Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
КОММУНИКАТИВНЫЕ ТРЕБОВАНИЯ К ПОЛИТИЧЕСКОМУ ДИСКУРСУ И ИХ РЕАЛИЗАЦИЯ
ULARNING AMAL QILINISHI · Iqboloy Yovmudboyeva G‘ulom qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
This article analyzes definitions of political discourse and makes specific conclusions. Communicative requirements for political speech have been researched with examples. Such requirements as correctness, accuracy, logic, cleanliness of speech are expressed using examples of how significant it is for political speech. The article uses not only the speeches of Uzbek speakers, speeches at the BA'lki international pulpits as practical examples. Keywords: political speech, communicative demand, correctness, accuracy, logic of speech. КОММУНИКАТИВНЫЕ ТРЕБОВАНИЯ К ПОЛИТИЧЕСКОМУ ДИСКУРСУ И ИХ РЕАЛИЗАЦИЯ Аннотация. В этой статье анализируются определения политического дискурса и делаются конкретные выводы. Коммуникативные требования к политическому дискурсу были исследованы на примерах. Насколько значимы для политической речи такие требования, как правильность, точность, логичность, чистота речи, были истолкованы на примерах. В качестве практических примеров в статье использованы не только выступления узбекских ораторов, но и выступления с международных трибун. Ключевые слова: политическая речь, коммуникативное требование, правильность, точность, логичность речи. Siyosiy nutqning tadqiq qilinishi nutq madaniyati uchun yetakchi masalalardan hisoblanadi. Siyosiy-ijtimoiy notiqlikning mahsuli bo‘lgan siyosiy nutq aniq maqsadga, ya’ni jamiyatdagi muhim masalalarni tahlil qilishga yo‘naltirilganligi, muayyan vaqt reglamentiga egaligi bilan boshqa turdagi nutq shakllaridan ajralib turadi. O‘zbek nutq madaniyati yo‘nalishi uchun ilk darsliklardan hisoblangan R.Qo‘ng‘urov, E.Begmatov, E.Tojiyevlar muallaifligidagi “Nutq madaniyati va uslubiyati asoslari”(1990-yilgi nashri) kitobida siyosiy nutq “Ommaviy ma’ruzalar” mavzusida o‘rganiladi va bu jarayonda nutqning siyosiy o‘ziga xosliklari va xususiyatlari umumiy qarashlar bilan baholanadi. Aslida esa ommaviy ma’ruzalar nutq madaniyati 2 8 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ uchun qay darajada ahamiyatli bo‘lsa, siyosiy nutqning ahamiyatliligi ham xuddi shu darajadadir. Keyinchalik To‘ra Qudratovning “Nutq madaniyati asoslari” o‘quv qo‘llanmasida siyosiy nutq tahliliga butunlay boshqacha yondashiladi. Ya’ni, ushbu nutq mazmuniga ko‘ra emas, balki ifodalanishiga ko‘ra og‘zaki va yozma nutq shaklida tasnif qilinib, izohlanadi. Nisbatan yangi R.Rasulov, N.Husanov, Q.Mo‘ydinovlar muallifligida 2006-yilda nashr qilingan “Nutq mahorati” o‘quv qo‘llanmasida “Notiqlik turlari. Nutq ko‘rinishlari”- deb beshta turga ajratadi va birinchi turini “Siyosiy-ijtimoiy notiqlik”- deb nomlaydi. Lekin ularning orasidan “Sud notiqligi”ga kengroq to‘xtalib o‘tadi. Siyosiy nutq tahliliga kelganda Yunon notiqlik maktabi va sharq voizligi bilan cheklanib qoladi. N.G‘oyibov, D.Yusobov, A.Mavlyanovlar muallifligidagi “Notiqlik san’ati” ma’ruzalar matnida esa siyosiy nutq quyidagicha ta’riflanadi: Asosan, rahbarlar tomonidan qilinadi va shuning uchun ham dasturilamal xususiyatga ega bo‘lib, bunday nutqlarda davrning dolzarb masalalari, boy faktik materiallar aks ettiriladi. [1:47] Ushbu fikrlarga qo‘shimcha ravishda Hindistonning Maurer universiteti tasarrufidagi Huquq maktabi o‘qituvchisi, huquq fanlari doktori Jennifer Muellerning “Difference betweeen poltical speech & commercial speech” (Siyosiy va tijoriy nutqning o‘zaro farqi) maqolasidagi siyosiy nutqqa berilgan izohni keltirib o‘tsak: Siyosiy nutq bu shunchaki hokimyat tomonidan ishlab chiqilgan nutq emas, ba’lki ijtimoiy muammolarning muhokamasi hamdir. Siyosiy nutning asosiy mazmuni xalqning farovniligi. [2] Ya’ni siyosiy nutqda yuqorida ta’kidlaganimizdek, aniq maqsad ko‘zlangan bo‘ladi. Bu maqsadning amalga oshish darajasi esa bevosita nutqning to‘g‘ri tashkil qilinganligiga bog‘liq. Nutq to‘g‘ri tashkil qilinishi uchun esa, albatta, kommunikativ talabalar (nutqning to‘g‘riligi, аniqligi, mаntiqiyligi, tоzаligi)ga javob berishi lozim. Siyosiy nutq katta imkoniyat bilan birga, majburiyatlardan ham iboratligi bois, har bir talabning qanoatlantirilishi imkoniyat va majburiyatlarini bir butunlashtiradi. Kommunikativ talablar va ularning amal qilinishi haqida kengroq to‘xtalib o‘tsak: Nutqning to‘g‘riligi: “To‘g‘rilik deganda deb yozadi V.G.Kostomarov,-nutq madaniyatining zarur va birinchi sharti sifatida adabiy tilning ma’lum paytda qabul qilingan normasiga qat’iy va aniq muvofiq kelishini, uning talaffuz, imloviy va grammatik normalarini egallashni tushunish lozim bo‘ladi”.[3:24] Demak, adabiy me’yor (leksik – semantik, grafik, fonetik, aktsentologik, grammatik morfologik va sintaktik so‘z yasalish, imloviy, uslubiy, punktuatsion)larga asoslangan nutq, nutning to‘g‘riligi talabini ham qanotlantira oladi. Siyosiy nutqni uning audiotoriyasi jihatidan tahlil qilsak, ya’ni siyosiy nutq rasmiy doiralar uchun xosligini ham inobatga olsak, “nutqning to‘g‘riligi” tom ma’noda siyosiy nutq uchun birinchi talab deya olamiz. Chunki rasmiy doiralarda adabiy til
Доказательный фрагмент
«This article analyzes definitions of political discourse and makes specific conclusions.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes definitions of political discourse and makes specific conclusions. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- political speech, communicative demand, correctness, accuracy, logic of, Siyosiy nutq, kommunikativ talab, Nutqning to‘g‘riligi, aniqligi, mantiqiyligi., политическая речь, коммуникативное требование, правильность, точность, логичность речи., political speech, communicative demand, correctness, accuracy, logic of speech.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025