Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ИДЕЙНО-ХУДОЖЕСТВЕННЫЕ ОСОБЕННОСТИ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ЦВЕТА В ПОЭЗИИ ХАЛИМЫ ХУДОЙБЕРДИЕВОЙ
G‘OYAVIY-BADIIY XUSUSIYATLARI · Nasiba Kurbanbayeva
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
The article reveals the importance and artistic value of the ideological and artistic features of the use of color in the poetry of Halima Khudoyberdiyeva. Key words: folklore, symbolism, artist, Uzbek classical literary critic, philosophical views, issue of artistic synthesis. ИДЕЙНО-ХУДОЖЕСТВЕННЫЕ ОСОБЕННОСТИ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ЦВЕТА В ПОЭЗИИ ХАЛИМЫ ХУДОЙБЕРДИЕВОЙ Аннотация. В статье раскрывается важность и художественная ценность идейно-художественных особенностей использования цвета в поэзии Халимы Худойбердиевой. Ключевые слова: фольклор, символизм, художник, узбекский классик литературоведения, философские взгляды, проблема художественного синтеза. Ma’lumki, ruh o‘z fazilatlari va yaralishiga ko‘ra ilohiydir. Shu sababdan ruh inson qalbiga ilohiy nurlarni tuhfa etarkan, shuningdek uni eng oliy tuyg‘ular olamiga sayr qildiradi. Shoir ma’naviy olamida ro‘y beradigan o‘zgarish va yangilanishlar she’rning badiiy qiymatini belgilab beradi. She’rning hissiy quvvatini aniq va tugal belgilab bo‘lmaganidek, uning tasvir va ma’no ko‘lamini ham bexato ko‘rsatish mushkuldir. Jahonda rangning estetik, psixologik, fizik, biologik xususiyatlarini o‘rganish ancha avval boshlangan. Folklorda simvolizm, rang ramzlarining poetik va tasvir vositasi sifatidagi xususiyatlari tadqiq etilgan. Ranglar borasidagi xalq qarashlarining va bu asosda shakllangan ramzlarning she’riyatga ko‘chishi har ikkala san’at turining bir-biri bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. Shoir o‘z kechinmalarini so‘z yordamida ifodalasa, rassom ranglar yordamida, musiqachi esa kuy va ohanglar yordamida o‘z qalb tug‘yonlarini, kechinmalarini akslantiradi. Bir so‘z bilan aytganda, bir vazifani bajaruvchi uch san’at turi ilmiy tilda “san’atlararo sintez hodisasi” deya nomlanadi. Rang mavzusi insoniyat tarixida qadim zamonlardan turli yo‘nalish va nuqtai nazarlardan kelib chiqqan holda o‘rganib kelingan. Rangning estetik jihatdan nazariy o‘rganilishi Yevropada antik davrlarda miflar hamda ilk falsafiy qarashlarda o‘z aksini topgan. Jumladan, Aflotunning 5 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ “Timey”1, Aristotelning asarlarida2 rangnik estetik masalalariga oid ilk qarashlarni kuzatishimiz mumkin. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib rang tasviriga bag‘ishlangan asarlar yuzaga keldi. S.S.Alekseev, L.N.Mironova, A.Zaysev, A.V.Luizov3 kabi olimlarning rang tabiatiga oid monografiyalari chop etildi. Badiiy sintez masalasi esa ilmiy jihatdan XVIII asrda o‘rganila boshlandi. Jumladan, Rixard Vagner, Fridrix Shlegel, Fridrix Shiller, Novalis kabi mutafakkirlar asarlarida sintez haqida to‘xtalib, o‘z fikr va mulohazalarni bildirib o‘tganlar. O‘zbek mumtoz adabiyotshunosligida Y.Is’hoqov Navoiy ijodini o‘rganib, unda rangning qo‘llanilish qonuniyatlari haqidagi qarashlarini o‘zining “Navoiy poetikasi” asarida aks ettirgan. Shuningdek, S.Hasanov “Go‘zallikdagi ranglar olami” asarida Navoiyning “Sabbayi sayyor” dostonidagi rang simvolikasini, I.Haqqulov “Yana qora rang talqini haqida” maqolasida esa mumtoz she’riyatdagi rang tasvirlar haqidagi fikr-mulohazalarini bildirganlar. Rang jahonda mavjud barcha predmetlarning belgisini, tusini, go‘zalligini namoyon etish bilan birga, ular bilan bog‘liq o‘y-kechinma, kayfiyat, his-tuyg‘ularni ham ifodalaydi. Shu boisdan ranglarning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishga e’tibor qaratilgan. Xalq og‘zaki ijodining boy an’analari asosida rang yozma adabiyotda obraz, ramzlar va timsollar tizimga yuzaga keltirdi. XII asrlarda turkiy xalqlar adabiyotida rang simvolikasining keng ko‘lamda iste’molda bo‘lganligini ko‘ramiz. XIV-XV asrlarda Atoiy, Gadoiy, Lutfiy, Sakkokiy ijodida ranglar bilan bog‘liq obrazli tasvirlardan keng foydalanilgan. Bu jarayon Navoiy ijodida o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga erishdi. Lirik qahramonning o‘y-xayollari, orzu-istaklari, dunyoqarashi, atrof-muhitga munosabatini ifodalashda, shu bilan birga, psixologik holatini tasvirlashda ranglar simvolikasidan unumli foydalangan. Holatni ranglar orqali tasvirlash uslubi Navoiy ijodining o‘ziga xosligi, ijodkorning o‘ziga xosligini belgilab bergan. “Navoiy ijodi uchun xos bo‘lgan ana shu usulning haqiqiy namunasini biz unga qadar bo‘lgan o‘zbek va fors-tojik lirikasida (to‘g‘rirog‘i, g‘azalchilikda) uchratmaymiz.”4 Hozirgi o‘zbek adabiyotshunosligida Sadulla Quronovning “Zamonaviy o‘zbek adabiyotida sintez muammosi (she’riyat va rangtasvir san’atlari misolida)” mavzusidagi dissertatsiyasi va shu asosda 2018-yilda chop etilgan “Egiz san’atlar (she’riyat va rangtasvir sinteziga doir)” monografiyasi badiiy sintez muammosini o‘rganishga qaratilgan. San’atlarning sintetik munosabatga kirishishi san’at turini o‘zga bir san’atning ifodaviy imkoniyatlari bilan boyitadi, shu san’atning ta’sir ko‘lamini yanada oshiradi.5 Shu jumladan, rang inson ruhiy olamiga kuchli ta’sir qiluvchi vosita bo‘lib, u orqali turfa xil kayfiyatni paydo qilish mumkin. Jumladan quvonch, qayg‘u, bezovtalik, xafali
Доказательный фрагмент
«The article reveals the importance and artistic value of the ideological and artistic features of the use of color in the poetry of Halima Khudoyberdiyeva.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article reveals the importance and artistic value of the ideological and artistic features of the use of color in the poetry of Halima Khudoyberdiyeva. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- folklore, symbolism, artist, Uzbek classical literary critic, philosophical views, фольклор, folklor
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025