К содержанию
РецензированоRU2023

ПРЕДСТАВЛЕНИЕ О СОВЕРШЕННОМ ЧЕЛОВЕКЕ В ТВОРЧЕСТВЕ АЛИШЕРА НАВОИ

Abdullayev Zohidjon Tolibjon o’g‘li · ALISHER NAVOI

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

This article discusses the analysis of Alisher Navoi's works and the idea of a perfect person presented in them. Reasonable opinions and comments are given throughout the article. Key words: the idea of a perfect person, an important social task, a great teaching, the religion of Islam. ПРЕДСТАВЛЕНИЕ О СОВЕРШЕННОМ ЧЕЛОВЕКЕ В ТВОРЧЕСТВЕ АЛИШЕРА НАВОИ Аннотация. В данной статье рассматривается анализ произведений Алишера Навои и представленная в них идея совершенного человека. Обоснованные мнения и комментарии даны на протяжении всей статьи. Ключевые слова: представление о совершенном человеке, важная социальная задача, великое учение, религия ислам. Komil inson tarbiyasi barcha davrlarda muhim ijtimoiy vazifalardan biri hisoblanadi. Yaxshi tarbiya ko’rgan va go’zal xulqli insonga jamiyat boyligi sifatida qaralgan. Islom dini ta’limotida bilimli insonlarni yetuk deb sanalgan bo’lsa, sharq mutafakkirlarining qarashlarida esa komil inson bo’lish uchun ko’pgina yuksak fazilatlarga ega bo’lmoq lozim bo’lgan. Musulmon olamida keng tarqalgan islom diniga asoslanuvchi buyuk ta’limot bu tasavvufdir. Tasavvuf orqali inson Islom dinining ichki va tashqi go’zalligini, uning buyuk insonparvarlik mohiyatini anglab yetadi. Tasavvufning maqsadi insonni ruhiy, ma'naviy jihatdan poklash, ya’ni komil insonni tarbiyalashdir. Qalb pokligiga erishgan, yuksak ma’naviyatli, barkamol shaxs komil insondir. Sharq mutafakkirlarining fozil va komil inson haqidagi fikrlari, odob-axloq haqidagi g’oyalari bugun hamjamiyat ma’naviyatini yuksaltirishda qimmatli dastur bo’lib kelmoqda. Yoshlarni ma’naviy, axloqiy, intellektual va jismoniy nuqtai nazaridan yetuklik darajasiga ko’tarilishida Alisher Navoiyning ma’naviy merosidan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Zero, inson qalbining quvonch-u qayg’usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-kam topiladi.1 Alisher Navoiy insonni koinotning nodir va eng oliy asosini tashkil etgan to’rt unsur, yetti ko’k va olti jihotdan ham ulug’ baholaydi: To’rt unsur, yetti ko’k, olti jihot- 1 Islom Karimov. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” Toshkent. Ma’naviyat 2008 3 98 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Nodir-u oliy asosi koinot. Barchasidin ashrafki ul inson erur, Kim kamolida xirad hayvon erur.2 Demak, maqsad –inson. Barcha sharaflilardan sharaflisi –inson. Biroq har qandayi ham emas, balki komil inson.Ma’naviy kamolotida aqlni ham lolu –hayron qoldiradigan chinakam bir insondir. Alisher Navoiy o’z davrida komil insonlarni “ahli ma’ni“deb bilgan. ,, Ahli ma’ni “bu hur fikrli, mustaqil insonlardir. Fikrsiz kishining ongida ma’ni chuqurligi bo’lmaydi. ,,Ahli ma’ni”lik tufayli axloqiy ong rivojlanadi,odam va olam taqdiriga vijdon bilan qarash qobiliyati shakllanadi.Bunday kishilar oqil va dono ,kamtar va oliyjanob ,haqiqatparvar va fidoyi kishilardir. Shoirning fikricha, ,, ahli ma’ni “ kishilari ma’naviy –axloqiy jihatdan yetuk shaxslardir. Komil inson tarbiyasi Alisher Navoiy ijodining markaziy masalalaridan biri bo’lib, asarlarini g’oyaviy –badiiy mohiyatini tashkil etadi. Alisher Navoiyning nutqi va nidolari, taklif- u tavsiyalar, targ’ib-u tashviqlari, maslahat-u nasihatlar, vasiyatlar qaratilgan shaxs bu albatta barkamolligi orzu etilgan navqiron avlod hisoblanadi. O’zidan keyingi avlodni ma’naviy-jismoniy jihatdan barkamol, aql-zakovati yanada yetuk, baxtli va saodatli ko’rish har bir naslning orzusi bo’lgan va bundan keyin ham shunday bo’lib qoladi. Alisher Navoiyning fikricha, odam axloqidagi yomonliklarni bartaraf qilishi bilan jiddiy mashg’ul bo’lsa komillikka erisha oladi: Bordurur inson zotida oncha sharaf, Kim yomon axloqni etsa bartaraf. Alisher Navoiy she’riyati insonni tinimsiz ma’naviy va ruhiy kamolotga intilishga chorlaydi. U komil inson taqdiriga javobgar shaxsday tuyuladi go’yo. Navoiy “komilman” degan insonni “noqissan” deya baholaydi. O’z nuqsonlarini isbot eta olganlarni esa “komil” deb baho beradi. Buni quyidagi misralarda ifoda etadi: Noqis uldurkim o‘zin komil degay, Komil ulkim nuqsin isbot aylagay. Kim o’zin komil ko’rar- noqisdur ul, Nuqs bermaydur kamol sori yo’l.3 Komil inson ruhiy poklangan inson tushunchasi bilan tenglashtiriladi. Demak, ruhni poklash g’oyat muhim. Poklanishning esa birgina yo’li mavjud, u ham bo’lsa nafsni yengishdir. Nafs deganda yemoqlik, ichmoqlikdan, kiymoqlikdan tashqari yana ilmsizlik, manmanlik, kibr-u havo, zulm, g’azab umuman inson ruhini bulg’aydigan, uni uni ollohdan uzoqlashtiradigan barcha illatlarning yig’indisi tushuniladi. Komil inson uchun eng muhimi – xalq tashvishi, doimo el dardi bilan o’rtanib yashashdir: Xalqdin har yaramas kelsa, xush o’lkim haqg’a, Desa bo’lmas: mening uchun yana bir xalq yarat. Komil odam shu haqiqatni chuqur idrok qiladi. Shuning uchun ham u o’zi istagan ,,yana bir xalq” yaralishini orzu qilib o’tirmaydi va el komilligi uchun hissa bo’lib qo’shiladigan imko

Доказательный фрагмент

«This article discusses the analysis of Alisher Navoi's works and the idea of a perfect person presented in them.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the analysis of Alisher Navoi's works and the idea of a perfect person presented in them. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
the idea of a perfect person, an important social task, a great teaching, the, the idea of a perfect person, an important social task, представление о совершенном человеке, важная социальная задача, komil inson g’oyasi, muhim ijtimoiy vazifa
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники