Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ФОРМИРОВАНИЯ КОММУНИКАТИВНЫХ СПОСОБНОСТЕЙ У ДЕТЕЙ МЛАДШЕГО ШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА
Djaksımuratova Guljamal Mustapayevna
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
It is described about the behavioral characteristics of children of a small school age, mental development of children of a small school age, features of educational activity, the formation of the Personality of Primary students, emotional characteristics of students of a small school age, interpersonal attitudes during a small school period, behavioral characteristics of children of a small school age. Key words: psychic development, behavior, mental development, education. ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ФОРМИРОВАНИЯ КОММУНИКАТИВНЫХ СПОСОБНОСТЕЙ У ДЕТЕЙ МЛАДШЕГО ШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА Аннотация. Сказано об особенностях поведения детей младшего школьного возраста, психическом развитии детей младшего школьного возраста, особенностях учебной деятельности, формировании личности младших школьников, эмоциональных особенностях младших школьников, межличностных отношениях в младшем школьном возрасте, особенностях поведения детей младшего школьного возраста. Ключевое словa: психическое развитие, поведение, психическое развитие, воспитание. Kichik maktab davri 6-7 Yoshdan 9-10 Yoshgacha davom etadi. Uning psixikasi bilim olishga etadigan darajada rivojlanadi. Kichik maktab Yoshidagi bolaning muhim xususiyatlaridan biri, unda o‘ziga xos ehtiyojlarning mavjudligidir. Bu ehtiyojlar o‘z mohiyatiga ko‘ra faqat muayyan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashga qaratilmay, balki o‘quvchilik istagini aks ettirishdan ham iboratdir. SHu ehtiyojlar asosida bolaning o‘z portfeliga, shaxsiy o‘quv qurollariga, dars tayyorlash stoliga, kitob qo‘yish javoniga ega bo‘lish, kattalardek har kuni maktabga borish istagi yotadi. Ana shu ehtiyoj bola shaxsining shakllanishida, Shuningdek uning ijtimoiylashuvida katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Bu davrda bola, fan asoslarini o‘rganish uchun biologik va psixologik jihatdan tayyor bo‘ladi. Fiziologlarning fikriga ko‘ra, 7 Yoshga kelib bolaning katta miya yarim sharlari ma’lum darajada rivojlangan bo‘ladi. Lekin bu Yoshda inson miyasining psixik faoliyatni rejalashtirish, boshqarish, nazorat qilish kabi murakkab shakllariga javob beradigan maxsus bo‘limlari hali to‘liq shakllanib bo‘lmagan bo‘ladi.( miyaning bu qismlari 12 Yoshda rivojlanib bo‘ladi.) Miyaning 2 75 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ boshqaruv funksiyalarini to‘liq shakllanib bo‘lmaganligi kichik maktab Yoshidagi bolalarning xulq-atvorida, faoliyatlarini tashkil etishlarida va emotsional sohalarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Ayrim 6 Yoshli bolalar ota-onasining xohishi bilan hali o‘qishga tayyor bo‘lmay turib, maktab ostonasiga qadam qo‘yishadi. Afsuski, o‘qish davomida aqliy-ruhiy zo‘riqish oqibatida turli xil kasalliklarga chalinib, jismoniy va psixik rivojlanishda nuqsonlar paydo bo‘ladi. Bunday bolalarda eng avvalo miya strukturasining va nerv psixik jarayonlarining maktabda o‘qish uchun to‘liq etishmaganligi, ko‘ruv harakat koordinatsiyasi va kichik motorikaning rivojlanmaganligi, mantiqiy fikr mahsuldorligining pastligi kuzatiladi. Undan tashqari motivatsiya, irodaviy jihatlarining ayniqsa, ixtiyoriy diqqat va xotiraning shakllanmaganligi, xatti-harakatlarni ixtiyoriy boshqaruvdagi muammolar, bir so‘z bilan aytganda hali “O‘quvchi ichki pozitsiya”sining shakllanmaganligi maktabda o‘qishga tayyor bo‘lmagan bolalarning muqaffaqiyatli o‘zlashtirib ketishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Pedagoglar, ota-onalar, bolalarni erta maktabga berishning foyda yoki zarari to‘g‘risida o‘ylaganlarida inson miyasi rivojlanishining neyrofiziologik qonuniyatlarini ham alohida e’tiborga olishlari lozim. Bolani erta o‘qish, yozish, sanashga o‘rgatib uning bilish jarayonlari zo‘riqtirilsa, bolaning emotsional hissiy rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan miya quvvatining tanqislashuviga sabab bo‘ladi. Bundan bolalarning emotsional hissiy jarayonlarining kechishida yoki jismoniy rivojlanishida kamchiliklar sodir bo‘ladi. Bunday xolatda energiya taqsimlanishining majburan buzilishi sodir bo‘lib, u 7‑8 Yoshli bolalarni qo‘rquv, agressivlik yoki giperaktivlik holatlariga olib keladi. Bu bolani maktabda o‘qishga tayyorlash kerak emas degan fikr emas, lekin bolaning aqliy rivojlanishiga erta o‘qishni, sanashni, yozishni o‘rgatish bilangina erishib bo‘lmaydi. Ma’lumki, rivojlanish qonuniyatiga ko‘ra, har qanday taraqqiyot ko‘rgazmali obrazlilikdan abstrakt mantiqiylikka qarab boradi. Agar bola xali o‘qishga aqliy, ma’naviy-ruhiy jihatdan tayyor bo‘lmay turib, unga harf va raqamlarni yozish, o‘qish o‘rgatilsa psixik rivojlanishning teskari tomonga ketishiga sabab bo‘ladi. Psixolog olimlarning fikricha, psixik va evolyusiya taraqqiyot qonunlari ham fizik qonunlardek buzilmas, hamda universaldir. YUqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytish mumkinki, neyrofiziologik jihatdan ixtiyoriy diqqat va o‘qish uchun zarur bo‘lgan ko‘plab miyada kechadigan jarayonlar asosan 7‑8 Yoshda (aqliy Yoshi o‘zib ketgan bolalarda olti Yoshda ham) shakllanadi. YA’ni shu Yoshda bola 45 minutlik aq
Доказательный фрагмент
«It is described about the behavioral characteristics of children of a small school age, mental development of children of a small school age, features of educational activity, the formation of the Personality of Prima…»
Образец извлечения
Демо-превьюIt is described about the behavioral characteristics of children of a small school age, mental development of children of a small school age, features of educational activity, the formation of the Personality of Prima… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- psychic development, behavior, mental development, education, psixik rivojlanish, xulq-atvor, aqliy rivojlanishi, ta’lim-tarbiya., психическое развитие, поведение, психическое развитие, воспитание., psychic development, behavior, mental development, education.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025