К содержанию
РецензированоUZ2024

TEXNOLOGIYALARIDAN MATEMATIKA FANIDA SAMARALI FOYDALANISH METODIKASI Yunusova Gulnoza Abduxalikovna O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi

UZBEKISTAN” JURNALI · FOYDALANISH METODIKASI · Yunusova Gulnoza Abduxalikovna · O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 112-116 · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada ta’limiy natijalar sifatini baholashda innovatsion vositalar sifatida bilimlar sifatini baholashning bugungi kundagi ommalashgan reyting tizimi, test, o‘quv portfoliosidan foydalanish, undagi kamchiliklarni bartaraf etishga berilgan takliflar haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: ta’lim, ta’lim oluvchilar, tizim, shakllangan, rivojlangan, baho, nazorat, bilim, ko‘nikma, malaka, bilim sifatining nazorati. Ma’lumki, Mustaqilligimizdan avvalgi ta’lim davrida shakllangan ta’lim oluvchilarni an’anaviy baholash tizimi ta’lim natijalarini nazoratida katta tajriba bo‘lgan edi, biroq u o‘zining tashkiliy va texnologik xususiyatlariga ko‘ra jamiyatning ehtiyojlarini qondira olmaydi. Uning natijalaridan ta’lim sifatini boshqarish imkoniyatini beruvchi obyektiv miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lumotlar olish uchun foydalanib bo‘lmaydi. Har bir pedagogda o‘ziga xos baholash tizimi bo‘lishi kerak. Bu tizim turli ta’lim maqsadlariga mos vosita va uslublarni o‘zida mujassam etgan bo‘lib, o‘qituvchini doimiy ravishda ta’lim oluvchilarning yutuqlari, bilimlarni egallaganlik darajasi va bilimlari sifatini nazorat qilishi lozim. Matematika fani bo‘yicha ta'lim sifatini baholash zamonaviy texnologiyalar yordamida ancha samarali va tizimli ravishda amalga oshirilishi mumkin. Buning uchun innovatsion pedagogik texnologiyalar, baholash tizimlari va interfaol vositalardan foydalangan holda ta’lim sifatini doimiy ravishda monitoring qilish mumkin. L.N. Savina, Т.V. Kerjensevа fikrlaricha nazoratning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat: 1) tekshiruvchi – ta’lim oluvchi tomonidan materialni, ko‘nikma va malakalarni, ularning ta’lim standartlariga mosligini aniqlashga qaratilgan; 252 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 2) o‘rgatuvchi – umumlashtirish, tizimlashtirish, yangi vaziyatga tatbiq etishga yo‘naltirilgan; 3) rivojlantiruvchi – ijodiy qobiliyatlar, nutqni rivojlantirish; xotira, e’tibor, taassurot, iroda, fikrlashni shakllantirishni nazarda tutadi; 4) ijtimoiy – talabaning ta’lim jarayonida aniq maqsadga erishishiga qaratilgan; 5) aksiologik – mas’uliyatni tarbiyalashga, ongli tanlovni shakllantirishga yo‘naltirilgan; 6) diagnostik – talabaning bilimidagi bo‘shliqlar va uni keltirib chiqaruvchi sabablar haqida axborot beradi; 7) prognostik – kelajakdagi rivojlanish modelini yaratishga yordam beradi. Bugungi kunda ta’limiy natijalar sifatini baholashda innovatsion vositalar sifatida bilimlar sifatini baholashning reyting tizimi, test, o‘quv portfoliosidan foydalanishadi. Bu baholash tizimlari texnologiya darajasida ishlab chiqilganligi ahamiyat kasb etadi [1]. Hozirda ma’lumki, pedagoglar bilimlarini sinash uchun 100-200 ta savollardan iborat testlardan foydalanilib kelinmoqda (masalan, Pedagog kadrlar malakasini oshirish tarmoq markazlari, OTM lardagi pedagoglarning ichki nazoratida va h.k.). Bu - yaxshi tayyorgarlik darajasini talab etuvchi jiddiy tekshiruv hisoblanadi. Albatta, test metodi keng tarqalgan bo‘lishiga qaramay, o‘zining kamchiliklariga ham ega. Bulardan biri - faraz qilish imkoniyati, shuningdek, ta’lim oluvchilar faqatgina javoblar kalitini yoki raqamini ko‘rsatishadi, bunda yechim yoki yechish jarayoni, shuningdek, bilim darajasi ko‘rinmaydi. Shu bilan birga, testni tuzishda elementar psixologik funksiya – tanishga qaratilgan bo‘lib, u ijro etish funksiyasidan ancha soddaroq. Keltirilgan fikrlarni inobatga olgan holda, test [2] orqali ta’lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari nazoratini joriy nazoratda baholashda foydalansak bo‘ladi deb xulosa qilamiz, ya’ni reyting va test tizimining kolloboratsiyasini misol tariqasida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, matematika mashg‘ulotlarida aniq mavzular bo‘yicha quyidagicha na’munani keltirishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi: 253 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 1-jadval Bu yerda 5ta savolga mos to‘g‘ri javoblar chalkashtirib berilgan bo‘lib, bu metoddan ta’lim oluvchilar bilimlarini faollashtirishda, BKM nazoratini o‘tkazishda keng foydalanish mumkin. Progressiv metodlarga yana – bilim, ko‘nikma va malakani baholashning reyting metodini yuqorida sanab o‘tdik. Reytingni tatbiq etish - o‘quv jarayonini tashkil etuvchi va uning samaradorligiga ta’sir etuvchi tizim hisoblanadi [3]. Bilimni baholashning reyting tizimi – talabalarning o‘zlashtirish darajasiga, ta’lim jarayoni va uning natijalariga qiziqishini shakllanishiga ta’sir etuvchi; ball chegaralarini kengaytirib, uning muhimligini oshiruvchi; ta’lim oluvchilarning o‘zlarini o‘rtacha ball va reytinglarini oshirishga faol ishtirok etishlarini o‘z ichiga oluvchi ahamiyatli usullardan biri. Quyida reyting tizimida baholash uchun qo‘llash mumkin bo‘lgan metodga misol keltirib o‘tamiz [4]: 254 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ta’limiy natijalar sifatini baholashda innovatsion vositalar sifatida bilimlar sifatini baholashning bugungi kundagi ommalashgan reyting tizimi, test, o‘quv portfoliosidan foydalanish, undagi kamchilikl…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ta’limiy natijalar sifatini baholashda innovatsion vositalar sifatida bilimlar sifatini baholashning bugungi kundagi ommalashgan reyting tizimi, test, o‘quv portfoliosidan foydalanish, undagi kamchilikl… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ta’lim oluvchilar, shakllangan, baho, ta’lim, tizim, rivojlangan
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники