К содержанию
РецензированоRU2023

ШАРИФЖОН МАХДУМ САДР ЗИЯ – ИССЛЕДОВАТЕЛЬ ИСТОРИИ БУХАРЫ

Beshimov Maqsud Komilovich

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

This article will talk about the life path and scientific work of Sharifjan Mahdum Sadr Ziyah, one of the Bukharan enlighteners who lived and worked in the late 19th century and early 20th century. A brief analysis of his work and works in public office is also mentioned. Keywords: Sharifjan Makhdum Sadr Ziyo, enlightener, “Muntahab at-tavorix”, “history of Mukhtasar”, “mention of career and positions in Uzbek dynasties”, “water distribution in Bukhara”, “Rəznznə”, “Tazkirat ul-shuaro", " Tazkirat ul-khattutin”. Kirish (Introduction) O’z davrining namoyandasi Sharifjon Maxdum Sadr Ziyo (1867-1931) XIX asr oxiri XX asr boshlari Buxoro ilmiy-adabiy muhiti an’analari yo‘nalishida ijod qilgan ma’rifatparvar, tarixchi, xattot, kitobsevar hisoblanadi. U 1867-yil Buxoro amirligiga qarashli Ziyovuddin qishlog‘ida tug‘ildi. Uning otasi domla Abdushukur amirlikning e’tiborli amaldorlaridan bo‘lib, amir Muzaffar (1860-1885) zamonida Ziyovuddin qozisi etib tayinlanadi. 1893-yil Sharifjon Maxdum Xayrobod tumani qozisi etib tayinlandi. Shundan keyin, 1920- yilgacha, ya’ni amirlik tuzumi ag‘darilgunga qadar Buxoro amirligining turli tumanlarida qozilik lavozimini egallab keldi. 1917-yil aprel-sentyabr oylarida esa bir muddat Buxoro qozikaloni vazifasida turdi. Buxoroda sovet hokimiyati o‘rnatilgandan so‘ng Sharifjon Maxdum yangi hukumatning turli idoralarida ishladi. 1931-yil vafot etadi. Mavzuga Oid Adabiyotlarning Tahlili (Literature Review) 3 31 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Sharifjon Maxdum badavlat xonadon vakili, mansabdor shaxs bo‘lishiga qaramay, ilm- ma’rifatni doim birinchi o‘ringa qo‘yardi va umrining oxirigacha ma’rifatparvarlik g‘oyalariga sodiq qoldi. U to‘plagan yozma yodgorlik namunalari, undan qolgan boy kutubxona va uning qalamiga mansub asarlar bunga guvoh. “Majmua’ muraqqa’” nomi bilan mashhur XV asr nodir yozma yodgorligi –“Navoiy” albomi Sharifjon Maxdum kutubxonasida saqlangan. Sadriddin Ayniy o‘z “Esdaliklar”ida Sharifjon Maxdum to‘g‘risida iliq fikrlar bildirib, uning ziyoli, ma’rifatli bo‘lganligini, iste’dod sohiblarini yuksak qadrlaganini yozib qoldirgan. Tadqiqot Metodologiyasi (Research Methodology) Mazkur masalani bayon qilishda tarixiylik, ilmiy-ijodiy qiyoslash, tarixiy tanqidiylik metodlaridan o'rinli foydalanildi. Shuningdek, mantiqiylik va tarixiy uzviylik usullariga ham rioiya qilingan. Tahlil va Natijalar(Analysis and Results) Sharifjon Maxdum ma’rifiy olamida ikki jihat yaqqol ko‘zga tashlanadi: birinchisi, uning qalamiga mansub tarixiy-adabiy asarlari bo‘lsa, ikkinchisi u tashkil etgan boy kutubxona. U tarixchi sifatida umumiy tarix va Buxoro tarixining ayrim masalalari bo‘yicha bir necha asarlar muallifi. Jumladan, “Muntaxab at-tavorix”, “Tarixi muxtasar”, “Usmonli turk hukmdorlari silsilasi”, “Eron tarixi”, “Buxoroning paydo bo‘lish tarixi”, “Qabila va urug‘larning bo‘linishi”, “O‘zbek sulolalaridagi mansab va lavozimlar zikri”, “Buxoroda suv taqsimoti”, “Ro‘znoma” va boshqalar. Bu tarixiy asarlar o‘ta ilmiylikka da’vo qilmasa-da, o‘ziga xos ma’rifiy ahamiyatga ega. Bular ichida “O‘zbek sulolalarida mansab va lavozimlar zikri”, “Buxoroda suv taqsimoti”, “Ro‘znoma” kabi asarlar Buxoro amirligining so‘nggi davrlari ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotini o‘rganish uchun katta ahamiyat kasb etadi. O‘zR FA Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida Sharifjon Maxdumning “Ro‘znoma” nomli qo‘lyozma asari saqlanadi. Qo‘lyozma 260 varaqdan iborat. Bayon etilgan voqealar xronologiyasiga ko‘ra, asar 1930-yilda yozib tugallangan. Olimlar ma’lumotiga qaraganda, asar Sharifjon Maxdumning o‘z qo‘li bilan yozilgan, ilmiy til bilan aytganda, avtograf, ya’ni dastxat hisoblanadi. Unda muallifning tarjimai holi, Sharifjon Maxdumga zamondosh bo‘lgan ba’zi shoirlar to‘g‘risida tazkiraviy ma’lumotlardan tashqari Buxoro amirligining XX asr boshlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar keltiriladi. Jumladan, amir Abdulahad tashabbusi bilan Xutfar kanalining qazilishi va bu tadbirning Buxoro suv ta’minoti rivojidagi o‘rni, Buxoro amirligi hududlari bo‘ylab o‘tgan temir yo‘lning qurilish tarixi, Buxorodagi 1918-yil mart voqealari, 1921-1922-yillardagi istiqlolchilik harakati va hokazolar. Sharifjon Maxdum o‘z asarida shunday yozadi: “Xoqonlik marhamati va fuqaroparvarlik yuzasidan haqqoba (suv taqsimoti) masalasida farmoni oliy berildi. Shu farmonga muvofiq, [mutasaddilar] kom (katta ariq) boshiga borib suvni [Buxoro tumanlariga] taqsim qildilar. Somjin va Komot tumanlari komlariga o‘n besh kun band tashlandi. Suv Xutfar komiga burib yuborildi. Shu muddat ichida Xutfar tumani yerlari to‘la suv ichdi. Alloh marhamati bilan daryo suvi bir marta har yilgidan ziyoda bo‘lib, barcha tuman ariqlari suvga to‘ldi”. Uning ko‘hna yodgorliklari va qadimiy binolari tarixi” nomli qo‘lyozma asari alohida qimmatga ega. Asarning katta qismi Buxoro amirligining Rossiya imperiyasi

Доказательный фрагмент

«This article will talk about the life path and scientific work of Sharifjan Mahdum Sadr Ziyah, one of the Bukharan enlighteners who lived and worked in the late 19th century and early 20th century.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article will talk about the life path and scientific work of Sharifjan Mahdum Sadr Ziyah, one of the Bukharan enlighteners who lived and worked in the late 19th century and early 20th century. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Sharifjan Makhdum Sadr Ziyo, enlightener, “Muntahab at-tavorix”, “history, Sharifjon Maxdum Sadr Ziyo, Шарифджон Махдум Садр Зия
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники