К содержанию
РецензированоRU2023

ИДЕОЛОГИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ РАССКАЗА «КИЯМАТ» АБДУРАУФА ФИТРАТА

Guljahon Tursunpo’latova

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

In this article, the ideological analysis of Abdurauf Fitrat's story "Doomsday", the specific characteristics of the characters highlighted in it, and Fitrat's work are discussed. During the article, reasonable opinions and considerations are mentioned. Key words: Abdurauf Fitrat, leader of the Jadidist movement, ideological analysis. ИДЕОЛОГИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ РАССКАЗА «КИЯМАТ» АБДУРАУФА ФИТРАТА Аннотация. В данной статье рассматриваются идейный анализ рассказа Абдурауфа Фитрата «Судный день», особенности выделенных в нем образов, творчество самого Фитрата. В статье упоминаются обоснованные мнения и соображения. Ключевые слова: Абдурауф Фитрат, лидер джадидистского движения, идеологический анализ. Abdurauf Fitrat jadidchilik harakatining rahnamosi. “Chig’atoy gurungi” ning asoschisi. Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biridir. Bilamizki, sho’ro davrida XX asrning boshlarida Turkistonda jadidchilik harakati avj oldi. Bu harakatning namoyondalari bo’lmish Abdurauf Fitrat, Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Abdulla Avloniy va boshqalar o’z faoliyatlari davomida xalqni ilm-ma’rifatga chorladi, xalqni xat- savodli, ma’naviyatli bo’lishi uchun harakat qilishdi. Ma’rifatparvarlar tomonidan tashkil etilgan yangi usuldagi jadid maktablari va kutubxonalar, teatr truppalari, chop etilishi yo’lga qo’yilgan gazeta va jurnallar, ular yozgan badiiy asarlar xalqning ma’naviy ongini yuksaltiruvchi manbalar edi. Lekin bu harakatlar ko’pga bormadi. Sho’ro hukumati ularning harakatiga cheklovlar qo’ya boshladi, chunki xalqni ilm- ma’rifatli bo’lishini xohlamasdi. Jadidchilarning asarlarini o’qir ekanmiz, ularda asosiy mavzu bo’lmish milliy ozodlik g’oyasi ko’pgina o’rinlarda ma’joziy til bilan ifodalanganiga shubha qilmaymiz. Shulardan biri Abdurauf Fitratning “Qiyomat” hikoyasidir. Ushbu asar 1923-yilda yozilgan bo’lib, ko’plab munaqqidlar tomonidan “xayoliy hikoya” deya e’tirof etilgan. Ushbu hikoya haqida munaqqidlarimiz o’zining fikr-mulohazalarini berib o’tganlar. Jumladan, akademik Baxtiyor Nazarov asar haqida quyidagi fikrlarni bildirgan: “Fitrat “Qiyomat”da u dunyo bahonasida, aslida, bu dunyo – yer yuzida, Turkistonda sho’ro tuzumi o’rnatayotgan tartiblarga ishora qilyapti. Pochamir isyoni aslida tartib-intizom o‘rnatishda barcha huquqlarni o‘z qo‘liga 1 26 8 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ olgan, yakka hokimlik da’vo etgan imperiya timsolidagi qudratli kuchga, zo‘ravonlikka qarshi isyon va shunga da’vatdir. Qahramonning, hech bo‘lmasa, ismiga, ismining ma’nosiga e’tibor bering. Har bir narsada yetti o‘ylab, ish tutadigan Fitrat o‘z qahramonini, shunchaki, Ro‘ziqul deb atab qo‘ya qolgan emas. Bu esa, imperiya keltirgan, sho‘ro keltirgan hayotning, tartibning , shu kunning quli, demakdir. Ro‘ziqulning u dunyodagi harakatlari aslida, shu hayot, shu tartib, shu kunga qarshi qaratilgan isyonlardir».1 Tanqidchi hikoyaning g’oyaviyligiga juda sinchkovlik bilan nazar tashlar ekan, hikoya haqida qimmatli bo’lgan fikrlarni yozgan. Ushbu hikoya haqida ko’plab fikrlar mavjud bo’lib, ulardan yana biri Saydulla Mirzayev tomonidan aytilgan: “Asar bir necha bor nashr etilgan. Unda Pochamir (Ro‘ziqul) boshidan kechgan sarguzashtlar, uning xayolan o‘lib, u dunyoda xilma-xil voqealarning guvohi bo‘lganligi tasvirlangan. Asar sujetini nazarda tutib, uni o ‘zbek tilidagi ilk mistik - fantastik nasr sifatida baholash mumkin. Bundan tashqari asar tili boshdan- oyoq yumor bilan yo‘g‘rilgan. Adib dahshatli voqealarni komik yo’1 bilan kulgili tarzda ifodalagan. «Qiyomat» — badiiy jihatdan ham puxta. Yozuvchi asarda ezop tilining piching, kinoya, qochirim singari vositalaridan ustalik bilan foydalangan”2. Hikoyada keltirilgan obrazlar va detallarning tag zamirida chuqur ma’no mujassamdir, ushbu ma’no esa majoziy til bilan ifodalangan desak mubolag’a bo’lmaydi. Asl ismi Ro’ziqul bo’lgan Pochamir “Qiyomat” hikoyasining bosh qahramoni. Hikoya boshida u og’ir ahvolda tasvirlanadi. Bunga sabab uning ko’knori iste’mol qilib kelganligidir. Bilamizki, ko’knorni iste’mol qilgan inson usiz tura olmaydi, tinimsiz unga talpinaveradi. Ko’knorni ramziylik belgisi sifatida qaraydigan bo’lsak, uni ozodlik, ya’ni istiqlolga o’xshatishimiz mumkin. Hikoyada Pochamir ko’knorga qanday talpingan bo’lgan bo’lsa, sho’ro davri muhitida jadidchilarimiz istiqlolga shunday talpinishgan. “U dunyo”da nasha ham bor. Biroq bizga berarlarmi uni?! Unga borguncha ko’b qo’nuqlar, ko’b bekatlardan o’tish kerak. Qil ko’prik, tarozi, Munkar-Nakir. Bularning barisini ko’rmoq, o’tkarmoq kerak, undan keyin – nasha!”3 Nasha – bu o’zi nima? Nega yozuvchi uni asarda qo’llagan? Bundan maqsad nedur? Bir o’ylab ko’raylik-a, yuqoridagi jumlalarning tag zamirida qanday ma’no mujassam? Nasha bu milliy ozodlik ramzi emasmi?! Yuqoridagi jumlaga e’tibor qaratadigan bo’lsak, Pochamir nashaga yetish uchun ko’plab marralardan o’tish kerakligini xayolidan o’tka

Доказательный фрагмент

«In this article, the ideological analysis of Abdurauf Fitrat's story "Doomsday", the specific characteristics of the characters highlighted in it, and Fitrat's work are discussed.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, the ideological analysis of Abdurauf Fitrat's story "Doomsday", the specific characteristics of the characters highlighted in it, and Fitrat's work are discussed. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Abdurauf Fitrat, leader of the Jadidist movement, ideological analysis, Abdurauf Fitrat, leader of the Jadidist movement, ideological analysis., Абдурауф Фитрат, лидер джадидистского движения, идеологический анализ., Abdurauf Fitrat, jadidchilik harakatining rahnamosi, g’oyaviy tahlil.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники