Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
УЗБЕКИСТАН – СТРАНА МОЛОДЕЖИ
Sherqo‘ziyeva Zarnigor Farhodjon qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
In this article, the rapidly developing aspects of our country and the contributions of young people to our country, as well as the extensive reforms implemented by our president and the decrees and orders that help the development and prosperity of our country, are widely covered. Key words: development of the country, historical development path, community, education, our future, patriotic people. УЗБЕКИСТАН – СТРАНА МОЛОДЕЖИ Аннотация. В этой статье широко освещены быстро развивающиеся аспекты нашей страны и вклад молодежи в нашу страну, а также обширные реформы, проведенные нашим президентом, а также указы и распоряжения, которые помогают развитию и процветанию нашей страны. Ключевые слова: развитие страны, исторический путь развития, общество, образование, наше будущее, патриотический народ. Donolarning shunday hikmati bor, agar mamlakat 1 yil rivojlanaman desa — bug`doy eksin, agar mamlakat 10 yil rivojlanaman desa — daraxt eksin, agar mamlakat 100 yil ravnaq topaman desa — o`z yoshlarini o`stirsin. Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo‘lidan ma’lumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishi o‘sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibor darajasiga bog‘liq. Shu ma’noda, O‘zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ayni davrda insoniyat tarixidagi eng ko‘p yoshlar qatlami bilan yashayotganimizni inobatga olgan holda BМТ minbarida Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi BМТ konvensiyasini qabul qilish taklifi ilgari surilgani ham xalqaro hamjamiyat tomonidan iliq qarshilandi. O‘zbekiston rahbari bunga asos qilib, bugun dunyo miqyosida yoshlarning soni ikki milliarddan ortib ketgani, xaqlaro terrorizm va ekstremizm shiddat bilan o‘sib borayotgan bir paytda yoshlarga himoya zarurligini muhim omillar sifatida asoslab berdi. Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida birinchi imzolagan qonun hujjati – 2016-yil 14-sentabrdagi «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonun ekanida ham ramziy mazmun-mohiyat mujassam. Binobarin,aholisining yarmidan ko‘proq yoshlardan iborat bo‘lgan mamlakatda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, yosh 2 43 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ avlodni har tomonlama yetuk va barkamol,intellektual salohiyatli, o‘z qat’iy pozitsiyasiga ega, yurtda amalga oshirilayotgan islohotlarga befarq bo‘lmagan, yurtning ertangi munosib kelajagi uchun daxldorlikka tayyor, maqsadga intiluvchan, serg‘ayrat, vatanparvar, sadoqatli, komil shaxslar sifatida tarbiyalash O‘zbekistonni dunyoning eng rivojlangan davlatlari safidan o‘rin olishining muhim omili ekanini mamlakat rahbari va hukumat yaxshi anglaydi. Va shuning uchun yoshlardan katta yutuqlarni talab qiladi. Biz yoshlar esa davlat siyosatini izchil amalga oshirish uchun har tomonlama yetuk va barkamol, intellektual salohiyatli, o‘z qat’iy pozitsiyamizga ega shaxs bo‘lishimiz zarur. Davlatmiz tarixida ilk bora 30 iyun – “Yoshlar kuni” sifatida nishonlana boshlandi. Shu ma`noda, Yurtboshimiz tashabbusi bilan 30 iyun – “Yoshlar kuni” etib belgilangani yoshlar uchun o`ziga xos quvonchli bayram bo`lish bilan birga, ularni yangi, yuksak marralarga chorlovchi, jonajon vatanimizga sadoqatini yanada kuchaytiruvchi beqiyos rag`bat hamdir.Shuni yana takidlash kerakki biz bu imkoniyatlatdan unumli foydalana olishimiz kerak. Buning uchun o‘z ustimizda ishlashimiz va yurtimiz uchun foyda keltiraoladigan shaxs bo‘lishimiz kerak. “O`zbekiston Respublikasi yoshlari kunini belgilash to`g`risida”gi qonun O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`n birinchi yalpi majlisida ma`qullangani mamlakatimizda yoshlar siyosati oqilona olib borilayotganining huquqiy ifodasi bo`ldi. O‘z navbatida, O‘zbekistondagi barcha o‘zgarishlarning negizi hisoblangan ta’lim-tarbiya tizimida ham tub islohotlar olib borilmoqda. Ayni vaqtda ta’lim, shu jumladan, ijtimoiy soha uchun xarajatlar miqdori davlat byudjeti xarajatlar umumiy qiymatining yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etmoqda. Tabiiyki, har qanday davlat ham bunday katta xarajatlarni ko‘tara olmaydi, ammo qanchalik og‘ir bo‘lmasin, buning uchun zarur mablag‘ va resusrlar izlab topilmoqda. Shunday ekan biz bu mablag’lardan unumli foydalana olishimiz va kerakli narsalar uchun sarf qilishimiz darkor. O‘zbekiston rahbari mazkur xarajatlarni xarajat emas, balki kelajak uchun qo‘yilgan eng samarali sarmoya deb hisoblab, ta’lim darajasi va sifati har qanday davlatning istiqbolini belgilab beradigan muhim omil ekanini ta’kidlamoqda. Haqiqatan ham, islohotlarning taqdiri, natijasi, birinchi navbatda, kadrlar saviyasiga, ularning davr va taraqqiyot talablariga nechog‘li javob bera olishiga bog‘liq. Shunday ekan islohatlarning natijasi qilib biz yurtimiz uchun yetuk kadrlar yetishib chiqishi uchun davr va taraqqiyot talablariga javob
Доказательный фрагмент
«In this article, the rapidly developing aspects of our country and the contributions of young people to our country, as well as the extensive reforms implemented by our president and the decrees and orders that help t…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the rapidly developing aspects of our country and the contributions of young people to our country, as well as the extensive reforms implemented by our president and the decrees and orders that help t… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- development of the country, historical development path, community, mamlakat rivoji, tarixiy taraqqiyot yo‘li, hamjamiyat, ta’lim- tarbiya, kelajagimiz, vatanparvar shaxslar., развитие страны, исторический путь развития, общество, образование, наше будущее, патриотический народ., development of the country, historical development path, community, education, our future, patriotic people.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026