К содержанию
РецензированоUZ2024

Tel:+998-99-476-63-68

UZBEKISTAN” JURNALI · Kurbanova Gullola Baxramovna

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 2024

Аннотация

Kasb tanlash shunday qaltis jarayonki, u insonni bir umrga baxtsiz yoki baxtli kilishi, barcha rejalarining barbod bo’lishi yoki amalga oshishiga asosiy sababchi bo’lishi mumkin. Baxtsizlik va omadsizlikni xoxlamagan inson o’z tanloviga shubha qilmagan xoldagina har tomonlama mulohaza yuritib, qaror qabul kilishi lozim. Kalit so‘zlar: Kasb, shaxs, sifat, sharoit, tashxis, tanlov, ko’nikma, jamiyat Аннотация: Выбор профессии – настолько изменчивый процесс, что он может сделать человека несчастным или счастливым на всю жизнь, а может стать основной причиной провала или исполнения всех планов. Человеку, который не хочет несчастий и невезения, следует принимать решение, взвесив все аспекты, только тогда, когда он не сомневается в своем выборе Ключевые слова: Профессия, личность, качество, состояние, диагноз, выбор, умение, общество Annotation: Choosing a profession is such a volatile process that it can make a person unhappy or happy for a lifetime, and can be the main reason for the failure or fulfillment of all plans. A person who does not want unhappiness and bad luck should make a decision after considering all aspects only when he does not doubt his choice. Keywords: Profession, personality, quality, condition, diagnosis, choice, skill, society 241 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Insoniyat tarakkiyotining dastlabki davrlaridan o’quvchilarni kasb tanlashga yo’llash masalasi jamiyatning diqqat-e’tiborida bo’lib kelgan. Shaxs sifatlarini o’rganish asosida uni ishlab chikarish, harbiy yoki aqliy mehnat sohasiga to’gri yo’naltirish, yosh avlodda zarur bilim va ko’nikmalarni shakllantirish hamisha davlat va jamiyat mavjudligi hamda taraqqiyotini belgilovchi asosiy omillardan biri hisoblangan. Kasb tanlash shunday qaltis jarayonki, u insonni bir umrga baxtsiz yoki baxtli kilishi, barcha rejalarining barbod bo’lishi yoki amalga oshishiga asosiy sababchi bo’lishi mumkin. Baxtsizlik va omadsizlikni xoxlamagan inson o’z tanloviga shubha qilmagan xoldagina har tomonlama mulohaza yuritib, qaror qabul kilishi lozim. Insonni kasb tanlashga yo’llovchi asosiy omillar - bu jamiyat taraqqiyoti uchun xizmat qilish istagi va shaxs sifatida komillikka erishishdan iborat. Shaxsning kasb tanlashi faqatgina uning xoxishi va qobiliyatiga bog’liq bo’lmay, balki u yashaydigan jamiyatdagi erishilgan moddiy va ma’naviy sharoit, yutuqlar bilan ham belgilanadi. Biz har doim ham o’z iste’dodimizga muvofik keladigan kasbni tanlay olmaymiz, ba’zan jamiyatdagi munosabatlarimiz bizga bog’lik bo’lmagan holda shunday shakllanib boradiki, natijada biror bir ta’sir ko’rsatishga ojiz bo’lib qolamiz. X asrda yashab ijod etgan ulug’ bobo kalonomiz Abunasr Al Forobiy (870- 950) ham kishilarni halol mehnat qilishga va kasb–hunar egalashga chaqiradi. Forobiyning fikricha inson–ojiz banda hech narsaga qodir bo’lmagan mavjudot emas, balki u eng oliy kamolot bo’lib “Aql–idrok ziyosiga ega, o’zi uchun zarur bo’lgan hamma narsani yaratishga qodir borliqdir”. Forobiy mehnat va kasb–hunar ko’nikmalarini axloqiy fazilatlarni hosil qilish lozimligini ta’kidlab: “Agar kasb- hunar fazilati tug’ma bo’lganda, podsholar ham o’zlari istab va harakat qilib emas, balki podsholik ularga faqat tabiiy ravishda muyassar bo’lgan, tabiat talab qilgan tabiiy majburiyat bo’lib qolar edi.” Kasb-hunar fazilati tug’ma bo’lmasligini bayon qilingan. Kasb–hunar egallash ahamiyati to’g’risida qomusiy olim Abu Ali Ibn Sino (980-1037) ning asarlarida ham ko’ramiz. Uning fikricha bolaga yoshligidan biror kasb-hunar o’rgatish lozim. Bola kasb-hunar ma’lum darajada o’zlashtirib bo’lgandan so’ng o’z kasb-hunaridan hayotda foydalanish, ya’ni mahnat bilan mustaqil hayot kechirishga o’rgatish kerak. “Yoshlarga ilm berish bilan birga hunar o’rgatmoq muhim ma’suliyatli ishdir ” deb ta’kidlagan edi 242 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Insoniyat jamiyatining rivojlanish extiyoji tufayli kasb-hunarga yo’llash va uni tanlash zarurati paydo bo’ldi. Kasblar paydo bo’lmasa, kasbga yo’llashning o’ziga ham extiyoj tug’ilmas edi. Demak kasblarning paydo bo’lishi bilan bir qatorda kasb- hunarga yo’llash ham paydo bo’ldi, deb aytish mumkin. Kasb-hunarga yo’llashning ham insoniyat jamiyati singari o’z tarixi mavjud. Bir necha asrlar ilgariyoq insonning kasb-hunarga yaroqliligini baholashga oid ba’zi fikr va g’oyalar vujudga kela boshladi. Ular asosan, bilim, mahorat va qobiliyatni tashxis qilishga qaratilgan edi. Qadim davrlardan sharq davlatlarida o’quvchilarni kasbga yo’naltirish, tanlash va saralash bilan bog’liq boy tajribalar to’plangan.Miloddan avvalgi uchinchi ming yillik o’rtalarida qadimgi Vavilionda maktabni bitirib chiquvchidarni xattotlik kasbi bo’yicha sinovlardan o’tkazilgan. O’sha davr tsivilizatsiyasi uchun xattotlar asosiy shaxslardan biri xisoblangan. U erd

Доказательный фрагмент

«Kasb tanlash shunday qaltis jarayonki, u insonni bir umrga baxtsiz yoki baxtli kilishi, barcha rejalarining barbod bo’lishi yoki amalga oshishiga asosiy sababchi bo’lishi mumkin.»

Образец извлечения

Демо-превью

Kasb tanlash shunday qaltis jarayonki, u insonni bir umrga baxtsiz yoki baxtli kilishi, barcha rejalarining barbod bo’lishi yoki amalga oshishiga asosiy sababchi bo’lishi mumkin. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Profession, personality, quality, condition, diagnosis, choice, skill, Kasb, sharoit, shaxs, ko’nikma, jamiyat, tashxis, sifat, tanlov
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники