Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ОСВЕЩЕНИЕ ОБЩЕСТВЕННО-ПОЛИТИЧЕСКОЙ ЖИЗНИ БУХАРЫ В ИСТОЧНИКАХ НАЧАЛА XX ВЕКА
IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOTINING YORITILISHI · Beshimov Maqsud Komilovich · Xo‘ja Zikriyo · Buxoro Arki.
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
This article reveals some aspects of the socio-political life of Bukhara in the sources of the early XX century, including the work of Mirzo Salimbek “Tarikh Salimi". The article also describes the visit of Emir Alimkhan for negotiations with V. Provides information about the fate of representatives of the Bolsheviks led by Utkin. Keywords: Mirza salimbek, Sharifjon Makhdoom Sadr Zia, Muhammad Ali baljuvani, "Jome ul-Gulzar", “Tarikhi Salimi", Amir Olimkhan, Jadidist movement, Bolsheviks, Mirza Nasrullah, V.Utkin, Khoja Zikria, Bukhara Arch. Kirish (Introduction) XX asr boshlarida ijod qilgan tarixnavislardan Mirzo Salimbek, Sharifjon Maxdum Sadr Ziyo, Muhammad Ali Baljuvoniy o‘z asarlarida Buxoroning mang‘itlar davri ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotiga doir ma’lumotlarni taqdim etib, o‘zlaridan oldingi mualliflarning ilmiy an’analarini davom ettirdilar hamda mang‘itlar sulolasi tarixining o‘ziga xos jihatlarini yoritib berdilar. Mirzo Salimbek 1850/51-yilda Buxoroning badavlat va nufuzli xonadonida tavallud topdi. U hayoti va faoliyati davomida amirlikning yuqori lavozimlarida faoliyat ko‘rsatdi. Masalan, 1884-1885-yillari Turkiston general-gubernatorligida Buxoroning vakili sifatida faoliyat olib bordi. Tuman amlokdori, shahar mirshabi, bir qancha viloyatlar hokimi, bosh zakotchi kabi 3 00 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ mansablar Mirzo Salimbekning ijtimoiy hayotda faolligidan dalolat beradi. Vafot etgan yili aniq emas. Avlodlari hozirda Buxoroda istiqomat qiladi. Mavzuga Oid Adabiyotlarning Tahlili (Literature Review) Mirzo Salimbek bir qancha tarixiy va adabiy asarlar muallifi. “Kashkuli Salimiy”, “Jome’ ul-gulzor”, “Ta’rixi Salimiy” shular jumlasidandir. “Ta’rixi Salimiy” 1917-1920-yillarda yozilgan. Asar qo‘lyozmasi ustida sharqshunos N.Norqulov chuqur tadqiqot olib borib, uni nomzodlik dissertasiyasi darajasida himoya qilgan. “Ta’rixi Salimiy”ning N.Norqulov tomonidan rus tiliga qilingan ilmiy-izohli tarjimasi 2009-yil Toshkentda chop etildi. Asarning Chingizxon tarixidan amir Muzaffar davrigacha bo‘lgan qismi kompliyativ bo‘lib, mustaqil ahamiyat kasb etmaydi. 1860-1920-yillar voqealarini o‘z ichiga olgan asosiy qismi originalligi, shu davrda yozilgan boshqa tarixiy asarlarda uchramaydigan ma’lumotlarga boyligi bilan ajralib turadi. Tadqiqot Metodologiyasi (Research Methodology) Mazkur masalani bayon qilishda tarixiylik, ilmiy-ijodiy qiyoslash, tarixiy tanqidiylik metodlaridan o'rinli foydalanildi. Shuningdek, mantiqiylik va tarixiy uzviylik usullariga ham rioiya qilingan. Tahlil va Natijalar(Analysis and Results) Amir Muzaffar davrida sodir bo‘lgan voqea-hodisalar, Buxoro-Qo‘qon, Buxoro-Rossiya munosabatlari, amirlikning ma’muriy tuzilishi, umumiy ahvoli haqida qimmatli ma’lumotlar mavjud. Tarixiy voqealar bayoni davomida ayrim hikoyatlar ham keltiriladi. Jo‘yboriylar to‘g‘risidagi shunday hikoyatlar asardan joy olgan. Amir Abdulahad, Amir Olimxon hukmronlik davri, Mirzo Nasrullo qushbegi, jadidchilik harakati, bolsheviklar xuruji to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘ziga xos tarixiy-badiiy uslubda yoritib beriladi. Mirzo Salimbek Mirzo Nasrullo qushbegi faoliyatiga baho berganda, uning salbiy jihatlarini ba’zan oshirib yuboradi. Mirzo Nasrullo qushbegi amirlikda katta vakolatlarga ega bo‘lganligi sabab, biron-bir masala uning maslahatisiz hal etilmaganini muallif tanqid ostiga oladi. Uning jadidlarni maxfiy qo‘llab-quvvatlagani, jadidlar g‘oyasiga ergashgani, amirni ham chalg‘itgani salbiy holat sifatida talqin qilinadi. Muallif amir Olimxonga bo‘lgan xayrixohligi va sadoqatini yashirmagan holda Fayzulla Xo‘jayevning jadidlik faoliyatiga salbiy munosabatda bo‘ladi va uni fitnachilikda ayblaydi. 1918-yil mart oyida bolsheviklar bilan amir Olimxon qo‘shinlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan jang harakatlari, amir bilan muzokara olib borish uchun Kogondan Arkka yuborilgan Kogon shahar soveti raisi V.Utkin boshchiligidagi yigirma ikki bolshevik vakili va ular bilan Arkda bo‘lib o‘tgan otishmalar xususida batafsil hikoya qilinadi. 1918-yil mart voqealari boshlanishidan oldin bolshevik F.Kolesov sakkiz banddan iborat talabnomani amir Olimxonga yuborgani to‘g‘risida so‘z yuritib, “talabnomada ko‘rsatilgan shartlar amir tomonidan qabul qilingan taqdirda, na shariatdan, na Buxoro hukumatidan nom-nishon qolmasdi. [Alloh] o‘z panohida asraguvchi Buxoro jadidlar qo‘liga o‘tib ketgan bo‘lardi”, - deb yozadi, muallif. Amir Olimxon mahramlaridan biri, tilmoch Xo‘ja Zikriyo to‘g‘risida asarda keltirilgan ma’lumotlar e’tiborni tortadi. Mirzo Salimbekning bu amaldorga nisbatan ham munosabati salbiy va uni ham bolsheviklarga sotilganlikda ayblaydi. Xo‘ja Zikriyo doim amir oldida yurib davlatning barcha sir-asrorlaridan xabardor bo‘lgan. Asarda yozilishicha, 1918-yil bahorida, Kolesov voqealari davrida bir muddat Sitorai Mohixosada turgan amir Olimxonni saroy xizmatchilari Arkka borishga da’vat etadilar. Bundan voqif bo‘lgan Xo‘ja Zi
Доказательный фрагмент
«This article reveals some aspects of the socio-political life of Bukhara in the sources of the early XX century, including the work of Mirzo Salimbek “Tarikh Salimi".»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article reveals some aspects of the socio-political life of Bukhara in the sources of the early XX century, including the work of Mirzo Salimbek “Tarikh Salimi". Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Mirza salimbek, Sharifjon Makhdoom Sadr Zia, Muhammad Ali baljuvani, Мирза салимбек, Шарифджон Махдум Садр Зия, Mirza salimbek, Sharifjon Makhdoom Sadr Zia, Mirzo Salimbek, Sharifjon Maxdum Sadr Ziyo
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025