Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ИДЕОЛОГИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ПОВЕСТИ «ЛЮБОВНЫЕ ПИСЬМА» РАШАДА НУРИ ГЮНТЕКИНА.
G‘OYAVIY TAHLILI. · Safarova Aziza · Bozorova Farangiz · NURI GUNTEKIN.
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
The article analyzes the story "Love Letters" by the famous Turkish writer Rashad Nuri Guntekin. At the same time, the importance and artistic value of the story today is revealed. Key words: fiction, character, plot, story, humorous style. ИДЕОЛОГИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ПОВЕСТИ «ЛЮБОВНЫЕ ПИСЬМА» РАШАДА НУРИ ГЮНТЕКИНА. Аннотация. В статье анализируется рассказ «Любовные письма» известного турецкого писателя Рашада Нури Гюнтегина. В то же время раскрывается важность и художественная ценность рассказа в наши дни. Ключевые слова: художественная литература, персонаж, сюжет, повесть, юмористический стиль. Badiiy adabiyotda har bir janrning o‘ziga xos o‘rni bor. Jumladan, roman janri orqali juda ko‘p personajlar, obrazlar taqdiri yoki katta bir davrdagi voqealar tasvirlansa, drama janri asosida insonning ziddiyatli hayoti, ijtimoiy muammolar va personajlar munosabatining so‘zlashuvga asoslanishi yotadi. Hikoya janri esa adabiyotdagi boshqa janrlardan farq qiladi. Hikoya badiiy adabiyotda kichik epik janr hisoblansa-da, u orqali hayot hodisalari ixcham va ta’sirli ifoda etiladi. Shu kichik janrda insonlar hayotidagi voqealar, bir emas bir necha qahramonlar taqdiri, ruhiy holati ixcham shaklda gavdalantiriladi. Hikoya mazmuniga ko‘ra lirik, psixologik, falsafiy, ilmiy-fantastik, satirik, yumoristik yo‘nalishlarda bo‘lishi mumkin. 1 32 2 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Rashod Nuri Guntekin-turk yozuvchisi, dramaturg, adabiyotshunos va tarjimon bo‘lib, uning “Xazonrezgi”, “Tamg‘a”, “Yashil tun” nomli romanlari ancha mashhur. Yozuvchiga shuhrat keltirgan asari “Choliqushi” romanidir. Rashod Nuri Guntekinning hikoyalari ham badiiy jihatdan yuksak qiymatga ega. Uning hozirgacha yettidan ortiq hikoyalari nashr etilgan. Bu hikoyalari orasida eng mashhuri “Sevgi maktublari” hisoblanadi. Ushbu maqolada muallif Rashod Nuri Guntekinning “Sevgi maktublari” hikoyasi g‘oyaviy jihatdan tahlilga tortiladi. Hikoya syujeti Rasim ismli bolaning o‘smirlik hayoti voqealari asosiga qurilgan bo‘lib, unda Rasimning kelajagi otasi sababli yaxshi tomonga o‘zgarganligi hikoya qilinadi. Asar syujetiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bosh qahramon Rasimning Badia ismli qizdan sevgi maktublarini olishi bilan hikoya boshlanadi. Badiadan kelgan sevgi maktublari sababli Rasimning hayoti yaxshi tomonga o‘zgarishni boshlaydi: maktabda o‘zlashtirish darajasi oshadi, nafaqat tashqi ko‘rinishida, balki ichki qalb go‘zalligida ham o‘zgarishlar ko‘zga tashlana boradi. Bundan hayratga tushgan onasi turmush o‘rtog‘iga bo‘lgan voqealarni aytib beradi. Shunda turmush o‘rtog‘i aslida Badia nomidan o‘zi o‘gliga sevgi maktublarini yozganligini, bu orqali farzandining hayotini har tomonlama yaxshilashga uringanini so‘zlab beradi. Bir qarashda hikoya yumoristik uslubda yozilganga o‘xshaydi. Ammo muallif bu hikoyasi orqali farzand hayotida ota va onaning o‘rni yuksak turishini ko‘rsatib bergan. Hikoya qahramoni Rasim otasi sababli o‘z kelajagini qutqarib qoldi. Otas o‘gliga shunchaki nasihat qilib qo‘yishi mumkin edi. Ammo u bola qalbiga yaxshi amali bilan ta’sir qilishni, unga yaqinlashishni va do‘stlashishni istadi va o‘g‘lining yaxshi tomonga o‘zgarishiga ko‘maklashdi. Hikoyaning bugungi kundagi g‘oyaviy ahamiyati bolaning kelajakdagi hayoti uchun ota- onaning birdek ma’sul ekanligini ko‘rsatib berish, ota-ona, atrofdagi insonlarning qo‘llab- quvvatlashi orqaligina bola hayotida yaxshi tomonga o‘zgarish sodir bo‘lishini jamiyatga yana bir bor eslatish bo‘lgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 1 32 3
Доказательный фрагмент
«The article analyzes the story "Love Letters" by the famous Turkish writer Rashad Nuri Guntekin.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article analyzes the story "Love Letters" by the famous Turkish writer Rashad Nuri Guntekin. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- fiction, character, plot, story, humorous style, художественная литература, персонаж, сюжет, повесть, юмористический стиль., badiiy adabiyot, personaj, syujet, hikoya, yumoristik uslub., fiction, character, plot, story, humorous style.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Современная наука и исследованияNEW RENAISSANCE, HUJJATLARDA AKS ETISHI +22025