Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Oson matn nima? Arziyeva Nargiza DTYU kutubxonachisi
UZBEKISTAN” JURNALI · Arziyeva Nargiza DTYU kutubxonachisi
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 03 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada O‘zbekistonda yaqindan joriy etilgan “oson matn” tushunchasi, uning kelib chiqishi, maqsadi va amaliy ahamiyati yoritilgan. Oson matn – bu aqliy rivojlanishda o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan insonlar uchun mo‘ljallangan, tushunilishi oson, soddalashtirilgan matn shaklidir. Maqolada Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilingan Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaning qabul qilinishi va O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilinishi bu matn turining joriy etilishida asosiy omil bo‘lgani ta’kidlanadi. Shuningdek, “Sharoitplus” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan “Huquqplus” loyihasi doirasida oson matn formatida qonuniy hujjatlar tayyorlanib, nogironligi bor insonlarga huquqiy axborotga erkin kirish imkonini berayotgan tajriba ham yoritilgan. Maqola oson matn formatining nafaqat huquqiy, balki ta’limiy va ijtimoiy sohalarda keng qo‘llanilishi zarurligini asoslaydi va bu yo‘nalishda nashriyotlar, kutubxonalar va ilmiy muassasalarning faol ishtirokini targ‘ib etadi. Kalit so’zlar: Oson matn, aqliy rivojlanishdagi o‘zgacha xususiyatga ega bo‘lgan insonlar, nogironlar huquqlari, BMT konvensiyasi, huquqiy axborot, Sharoitplus, Huquqplus loyihasi, inkluziv ta’lim, axborotga teng imkon, soddalashtirilgan matn, O‘zbekiston qonunchiligi. Oson matn tushunchasi bu O’zbekistonga yangi kirib kelgan matn turi hisoblanadi. Ho ‘sh oson matn tushunchasi O‘zbekistonga qayerdan kirib keldi? Biz bilamizki Yer yuzida turli insonlar mavjud. Ular orasida nogironligi bor insonlar ham kam emas. Ana shunday insonlarning huquqlarini himoya qilish maqsadida 2006-yil 13-dekabrda Birlashgan Millatlar tashkiloti tomonidan Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya ishlab chiqildi va 2007-yilning 30-martida imzolandi.Konvensiya rasman qabul qilinganidan keyin uni ilk bor 20ta davlat radifikatsiya qildi.Shundan so‘ng 2008-yil 3-mayida Konvensiya rasman kuchga kirdi.Keyinchalik esa Konvensiyani 184 ta davlat va 2010-yil 23-dekabirida Yevropa Ittifoqi Konvensiyani radifikatsiya qildi. O‘zbekiston Respublikasi ham o‘zining insonparvarlik, mehr-oqibat g‘oyalaridan kelib chiqqan holda 2021-yil 7-iyun kuni “Nogironlar huquqlari 62 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 07, 2025. JULY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyani ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunni tasdiqladi va bu qonun shu yilning 28-iyulidan boshlab kuchga kirdi. Konvensiyaga ko‘ra endi O‘zbekistonda yashovchi barcha turdagi nogironligi bor insonlarning huquqlarini himoya qilish va ularga kerakli qulay sharoitlarni yaratishni davlat o‘z zimmasiga oldi. Radifikatsiya qilingan ana shu Konvensiyada barcha nogironligi bor insonlar singari aqliy rivojlanishda o‘zgacha hususiyatga ega bo ‘lgan insonlarning o‘qishi, ishlashi va yashashi uchun ham kerakli sharoitlarni yaratish ko‘zda tutilgan edi.Oson matn esa mana shunday aqliy rivojlanishda o‘zgacha hususiyatga ega bo‘lgan insonlar uchun ishlab chiqilgan matn turi hisoblanadi. Oson matn orqali qonunlar, xabarlar, ma’lumotlarni sodda tilda aqliy rivojlanishda o‘zgacha xususiyatga ega bo‘lgan insonlarga tushintirish mumkin.Oson matnning shrifti odatiy shriftdan kattaroq va burchaklarsiz matn turida yozilgan bo‘lishi kerak. Oson matn nafaqat matndan balki tasavvur qilish oson bo‘lishi uchun rasmlardan ham iborat bo‘ladi.Misol tariqasida hozir biz siz bilan kichik namuna ko‘rib chiqamiz. 1.Odatiy matn formati: “O‘zbekiston Respublikasida davlat hisobidan bepul yuridik xizmat ko‘rsatish bu fuqarolarning konsitutsiyaviy huquqi hisoblanib, Konsitutsiyamizning 29-moddasida har kimga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanishi va qonunda nazarda tutilgan hollarda yuridik yordam davlat hisobidan ko‘rsatilishi mustahkamlab qo‘yilgan”- bu biz bilgan odatiy matn formati. 2.Oson matn formati: Konstitutsiyaga ko‘ra sen barcha insonlar kabi sifatli huquqiy yordam olishing mumkin. Kanstitutsiyada ko‘rsatilgan vaziyatlarda sen bepul huquqiy yordam olishing mumkin. Ko‘rib turganingizdek oson matn formati qisqa va tushinish uchun juda qulay.Bu qulaylik esa aqliy rivojlanishda o‘zgacha hususiyatga ega bo‘lgan insonlarning bilim olishlariga yordam beradi. Bu matn formatidan ilk bor O’zbekistonda Sharoitplus Nodavlat Notijorat Tashkiloti o‘zining huquqplus loyihasida foydalandi. Bu loyiha doirasida chet el oson matn qoidalaridan va O ‘zbekistondagi aqliy rivojlanishda o‘zgacha hususiyatga ega bo‘lgan insonlar imkoniyatlari o‘rganilgan holda oson matnning 63 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 07, 2025. JULY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 yangi qoidalari ishlab chiqildi. Bu qoidalar asosida nogironligi bor insonlar uchun qabul qilingan 80 ga yaqin qonunlar oson matn formatida tayyorlanib, huquqplus.uz sayti orqali foydalanuvchilarga taqdim etildi. Biz o‘ylaymizki, aqliy rivojlanishda o‘zgacha hususiyatga ega bo‘lgan insonlar uchun ishlab chiqilgan oson ma
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada O‘zbekistonda yaqindan joriy etilgan “oson matn” tushunchasi, uning kelib chiqishi, maqsadi va amaliy ahamiyati yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada O‘zbekistonda yaqindan joriy etilgan “oson matn” tushunchasi, uning kelib chiqishi, maqsadi va amaliy ahamiyati yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- soddalashtirilgan matn, nogironlar huquqlari, aqliy rivojlanishdagi o‘zgacha xususiyatga ega bo‘lgan insonlar, inkluziv ta’lim, Huquqplus loyihasi, huquqiy axborot, BMT konvensiyasi, Sharoitplus, Oson matn, axborotga teng imkon, O‘zbekiston qonunchiligi.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014