Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
РАБОТЫ ”ТАРИХИ МУКИМХАНИ“, ”УБАЙДУЛЛИНОМА "ЯВЛЯЮТСЯ ВАЖНЫМ ИСТОЧНИКОМ ПО ИЗУЧЕНИЮ ИСТОРИИ БУХАРЫ
O‘RGANISHDA MUHIM MANBA · Beshimov Maqsud Komilovich · Mulla Usmon
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
In this article, the valuable information not found in Muhammad Yusuf Munshi's “history of Muqimkhani” and other works in it is truthful. The importance of Mir Muhammad Amin Bukhari's” Ubaydullanoma " in the study of the socio-cultural life of Bukhara at the end of the 17th century to the beginning of the 18th century is also explained. Keywords: Muhammad Yusuf Munshiy, "history of Muqimkhani", A.A.Semyonov, A.F.Negri, British Ambassador A.Borns, Abdulmomin, Dinmuhammadkhan, Hazrat Mavlono Muhammad Zahid, Mir Muhammad Amin Bukhari, "Ubaydullanoma", Sayyido Nasafi, Kasimkhoja, Akhund Mulla Usman, Shahobiddin. Kirish (Introduction) Ashtarxoniylar davri xususida yorqin ma’lumotlar beruvchi tarixiy manbalardan biri Muhammad Yusuf Munshiyning “Tarixi Muqimxoniy” asaridir. Asar o‘z nomiga ko‘ra, Balx xoni Muhammad Muqimxonga (1697-1707) bag‘ishlangan. Muhammad Muqimxon davrida muallif saroy munshiysi lavozimida xizmat qilgan. Asar 1697-1704-yillar orasida yozib tugallangan. Uning qo‘lyozma nusxalari keng tarqalgan, shu bois Yevropa, Rossiya, O‘zbekistonda atroflicha o‘rganilgan. Asarning A.A.Semyonov tomonidan rus tiliga qilingan ilmiy-izohli tarjimasi 1956-yil Toshkentda nashr etildi. Mavzuga Oid Adabiyotlarning Tahlili (Literature Review) 3 10 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 1820-1821-yillarda Buxoroga tashrif buyurgan rus elchisi A.F.Negri Buxoro hukmdori amir Haydardan (1800-1826) sovg‘a tariqasida Muhammad Yusuf Munshiyning “Tarixi Muqimxoniy” asari qo‘lyozma nusxasini qabul qiladi va o‘zi bilan Peterburgga olib ketadi. Shuningdek, ingliz elchisi A.Borns 1832-yil Buxoroda bo‘lib, asarning ikkinchi qo‘lyozma nusxasini qo‘lga kiritadi va uni Angliyaga olib ketadi. Keyinchalik bu asar Buyuk Britaniya qirolligi kutubxonasiga kelib tushadi1. Shu tariqa “Tarixi Muqimxoniy” Yevropaga ma’lum bo‘ladi va asar ustida ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Tadqiqot Metodologiyasi (Research Methodology) Mazkur masalani bayon qilishda tarixiylik, ilmiy-ijodiy qiyoslash, tarixiy tanqidiylik metodlaridan o'rinli foydalanildi. Shuningdek, mantiqiylik va tarixiy uzviylik usullariga ham rioiya qilingan. Tahlil va Natijalar(Analysis and Results) “Tarixi Muqimxoniy” muqaddima va uch bobdan iborat. Muqaddimada turkiy xalqlarning kelib chiqishi afsonaviy Alanquva bilan bog‘lanib, Chingizxonning ota-bobolari, mo‘g‘ullar tomonidan Movarounnahr va unga yondosh hududlarning bosib olinishi muxtasar yoritiladi. Birinchi bob shayboniylar davri tarixiga bag‘ishlangan. Ikkinchi bob Balx va qisman Buxoro xonligining XVII asrdagi ijtimoiy-siyosiy hayoti, Hindiston, Eron, Turkiya va Qoshg‘ar bilan munosabatlarini o‘z ichiga oladi. Uchinchi bobda Buxoro bilan Balx o‘rtasidagi qurolli kurash aks etgan. Asarda bevosita Buxoro ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotiga oid ma’lumotlar borki, aynan shularga to‘xtalish ushbu darslikning maqsad doirasiga kiradi. Shayboniylar sulolasining inqirozi, Abdulmo‘minning o‘ldirilishi va ashtarxoniylar hukmronligining boshlanishi asarda mayda detallar bilan yoritib berilgan. Asarga murojaat qiladigan bo‘lsak, bularning barchasiga guvoh bo‘lamiz. 1572-yil Abdullaxon Balxni egalladi va oradan o‘n yil o‘tgach, ya’ni 1582-yil o‘n besh yoshli o‘g‘li Abdulmo‘minni Balx hokimi etib tayinladi. Abdulmo‘min hali yosh bo‘lganligi uchun amir Jonkeldibiyni unga otaliq etib belgiladi. Unga qadar shahar hokimi Abdullaxonning amakivachchasi Dinmuhammadxon edi. Abdullaxonning o‘z o‘g‘li Abdulmo‘minni Balxga yuborishi Dinmuhammadxonni katta tashvishga soldi. Chunki Abdulmo‘min harbiy qo‘shin bilan Balx tomonga otlangan edi. Dinmuhammadxon ruhoniy Hazrat Mavlono Muhammad Zohidga (taxallusi Maxdumi bozorcha, vafoti 1594-yil) murojaat etib undan ikkala tomonni murosaga keltirishni iltimos qiladi. Iltimosga muvofiq, Mavlono Muhammad Zohid Abdulmo‘min huzuriga kelib, unga Dinmuhammadxon o‘zini Abdulmo‘minga tobe deb hisoblashini yetkazadi. Bunga javoban Abdulmo‘min Dinmuhammadxonning gaplari rost bo‘lsa hech qanday tashvish tortmasdan o‘z oldiga kelishini, agar u istasa Balxni unga qoldirib, o‘zi Xurosonga ketishini va yoxud Xuroson hukmdorligiga talabgor bo‘lsa, uning bu istagini ham amalga oshirishga tayyor ekanligini bildiradi. Abdulmo‘min Dinmuhammadxon tomonidan elchi qilib yuborilgan shayxni, ya’ni Mavlono Muhammad Zohidni turli sovg‘alar bilan siylaydi. Dinmuhammadxonga esa shayx orqali qimmatbaho to‘n in’om etadi. Mavlono Muhammad Zohid boshchiligidagi elchilar guruhi Dinmuhammadxon huzuriga kelib Abdulmo‘minning so‘zlarini yetkazgach, Dinmuhammadxon Abdulmo‘minning bu iltifotini zaiflik deb hisoblab, tezda unga qarshi qo‘shin tortishga farmon berdi. Uning bunday yo‘l tutishi shayxning qon to‘kilishining oldini olish uchun qilgan sa’y-harakatlarini chippakka chiqardi. G’azabga mingan Abdulmo‘min 3 11 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Balxga h
Доказательный фрагмент
«In this article, the valuable information not found in Muhammad Yusuf Munshi's “history of Muqimkhani” and other works in it is truthful.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the valuable information not found in Muhammad Yusuf Munshi's “history of Muqimkhani” and other works in it is truthful. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Muhammad Yusuf Munshiy, "history of Muqimkhani", A.A.Semyonov, Мухаммад Юсуф Мунши
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026