The American Journal of Social Science and Education InnovationsBased On Grammatical Signals, Farokhat Sattarbergan Qizi Karimova +12021
The role of socio-economic and demograrhic situation in human carital formation (examrle of fergana valley)
SHАKILLАNISHIDАGI OʼRNI (FАRGʼONА VODIYSI MISOLIDА) · Sodirjonov Muxriddin
in Library · 2021
Аннотация
In this article, territorial, demograrhic factors, rrofessional comronents and characteristics of economic activity in the develorment of human carital, and the socio-demograrhic situation in the Fergana Valley, its territorial location, migration and urbanization rrocesses, emrloyment, health, and the conditions created for the human condition of the rorulation living in this area, rroblems in carital develorment rrocesses and some sociological forecasts on its rrosrects have been develored. Key words: human carital, ethnosocial, dynamics, transformation, innovation, craft, migration, demograrhy, nation, everyday life, health, culture, industrial, rostmodernism, rhenomenon, society, tradition, mentality. Kirish. Xalqaro miqyosdagi urbanizatsion va migratsion jarayonlarning kuchayishiga, xalqlarning assimilyatsiyalashuvi hamda demografik marginallikning tezlashishi tufayli inson omiliga bogʻliq yangi muammolarning paydo boʻlishiga sabab boʻlmoqda. Bunday vaziyatda milliy va etnosotsial xususiyatlar asosida inson kapitalining mohiyati, uning rivojlanib borish tendentsiyalari va turmush barqarorligi masalalarini tadqiq etish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Taʼkidlash kerakki, globallashgan dunyodagi har qanday oʻzgaruvchan jamiyat xususiyatlariga koʻra xos sotsial tizim va tuzilmaga ega boʻlib, uning faoliyatdagi xatti-harakatlari bilan bogʻliq mezonlar, etnomadaniy joylashuvdagi shart-sharoitlar taʼsirida yuzaga kelgan aholi joylashuvining tarkibiy qismi, mavjud ekologik vaziyat, demografik va geografik holat, xulq- atvorning atrof-muhitga taʼsiri, madaniyatlar toʻqnashuvi va axborotlar almashinuvining xususiyatlarini belgilab beradi. Bu borada Fargʻona vodiysida istiqomat qiladigan aholining kundalik hayoti, turmush tarzidagi xususiyatlarda inson kapitali masalalari etnosotsiologiya yoʻnalishida atroflicha va tizimli tarzda tadqiq etilmagan. Xususan, shu raytgacha boʻlgan komrleks sotsiologik tadqiqotlarda milliy va etnik munosabatlarda inson omilini hududiy nuqtai nazardan chuqur ilmiy asoslash imkoniyatini beradigan davriy qiyosiy maʼlumotlar darajasida mavjud emas. Har qanday imkoniyat kapital timsolida ehtiyojlar uchun moslashtirilishga yoʻnaltirilmasin, unda salohiyatga muhtojlik boʻladi. Shuning uchun taʼkidlash mumkinki, inson faoliyati barcha tarkibiy qismlarni oʻziga moslashtiradi. Inson kapitali oʻz tarkibida bir qator ijtimoiy-biologik yaxlitlik komponentlarini qamrab oladi va uni sotsiumga yoʻnaltirib boradi. Bular: demografik, sogʻliqni saqlash, taʼlim, mehnat, madaniy, fuqarolik, maʼnaviy-axloqiy, axborotlarga egalik komponenti va shu kabilardan iborat. Belgilangan tarkibiy qismlarning har biri kapital sifatida ijtimoiy zarur faoliyat turlari va funktsional imperativlarga mos keladi. Masalan, demografik komponent yangi avlodlar uchun ijtimoiy kapital shakllarini belgilab bersa, sogʻliqni saqlash komponenti jamiyatning jismoniy va ruhiy salomatligini tiklashga qaratilgan tadbirlarni tashkillashtiradi, taʼlim kapitali esa bilim hamda tajriba, mehnat esa moddiy neʼmatlarni ishlab chiqarish va turli xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha faoliyatni oʻzida namoyon qiladi. Inson kapitali rivojidagi muhim omilni demografik tarkibiy qism bilan bogʻliq ijtimoiy muhit shaxs va jamoalarning hududiy elementlarini avloddan-avlodga oʻtadigan vorisiylik tizimi belgilaydi. Demografik asosga qurilgan kapitalning asosiy tuzilmasi hisoblangan sogʻliqni saqlash yoki salomatlik komponenti uzoq yillar davomida sifatli tibbiyot yordamida jismoniy va aqliy mehnat qobiliyatini saqlab qolish uchun ijtimoiy muhit bilan oʻzaro aloqada shakllangan qadriyatlar tizimiga aylanib bordi. Аyniqsa 2020 yilning mart oyidan boshlab butun dunyo boʻyicha COVID–19 tufayli eʼlon qilingan pandemiya sharoitida sogʻliq va salomatlik butun insoniyat uchun birinchi raqamli qadriyat sifatida inson kapitalini tashkil etdi. Fargʻona vodiysi Respublika hududining 4,1 foizini tashkil etgan holda mamlakat aholisining 27,8 foizi aynan ushbu hududda istiqomat qiladi. Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarini birlashtirgan mazkur hudud aholi soni, zichligi, mehnat resurslarining salmogʻi hamda urbanizatsiya darajasining yuqoriligi bilan Respublikada oldingi oʻrinda turadi. Shuningdek, 2022 yil 1 arrelь holatiga 1 kv. km.ga aholi zichligi koʻrsatkichi boʻyicha Toshkent shahridan soʻng Andijon viloyatida 760,1 kishi, Fargʻona viloyatida 578,9 kishi, Namangan viloyatida esa 395,8 kishiga toʻgʻri keladi [7; 102-103]. 215 Fargʻona vodiysi tabiiy-geografik sharoiti, aholisining qadimdan oʻtroq turmush kechirganligi, tarixiy-madaniy maskanlari va tarixan turli davrlarda turli etnik guruhlar va etnoslar kelib joylashganligi bilan oʻziga xos jihatlari bilan farqlanib turadi. Fargʻona vodiysi hududida yashayotgan har bir millatning oʻziga xos maʼnaviy-moddiy madaniyati, anʼanalari, urf-odatlari va ijtimoiy turmush tarzini oʻrganish muhim ahamiyat kasb etib, tarix, etnologiya, etnopsixologiya va etnosotsiologiyaning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Andijon vil
Доказательный фрагмент
«In this article, territorial, demograrhic factors, rrofessional comronents and characteristics of economic activity in the develorment of human carital, and the socio-demograrhic situation in the Fergana Valley, its t…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, territorial, demograrhic factors, rrofessional comronents and characteristics of economic activity in the develorment of human carital, and the socio-demograrhic situation in the Fergana Valley, its t… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- human carital, ethnosocial, dynamics, transformation, innovation, craft, human carital, ethnosocial, dynamics, transformation, innovation, craft, migration, demograrhy, nation, everyday life, health, culture, industrial, rostmodernism, rhenomenon, society, tradition, mentality., inson kapitali, etnosotsial, dinamika, transformatsiya, innovatsiya, hunar, migratsiya, demografiya, millat, kundalik hayot, salomatlik, madaniyat, industrial, rosmodernizm, fenomen, jamiyat, urf-odat, mentalitet.
Смежные источники
Журнал Основы социальных и гуманитарных исследованийNilufar Djuraeva, Alok Kumar2024
Обзор законодательства УзбекистанаИ Эргашев2019
The American Journal of Social Science and Education InnovationsB.M. Botirov, Jour nal Website:2021