiqindilaridan ayrim ozuqalar (yogʻi olingan sut, goʻsht, suyak uni va boshqalar), shuningdek, har xil dori-darmonlar (shifobaxsh zardoblar, gormonal preparatlar va boshqalar) olinadi. Chorvachilikning taraqqiy etishi va mahsuldorligi dehqonchilikning rivojlanishi, yerdan intensiv foydalanish bilan chambarchas bogʻliq. Chorvachilikning asosiy tarmoqlari: qoramolchilik, qoʻychilik, echkichilik, yilqichilik, tuyachilik, parrandachilik, asalarichilik, choʻchqachilik, quyonchilik, baliqchilik, ipakchilikdan iborat. Jahon mamlakatlarida tabiiy iqlim sharoitlari va ozuqa bazasiga koʻra chorvachilik rivoji oʻziga xos xususiyatlarga ega. Jahon chorvachilikda (mln. bosh) qoramol 1338,2; qoʻy 1068,6; echki 709,8; buyvol — 158,6; ot — 61,095; xachir — 14,1; eshak — 43,4; tuya — 19,1; choʻchqa — 912,7; tovuq — 14139; kurka — 244 va boshqa boqiladi va ulardan turli mahsulotlar yetishtirish muhim oʻrinda turadi (1999). Goʻsht yetishtirish hajmi 225,9 mln. t ni, sigir suti yetishtirish 480,6 mln. t ni (yoki har bir sigirdan oʻrtacha 2071 kg ni) tashkil etdi. [2.18] Respublikamizda chorvachilik sohasini barqaror rivojlantirish uchun zarur shart sharoitlar yaratish, ilmiy-amaliy ishlarni yangi innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirish, qishloq joylarining rivojlanishi hamda aholi farovonligini oshirishda, shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligi 8 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ va qishloq joylarda aholi bandligini ta’minlashda fermer va dehqon xo’jaliklarining o’rni muhim rol o’ynaydi. Bu tadbirlar nafaqat aholi manfaatlarini oshiradi, balki, qishloq joylarda tadbirkorlikni rivojlantirishda muhim qadam bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Agrar sohada eng katta muammo - fermerlarning qishloq xo’jaligi sohasida yetarli bilimga ega emasligidir. To’g’ri, ularda kuch-g’ayrat, tashabbus, yerga mehr bor, ko’pchiligining ko’zi yonib turibdi. Lekin, afsuski, birgina xohish bilan biz yuqori hosildorlikka va pirovard natijaga erisha olmaymiz. Bizga qishloq xo’jaligi texnologiyalarini mukammal egallagan, zamonaviy ishlab chiqarish va innovatsiya usullaridan xabardor fermerlar suv bilan havodek zarur” deyilgan. [1.64] O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chorvachilik tarmog’ini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risidagi 2020 yil 29 yanvar kungi PQ- 4576-sonli qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Naslchilik xo’jaliklari maqomining berilishi tartibi to’g’risidagi 2020 yil 19 fevral 100-sonli qaroriga asosan naslchilik xo’jaliklari toifasidagi fermer xo’jaliklarida oliy ma’lumotli zootexnik mutaxassislarini ta’minlanishi ko’rsatib o’tilgan, shunga asosan, ayniqsa, qoramolchilik yo’nalishidagi fermer xo’jaliklarga zooinjeneriya mutaxassisi shart va zarur deb belgilab berilgan. Ohirgi yillarda Respublikamizda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirilishi, chorvachilik fermer xo’jaliklariga katta e’tibor qaratilayotganligi, chorvachilikda ozuqa bazasini mustaxkamlashda sug’oriladigan yerlardan oqilona foydalanib, ozuqabop ekinlardan yuqori hosil olish hisobiga ozuqa ishlab chiqarishni ko’paytirish, hamda yangi innovatsion texnologiyalar asosida qo’shimcha jadal usulda gidroponik texnologiyasi asosida yashil ozuqasini yetishtirish masalalarini yechish chorvachiilik sohasi xodimlari zimmasiga ulkan vazifalarni yuklaydi. Qaroqalpog’iston Respublikasida faoliyat ko’rsatayotgan chorvachilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo’jaligiklarida yuqori mahsuldorlikka erishish ko’p jihatdan ozuqa zahirasining mustahkamligiga bog’liq, bunda kuz, qish va bahor mavsumlarida ekin maydonlarida yetarli ozuqabop ekinlar bo’lmagan davrda yangi innovatsion yuqori samarali jadal (intensiv) usulda avtomatlashtirilgan gidroponik texnologiyasi asosida yashil chorva ozuqasini yetishtirish va chorva hayvonlarini mahsuldorligini oshirish va chorvachilik mahsulotlari
Доказательный фрагмент
«We will explain in this article about the role and importance of technology in the field of livestock, and at the same time about the contribution it makes to the development of society.»
Образец извлечения
Демо-превьюWe will explain in this article about the role and importance of technology in the field of livestock, and at the same time about the contribution it makes to the development of society. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- livestock, black cattle, Technology, Innovation, Society, Winter farm, livestock, black cattle, Technology, Innovation, Society, Winter farm., chorvachilik, qora mol, texnologiya, innovatsiya, jamiyat, qishoq xo’jaligi., животноводство, черный скот, технологии, инновации, общество, сельское хозяйство.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014