Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TUZISH ASOSLARINING QIYOSIY HUQUQIY TAHLILI Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti 4-bosqich talabasi Poyanov Davrbek
UZBEKISTAN” JURNALI
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 2024
Аннотация
Ushbu maqolada Ingliz huquqi va O‘zbekiston qonunchiligida shartnoma tuzish asoslarining qiyosiy huquqiy tahlili o‘tkazilgan. Maqolada shartnomaviy munosabatlarning har ikkala huquq tizimidagi o‘ziga xos jihatlari, umumiy va farqli tomonlari, shartnoma tuzish tartibi va shartlari batafsil ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, zamonaviy xalqaro amaliyot va milliy qonunchilik tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: shartnoma huquqi, umumiy huquq, ingliz huquqi, manbaa, huquq, erkinlik tamoyili, aniqlik tamoyili Bugungi kunda xalqaro savdo-sotiq munosabatlarining jadal rivojlanishi shartnomaviy munosabatlarni tartibga solishning samarali mexanizmlarini talab etmoqda. Shartnoma tuzish, har qanday huquqiy tizimning muhim qismi bo‘lib, u taraflar o‘rtasidagi majburiyatlarni belgilaydi. Ingliz huquqi va O‘zbekiston qonunchiligida shartnoma tuzish asoslari o‘rtasida qiyosiy huquqiy tahlil qilish, ikki tizimning o‘ziga xos xususiyatlarini va ularning amaliyotdagi qo‘llanilishini tushunishga yordam beradi. Ingliz huquqi va O‘zbekiston qonunchiligida shartnoma tuzishdagi tavofutlar bo‘yicha qiyoslab o‘rganadigan bo‘lsak, dastavval ikki huquq tizimida ham shartnoma tushunchasini o‘rni va uning ahamiyatiga to‘xtalib o‘tishimiz zarur. Ingliz huquqida shartnoma bu ikki yoki undan ortiq shaxslar o‘rtasidagi kelishuv bo‘lib, qonun tomonidan majburiy kuchga ega deb tan olinadi. Professor P.S. Atiyahning ta’kidlashicha, shartnoma - bu taraflarning o‘zaro kelishilgan va huquqiy majburiyatlar yaratishga qaratilgan xohish-irodasining ifodasi sanaladi1. 1 Andrews, Neil. (2006). Atiyah’s Introduction to the Law of Contract. Sixth edition. By Stephen A. Smith. [Oxford: Clarendon Law Series. 2006. XXXVIII, 423 and (Index) 17 pp. Paperback £28.99. ISBN 0–19–924941–5.] -. The Cambridge Law Journal. 65. 727 - 728. 10.1017/S0008197306237280. 48 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 353-moddasiga ko‘ra esa, shartnoma - ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquq va burchlarini vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi hisoblanadi2. Professor H.R.Rahmonqulovning fikricha, “shartnoma - fuqarolik huquqiy munosabatlarning eng muhim institutlaridan biri bo‘lib, u orqali fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining manfaatlari muvozanati ta’minlanadi”3. Endi har ikki huquq tizimida shartnoma tuzish protseduralari bo‘yicha qiyosiy tahlil o‘tkazadigan bo‘lsak, odatda shartnomaning muhim elementlari taklif, muzokaralar, majburiyatlar, qonuniylik va shu kabi bir qancha muhim jihatlari bo’lsa, ingliz huquqida shartnoma tuzish uchun dastavval bir tomon ikkinchi tomonga taklif yuborish bilan boshlanadi hamda ikki tomon o‘rtasida shartlar ishlab chiqiladi. Taraflar o‘rtasida o‘zaro kelishuv bo‘lganligi esa taraflarning mazkur shartnomani tuzilishiga roziligini bildiradi. Shartnomaning eng muhim jihatlaridan biri taraflar o‘z majburiyatlarini aniq belgilashlari kerak bo‘ladi4. O‘zbekiston qonunchiligida esa shartnoma tuzish jarayoni ham ingliz huquqida shartnoma tuzish protsedurasi bilan deyarli bir xil. Bu jihatdan har ikki huquq tizimi bir biriga o‘xshash hisoblanadi. Lekin, bir-biridan farq qiladigan jihatlari ham bor. Bularni birma-bir ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, ingliz huquqida taklif va qabul jarayoni ancha erkin. Taklif qilingan shartlar ustida muzokaralar olib borilishi mumkin. O‘zbekiston qonunchiligida esa, taklif va qabul jarayoni aniq belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi. Bu, shartnoma tuzish jarayonini yanada rasmiylashtiradi. Ingliz huquqida o‘zaro kelishuv, taraflarning niyatlarini ifodalovchi muhim element hisoblanadi. O‘zbekiston qonunchiligida esa, o‘zaro kelishuv aniq va tushunarli bo‘lishi zarur. Bu, shartnoma shartlarining aniq belgilanishini ta’minlaydi. Ingliz huquqida shartnoma shartlari taraflar o‘rtasida erkin belgilanishi mumkin. O‘zbekiston qonunchiligida esa, shartnoma shartlari aniq va tushunarli bo‘lishi kerak, bu esa taraflarning huquq va majburiyatlarini yanada aniq belgilaydi. 2 O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi 1-qism // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 03/24/931/0402-son 3 Rahmonqulov H.R. "Shartnoma huquqi", Toshkent, TDYI, 2019 4 Axtamova, Yulduz Axtamovna Ingliz shartnoma huquqida shartnoma tuzishning asosiy elementlari // ORIENSS. 2024. №1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/ingliz-shartnoma-huquqida-shartnoma-tuzishning-asosiy- elementlari (дата обращения: 29.10.2024). 49 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Ingliz huquqi va O‘zbekiston qonunchiligida shartnoma tuzish asoslari quyidagi jihatlar bo‘yicha umumiy va farqli tomonlarga ega: Jihat Ingliz huquqi O‘zbekiston qonunchiligi Kelishuv, muomalaga Muomalaga layoqat, erkinlik, Asosiy layoqat, qonuniylik, o‘zaro kelishuv, qonuniylik, prin
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Ingliz huquqi va O‘zbekiston qonunchiligida shartnoma tuzish asoslarining qiyosiy huquqiy tahlili o‘tkazilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Ingliz huquqi va O‘zbekiston qonunchiligida shartnoma tuzish asoslarining qiyosiy huquqiy tahlili o‘tkazilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- huquq, shartnoma huquqi, erkinlik tamoyili, aniqlik tamoyili, ingliz huquqi, manbaa, umumiy huquq
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024