Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Samarqand-2025. 23-24-may TURKISTON O‘LKASIDAGI XORIJIY FUQAROLAR FAOLIYATI TARIXIDAN (XIX ASR OXIRI VA XX ASR BOSHLARIDA) Raximov Bektosh Elmurodovich
Raximov Bektosh Elmurodovich
Журнал универсальных научных исследований · 2025
Аннотация
The article examines the activities of foreign citizens in the Turkestan region in the late 19th and early 20th centuries. Based on historical sources, it explores their economic, scientific, and cultural roles, as well as their impact on and interactions with local communities. Key words: Turkestan, foreigners, history, activity, 19th–20th centuries, influence, interaction. O‘zbekistonning Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davridagi tarixi haqida so‘z ketganda, o‘lkada sanoat korxonalarining yuzaga kelishi, ularning faoliyat sohalari va mintaqadagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda tutgan o‘rni borasida to‘xtalmaslikning iloji yo‘q. Ayniqsa, ushbu davrdagi xorijiy firmalar va fuqarolarning faoliyatini o‘rganish alohida ahamiyat kasb etadi. XIX asrning ikkinchi yarmida rus harbiylari bilan birgalikda Turkiston o‘lkasiga xorijlik savdogarlar, sanoatchilar va tadbirkorlar kirib kela boshladi. Bu savdo va sanoat korchalonlarining Turkistonga kelishdan asosiy maqsadi mahalliy sanoat rivojlanishiga hissa qo‘shish emas, balki o‘lkani talash, arzon ish kuchi va xom ashyodan foydalanib juda katta boyliklarga ega bo‘lish edi. 1867 yili Turkiston General-gubernatorligi tashkil etilgandan keyin general K. P. 34 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may Kaufman rus va chet el sanoatchilari uchun qulay sharoit yaratib berishga harakat qildi. U o‘lkaga kelgan savdogarlar, sanoatchilar, tadbirkorlar va ish yurituvchilarni har jihatdan qo‘llab-quvvatladi. Ko‘rilgan tadbirlar natijasida Yevropa tipidagi dastlabki korxonalar Toshkentda ish boshladi. 1867 yili (Muhandis-texnolog N.V.Ulyanov, D.Kasyanov, I.Yablonskiy, N.P.Pisarevskiy, O.I.Plavitskiylardan iborat shirkat tomonidan) Yevropa tipidagi birinchi suv tegirmoni qurildi1. Turkistonga kelgan ishbilarmonlar bir soha bilan cheklanib qolmasdan, boylik orttirish maqsadida sanoat ishlab chiqarishining bir necha tarmoqdariga qo‘l urishgan. Masalan, o‘lkaga birinchilardan bo‘lib kelgan rus sanoatchisi I.I.Pervushin 1871 yili Toshkentda aroq va vino zavodidan tashqari, pillachilik fabrikasini ham qurdi2. 1868 yili I.Pervushin, Mixaylov va fransuz Gurdelarning ipak o‘rash fabrikalari ishga tushirildi3. Chorvaning go‘shtidan tortib, terisi, juni, hatgo ichak-chavogagacha talab katta bo‘lgan. 1868 yili o‘lkaga kelgan G.F.Shota ismli nemis ishbilarmoni Toshkentda kolbasa ishlab chiqarishga kirishdi. 1883 yili chet el shirkatlarining vakili sifatida kelgan G.Dyurshmidt ichak sotib olish bilan shug‘ullandi. U Samarqandda ichak zavodi ham qurdi. 1888 yildan boshlab uning shirkati o‘lkada o‘z faoliyatini keng miqyosda amalga oshirdi va qisqa vaqt ichida millionchi boyga aylanadi. Chorva go‘shti avvaliga tuzlangan holda Moskva, Vladivostok, Sibirga olib ketilgan, biroq keyinchalik salqinlashtirilgan vagonlarda yangi qo‘y go‘shtini olib ketish yo‘lga qo‘yilgan4. Ichak- chovoq tozalash zavodlarining kengayishi ham bevosita Yevropa sanoati talabidan kelib chiqqan edi. Tuzlangan, sifatli qo‘y ichaklari turli xil kolbasalar ishlab chiqarishda nihoyatda qimmatli xom ashyo hisoblangan. Bu yerdan yuborilgan qo‘y ichaklari Rossiya, Yevropa mamlakatlari bozorlarida sotilgan. Yevropaliklar undan musiqa asboblariga tor yasashda foydalanishgan.Bundan tashqari savdo va tadbirkorlik maqsadida Samarqandga Polьsha, Frantsiya, Angliya, Avstriya va boshqa mamlakatlar vakillarining ham tadbirkorlik maqsadidagi tashriflari kuchaydi. Masalan, Samarqand shahrida Avstriya fuqarosi Dulo va Polshalik Levinskiylar o‘zlarining galanteriya va kiyim-kechak magazinlariga ega bo‘lganlar5 1 Мустабид тузумнинг Ўзбекистонда миллий бойликларини талаш сиёсати: тарих шоҳидлиги ва сабоқлари (1865-1990 йиллар).Тошкент: Шарқ. 2000. – 106 бет 2 Мустабид тузумнинг Ўзбекистонда миллий бойликларини талаш сиёсати: тарих шоҳидлиги ва сабоқлари (1865-1990 йиллар).Тошкент: Шарқ. 2000. – 107 бет 3 Мустабид тузумнинг Ўзбекистонда миллий бойликларини талаш сиёсати: тарих шоҳидлиги ва сабоқлари (1865-1990 йиллар).Тошкент: Шарқ. 2000. – 106 бет 4 Мустабид тузумнинг Ўзбекистонда миллий бойликларини талаш сиёсати: тарих шоҳидлиги ва сабоқлари (1865-1990 йиллар).Тошкент: Шарқ. 2000. – 145 бет 5 Пиримқулов Ш.Д XIX аср охири ва ХХ аср бошларида Самарқанддаги хорижий тадбиркорлар фаолияти 35 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may Nemis tadbirkorlarini Turkiston foydali qazilmalari hamda shifobaxsh o‘simliklari juda qiziqtirgan. Ushbu tadbirkorlar ularni sotib olib, Germaniyaga jo‘natganlar. Nemis farmatsevt tadbirkorlarining ichida eng mashhuri Dragendorf bo‘lgan. Foydali qazilmalar ichida ozokerit (tog‘ tabiiy mumi) ga talab katta bo‘lgan. U nemis firmalari tomonidan sotib olinib,
Доказательный фрагмент
«The article examines the activities of foreign citizens in the Turkestan region in the late 19th and early 20th centuries.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article examines the activities of foreign citizens in the Turkestan region in the late 19th and early 20th centuries. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Turkestan, foreigners, history, activity, 19th–20th centuries, xavfsizlik, Turkiston, aloqalar, tasir, tarix, XIX–XX asrlar, faoliyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024