Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ПРОБЛЕМЫ ЛИРИЧЕСКОГО ГЕРОЯ
Jienbaev Musa Azatbaevich · Qoroqalpog’iston Respublikasi · Nukus shahri · THE LYRICAL HERO
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
In the article, scientific views on the lyrical hero were studied based on the scientific works of Russian and Karakalpak literary scholars. Key words: Lyrical hero, lyrical subject, lyrical object, literary twin, life prototype, artistic type, empirical fact, modern trends, lyrical hypothesis. НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ПРОБЛЕМЫ ЛИРИЧЕСКОГО ГЕРОЯ Аннотация. В статье изучены научные взгляды на лирического героя на основе научных трудов русских и каракалпакских литературоведов. Ключевые слова: лирический герой, лирический субъект, лирический объект, литературный двойник, жизненный прототип, художественный тип, эмпирический факт, современные тенденции, лирическая гипотеза. Adabiyotshunoslikda lirik qahramon 1921-yil Y.Tınyanov adabiyotga shu terminni tadbiq etganidan boshlab asosiy tadqiqot obyektlaridan biriga aylandi. Lirik qahramon sheriyatda muallif maqsadlarin badiiy aks ettirishda xizmati katta. Shoyirning ruhiy dunyosi lirik qahramon yordamida tasvirlanadi. Lirik qahramon bilan muallif o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik, ularning bir butunligi yoki ikkisining ham alohida etirof etilishi adabiyotshunoslikdagi muommolardan biridir. Biz bu maqolamizda lirik qahramon va muallif, ularning lirik asardagi xizmatini o’rganib, lirik qahramon haqida adabiyotshunoslarning fikrlarini tahlil qilishni maqsad qildik. Lirik qaharmon va muallifning o’zara bog’liqligi, lirik subyekt va obyekt masalalari haqida ilk fikrlarni rus adabiyotshunoslari bildirdilar. Lirik qahramon haqida Boris Tomashevskiy: «Lirik qahramon – (shoir obrazi, lirik «men») adabiy termin bo’lib, u shoir tarafidan yaratilgan butun lirik asarlarda tasvirlanadi. Uning yordamida shoir ijodi haqida dunyoqarash takomillashadi. Lirik qahramonning ichki dunyosi harakat va voqealarni emas, aksincha belgili bir hayotiy hodisalarni muallifning ko’ngil kechinmalari yordamida tasvirlaydi»[1.177]. Yuqoridagi fikrlarga diqqat qaratadigan bo’lsak, lirik qahramon shoir obrazi bo’lib, hayotiy hodisalar tasirida yuzaga chiqqan muallifning ruhiy istiroblarini, ko’ngil kechinmalarini tasvirlab, shoir ijodin, uning xarakterin keng manoda anglashga yordam beradi. Demak lirik qahramon shoirning lirik «men»i, obrazi bo’lsa, u sherda shoirning o’zini tasvirlaydi mi yoki muallifning g’oyasin, badiiy fikrin yuzaga chiqarish maqsadida qo’llanilgan shoirning o’zidan mustaqil badiiy detal mi kabi savollar tug’lishi tabiiy. Bu savolga javob topish uchun boshqa fikrlarga ham diqqat qaratmoqchimiz. Taniqli rus shoiri va tanqidchisi I.Annenskiy lirik qahramon haqida: «Lirik qahramon – sheriyatda muallif fikri-hayoli yordamida yaratilgan shoir obrazi. Lirik qahramon 3 56 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ shoirning badiiy-adabiy egizagi (художественный двойник), u lirik kompozitsiya matnida (tsikl, lirik kitoblar, lirik sher, lirikaning hamma turi) aniq bir shaxsning tag’dirini, ichki dunyosining o’ziga xosligini va bazda plastik (haqiqiy inson) shaxs kórinishiga ega bo’lgan shakl yoki hayotiy obraz sifatida namoyon bo’ladi (epik va dramtik turlardagi kabi to’liq plastik badiiy obrazga aylana olmasa ham)» – diya fikir bildirsa, M.Prishvin uning fikrini davom ettirib, bu kategoriyaga: «Odatta shoirning biografik shaxsi va uning lirik qahramoni bilan o’zaro bog’liqligi hayotiy prototip va badiiy tip sifatida: yaniy empirik faktlar yangi adabiy xarakterni yaratish uchun estetik tasvirlash bilan almashadi va umumlashadi. Lirik qahramon – bu yaratilgan obraz.» – diya fikri keltiradi[2.452]. Yuqoridagi fikrlar bir-birini maqullaydi. Fikrlarga aniqliq kiritaylik. Lirik qahramon shoir obrazi, badiiy-adabiy egizagi bu firklarni aytgan I.Annenskiyga qo’shilish mumkin, haqiqatdan ham lirik qahramon muallifning badiiy obrazini tasvirlagani bilan ikkisi bir butunlik emas. Egizaklar bir-biriga oxshash xususiyatlarga ega bo’lgani bilan, bir butun organizm bo’la olmagani kabi, lirik qahramon va muallif hardoyim ham bir inson sifatida qo’llanmas. Bu fikrlar M.Prishvin fikrlari bilan mos. Yaniy, shoirning hayotiy o’zgarishlarning natijasida yuzaga kelgan ko’ngil kechinmalari lirik qahramonning ruhiga singdiriladi, empirik faktlar lirik qahramonning obrazi bilan estetik tus oladi va ikkisi biriktiriladi. Lirik qahramon haqidagi fikrlar bugungu adabiyotshunoslikda yana da mukammallashdi. Hozirgi rus adabiyotshunosligida ancha rivoslandi. A.V.Shtraus ózining «Zamonaviy sheriyatda lirik qahramon muommosi: 1990-2000-yillardagi yangi tendentsiyalar» nomli dissertatsiyasida ózining tadqiqot natijalaridan kelib chiqib, lirik qahramon haqida o’z fikrlarini bildirgan: «Sheriyatdagi lirik qahramon ózining rivojlanishida birnechta bosqıchlardan o’tti, ijodkor- muallifning badiiy fantaziyasi yordamida matn va imidjning teran bog’liqligi ongli, hayolda ijod etiladi. Muallif obrazi ijod mobaynida lirik asarning to’liq bir parchasiga aylanadi. Bu ijod (перформативный) sheriyatining ta’biatiga bog’liqdir: bu sheriyatning tomos
Доказательный фрагмент
«In the article, scientific views on the lyrical hero were studied based on the scientific works of Russian and Karakalpak literary scholars.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn the article, scientific views on the lyrical hero were studied based on the scientific works of Russian and Karakalpak literary scholars. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Lyrical hero, lyrical subject, lyrical object, literary twin, life prototype, artistic, Lirik qahramon, lirik subyekt, lirik obyekt, adabiy egizak, hayotiy prototip, badiiy tip, empirik fakt, zamonaviy tendensiyalar, lirik gipoztaza., Lyrical hero, lyrical subject, lyrical object, literary twin, life prototype, artistic type, empirical fact, modern trends, lyrical hypothesis., лирический герой, лирический субъект, лирический объект, литературный двойник, жизненный прототип, художественный тип, эмпирический факт, современные тенденции, лирическая гипотеза.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025